Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Dani Sebalos: «Qirollik klubi»da o'ynash - sharaf»

Madridning «Real» klubi yangi mavsum oldidan yosh, umidli futbolchilardan bo'lgan Dani Sebalosni o'z safiga qo'shib oldi. 

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi yangi mavsum oldidan yosh, umidli futbolchilardan bo'lgan Dani Sebalosni o'z safiga qo'shib oldi. Yaqinda futbolchi yangi jamoasi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Real» haqida

- «Real»ning futbolkasini har kun ham kiyavermaysiz. Jahonda eng mashxur bo'lgan buyuk klubning bir bo'lagi bo'lish men uchun sharaf. «Real»da o'ynashdan ko'ra katta faxr bo'lmasa kerak.

Aynan shu jamoa a'zosiga aylanishimga umuman shubha qilmagandim. Prezident men bilan aloqaga chiqdi va gaplashib oldik.

Shundan so'ng «Real»dan boshqa jamoa haqida o'ylamay qo'ydim. Albatta, bu erda o'z o'rnimni topishim uchun ko'p mehnat qilishim lozimligini yaxshi bilaman.

Bosim haqida

- Albatta, futbolchilarga har doim bosim bo'lgan. Lekin «Real» sharafini himoya qilish maqsadim edi. Ayni paytda jahonning eng yaxshi jamoasi safidaman va bu klub libosini faxr bilan kiyaman.

Birinchi mavsumdagi maqsadlari haqida

- Yosh futbolchiman va bu erdagi narsalarni ko'rib hayron qoldim. Modrich va Kroos kabi futbolchilardan ko'p narsa o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldim. Tarkibda ajoyib futbolchilar bor. O'z imkoniyatlarimni ishga solib, Zidanga «Qirollik klubi»da o'ynashga loyiq ekanimni isbotlamoqchiman. «Real»ga o'tgan futbolchi bosimdan cho'chimasligi lozim.

Marko Asensio haqida

- Marko bilan bir-birimizni ko'pdan buyon bilamiz. U bilan terma jamoalarda birga o'ynaganmiz. U menga «Real»da o'ynash imkoniyati tug'ilsa, boy bermasligim kerakligini uqtirgandi.

O'tish jarayonida Markoning qo'llashlari menga ancha qo'l keldi. Asensio mehnati evaziga «Real»da o'z nomiga ega bo'ldi.

Serxio Ramos haqida 

- U bilan birga maydonga tushishga oshiqyapman. Serxio mening transferimni iliq qabul qildi. U bilan munosabatlarimiz ajoyib.

E'tiborli tomoni, Ramos ham xuddi men singari Madrid klubi bilan 19 yoshligida shartnoma imzolagan. Men ham uning singari yuqori cho'qqilarni zabt etishni istayman.

Menga maydon markazida o'ynab, jamoadoshlarimga vaziyatlar yaratib berish yoqadi. Zidan nimani talab qilsa, shunga tayyorman. U mening kumirimdir. Umid qilamanki, Zidan menga ko'p narsani o'rgatadi.

Alvaro Morata haqida

- Har kim o'z taqdirini o'zi hal qilishi lozim. Men bu erga aniq maqsadlar bilan tashrif buyurdim va nima qilishim kerakligini bilaman. Morata ham ko'ngli buyurgan ishni qildi.

BestMaster
28 Avgust 2017, 11:00
sebalos, «qirollik, klubi»da, oynash, sharaf»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads