Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kuz uchun rejalar: Chempionlar Ligasining o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan 7 uchtashuvi

.
- Yuklab olish

Terma jamoalar o'yinlari bizni klublar futbolidan biroz uzoqlashtirmoqda. Lekin FIFA kunlaridan keyin bizni dahshatli qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Yaqin uch oy ichida Chempionlar ligasining guruh bosqichida yorqin uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Stadion.uz eng kutilgan uchrashuvlarni sizga eslatib o'tishni joiz topdi. O'yinlar kunini kalendaringizga belgilab oling, zero mavsum endi boshlandi.

"Manchester Siti" – "PSJ"
O'yin kunlari: 28 sentyabr (2-tur) va 24 noyabr (5 -tur)

1. Bu klublar dunyoning eng qimmat ikki jamoasi hisoblanadi: "Manchester Siti" 1,04 milliard evroga, "PSJ" esa 996,75 million evroga baholangan. Qatar va BAA o'rtasidagi futbol qarama-qarshiligi ikki milliard evroni tashkil qiladi.

2. "Siti" o'tgan mavsum yarimfinalning har ikkala uchrashuvida ham "PSJ"ni enggan edi(2:1; 2:0). Shuningdek, bu uchrashuv Gvardiola va Pochettino o'rtasidagi navbatdagi to'qnashuv bo'ladi. Ular shu kungacha murabbiy sifatida 20 marta to'qnash kelgan. Pep sezilarli ustunlikka ega, biroq ular Chempionlar Ligasi pley-offida bir martadan bir-birlarini musobaqadan chiqarib yuborishgan.

3. Birgalikda ikkita Chempionlar Ligasini yutgan "Barselona" afsonalari Xosep Gvardiola va Lionel Messi argentinalik futbolchining "PSJ"dagi faoliyatining boshida o'zaro to'qnash keladi. Bir paytlar Leo "Manchester Siti"ga o'tish mumkin edi, lekin keyinchalik shaharliklarning rejalari o'zgarib qolgan.

"Liverpul" – "Milan"
O'yin kunlari: 15 sentyabr (1-tur) va 7 dekabr (6-tur)

1. Bu to'qnashuvdan oldin "Milan" va "Liverpul" faqat Chempionlar ligasi finalida to'qnash kelishgandi. 2005 yilda "qizillar" Istanbuldagi dahshatli o'yinda g'alaba qozonishgandi. Asosiy vaqtda 3:3 penaltilar seriyasida esa Milanliklar 6:5 hisobida g'alabani ilib ketgan. Oradan ikki yil o'tib “rossonerilar” Afinada qasos olishni uddalagandi 2:1.

2. "Milan" 7 mavsumlik tanaffusdan so'ng Chempionlar ligasiga qaytdi.

3. "Milan" bosh murabbiyi 55 yoshli Stefano Pioli Chempionlar Ligasidagi debyutini "Liverpul" ga qarshi o'tkazsa, 54 yoshli Yurgen Klopp turnirdagi 81-uchrashuvini o'tkazadi. Nemis murabbiyi shu vaqtgacha o'z jamoalarini uch marta finalga olib chiqqan va bittasida g'alaba qozongan.

"Bavariya" – "Barselona"
O'yin kunlari: 14 sentyabr (1-tur) va 8 dekabr (6-tur)

1. Ularning oxirgi uchrashuvi hammani hayratda qoldirdi "Bavariya" 2019/20 yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida 8:2 hisobida g'alaba qozondi.

2. Bu qarama-qarshilikdagi o'yinlarga qarar ekanmiz kichik hisoblar deyarli qayd etilmagan. XXI asrdagi 7 uchrashuvning 5 tasi jamoalardan birining yirik g'alabalari bilan yakunlangan. Ikki marta "Barselona" 4:0 va 3:0, uch marta "Bavariya" 4:0, 3:0 va 8:2 hisobida g'alaba qozongan.

3. "Bavariya" va "Barselona" Chempionlar ligasi guruh bosqichida 1998/99 yilgi mavsumdan buyon birinchi marta uchrashishadi. XXI asrning barcha uchrashuvlari faqat pley-offda bo'lgan. 1998 yilning kuzida "Barsa" "Bavariya" va "Manchester Yunayted" bilan bir guruhdan o'rin olgan va yakunda 3-o'rin bilan turnirni tark etgan.

"Chelsi" – "Yuventus"

O'yin kunlari: 29 sentyabr (2-tur) va 23 noyabr (5-tur)

1. "Yuventus" va "Chelsi" oxirgi marta 2012/13 yilgi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida uchrashganlarida, "ko'klar” amaldagi chempion sifatida turnirda ishtirok etgan. Keyinchalik "Chelsi" "Yuventus" va "Shaxtyor"ni o'zidan oldinga o'tkazib yuborib, uchinchi o'rin bilan kifoyalangan va Evropa ligasida yol olgan holda turnirda g'olib bo'lgan.

2. Romelu Lukaku "Inter"ning Skudettoni yutishida muhim rol o'ynadi, bu esa "Yuventus"ning to'qqiz yillik chempionlik seriyasini tugatdi. Belgiyalik hujumchi uchun bu shaxsiy derbi bo'ladi.

3. Massimiliano Allegri va Tomas Tuxel Chempionlar Ligasida yaxshigina tarjibaga ega murabbiylar. Har biri o'z faoliyatida ikkitadan finalga ega, lekin birinchi marta o'zaro to'qnash kelishadi.

"Atletiko" – "Liverpul"

O'yin kunlari: 19 oktyabr (3-tur) va 3 noyabr (4-tur)

1. "B" guruhidagi har bir tur bizga "Liverpul" - "Atletiko" - "Milan" uchburchagidagi bahslarni taqdim etib beradi.

2. "Atletiko" Chempionlar Ligasida Kloppning "Liverpul"ini mag'lub etgan birinchi klub hisoblanadi. 2017/18 yilgi mavsumda "qizillar" finalda "Real"ga yutqazishdi, keyingi yili ular kubokni qo'lga kiritishdi va 2019/20 yilgi Chempionlar Ligasining 1/8 finalida "matraschilar"ga mag'lub bo'lishdi 0:1; 2:3 vaholanki mezbonlar Enfilddagi uchrashuvda 2:0 hisobida oldinda borishgan.

3. Simeone va Klopp Chempionlar Ligasida 159 uchrashuvda o'tkazgan (nemis 80 ta, argentinalik 79 ta), umumiy 5 final va bitta sovrin. Yurgen o'zining uchinchi finalida chempionlikka erishdi. Diego esa uchinchi final uchun intilishda davom etadi.

“Real” – “Inter”
O'yin kunlari: 15 sentyabr (1-tur) va 7 dekabr (6-tur)

1. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ketma-ket ikkinchi marta "Real", "Inter" va "Shaxtyor" jamoalari bir guruhdan o'rin olishdi. O'tgan yilning kuzida "qaymoqranglilar" "neradzurrilar"ni ikkala uchrashuvda ham mag'lub etishgandi 3:2 va 2:0.

2. Karlo Anchelotti Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan murabbiylar ichida eng tajribalisi. Italiyalik murabbiy turnirda 166 uchrashuv o'tkazib, 91 uchrashuvda g'alaba qozongan. Uch marta jamoasi bilan bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

3. Chempionlar ligasida "Real" va "Inter" o'rtasidagi 11 uchrashuvdan faqat 1 tasi durang bilan yakunlangan va bu 55 yil oldin sodir bo'lgan. O'shandan beri ular o'rtasidagi o'yinlar murosasiz o'tadi.

"Manchester Yunayted" – "Vilyarreal"
O'yin kunlari: 29 tsentyabr (2-tur) va 23 noyabr (5-tur)

1. May oyining oxirida "Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" Evropa Ligasi finalida jang qilishdi, Ispaniya klubi penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. "Manchester Yunayted" favorit edi, lekin raqib jamoa murabbiyi Evropa Ligasini yutish bo'yicha murabbiy Unai Emeri edi. Jamoa "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozonmaganida, "Vilyarreal" Chempionlar Ligasida qatnashmagan bo'lardi, chunki ular La Ligada atigi 7-o'rinni egallagan edi.

2. "Vilyarreal" va "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichida ikki marta to'qnash kelishgan (2005/06 va 2008/09 mavsumlari). Ajablanarlisi shundaki, to'rtta uchrashuv ham 0:0 hisobida yakunlangan.

3. "Manchester Yunayted"ga qaytgan Krishtianu Ronaldu o'sha uchrashuvlarda qatnashgan. Keyinchalik Ispaniyaga ko'chib o'tgan Ronaldu "Vilyarreal"ga qarshi 15 uchrashuvda 13 ta gol kiritgan.

Ruslan Maksimov tayyorladi

BestMaster
6 Sentabr 2021, 23:30
uchun, rejalar, chempionlar, ligasining, otkazib, yuborish, mumkin, bolmagan, uchtashuvi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads