Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Hakamlar qachon paydo bo'lgan? Ulardan avval kim bahsli vaziyatlarda qaror chiqargan?

Endi bildim loyihasini davom ettiramiz. Hozir biz futbol hakamlariga to'xtalib o'tamiz. 

.
- Yuklab olish

Endi bildim loyihasini davom ettiramiz. Hozir biz futbol hakamlariga to'xtalib o'tamiz. 

Hakamlargacha bo'lgan davr

Birinchi futbol bellashuvi barcha qonun-qoidalarga asosan, 1681 yili qirol Karl II davrida o'tkazilgan. Mazkur bahsda qoidalarga amal qilmagan futbolchilarni jazolash uchun jarima zarbalari qo'llanila boshlagan. Bunday tartib 1863 yildan joriy qilingan. Futbolni boshqarib boruvchi hakamlar esa oradan 18 yil o'tib — 1881 yildagina maydonga tushishgan. Bungacha barcha bahsli vaziyatlar jamoa sardorlari tomonidan hal etilgan, hakamlar esa, maydondagi voqealarni faqat tribunada turib kuzatishgan, xolos. Maydondagi sardorlar har doim ham kelisha olishmagan va bu mushtlashuvlarga sabab bo'lgan. Mana shunaqa holatlardan so'ng, maydondagi hakamlarga ehtiyoj paydo bo'la boshlagan.

Hozirgi qonunlar qachon paydo bo'lgan

Garchi, 1881 yildan hakamlik paydo bo'lgan bo'lsa-da, 10 yillar bu jarayon sekin-asta takomillashib borgan. Ayni paytdagi asosiy hakamlik qonuniyatlari va talablariga esa 1891 yilda asos solingan. 

G'alati qoidalar

Avvaliga referilar futbolga keraksiz deb hisoblangan. Sababi, o'yinlarda ingliz jentelmanlari o'zaro kelishib, to'g'ri qaror chiqarishiga ko'pchilik ishongan. Ammo futbol rivojlangani sayin, unda raqobat oshib bordi va hakamlarga ehtiyoj paydo bo'ldi. Avvaliga maydonda 2 ta hakam bo'lgan. Ikki jamaodan bittadan. Ular o'zaro kelishgan holda vaziyatlarni hal qilgan. Biroq ular o'rtasida ham ziddiyatlar bo'lmagan deya olmaymiz.

G.O.A.T yoxud barcha davrlarning eng yaxshi hakami

1961 yilda tug'ilgan 60 yoshli referi Perluidji Kollina odatda, barcha davrlarning eng yaxshi hakami sifatida e'tirof etiladi. U ketma-ket 6 marta FIFA tomonidan "Yilning eng yaxshi hakami" deya e'tirof etilgan. 

Zamonamizning eng yaxshi referilari

Hozir so'nggi yillarning eng yaxshi hakamlarini bilan sizni tanishtirib o'tamiz. Ularga o'rin berish menimcha, unchalik ham to'g'ri emas. Shunday ekan faqat ismlarga to'xtalib o'tamiz. 

Entoni Taylor (Angliya)

Martin Atkinson (Angliya)

Juneyt Chakir (Turkiya)

Nestor Pitana (Argentina)

Mateu Laos (Ispaniya)

Mayk Din (Angliya)

Damir Skomina (Sloveniya)

Jahon chempionati o'yinlarini boshqarish bo'yicha rekordchi kim?

Ha, bu natijadan faxrlansak bo'ladi. Aynan hamyurtimiz Ravshan Ermatov Mundialda hakamlik qilish bo'yicha etakchi. Uning hisobida 11 ta o'yin bor. Keyingi o'rindan esa 9 ta o'yin bilan argentinalik Nestor Pitana joy olgan.

                                                  

                                                              Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

 

BestMaster
5 Sentabr 2021, 14:30
hakamlar, qachon, paydo, bolgan?, ulardan, avval, bahsli, vaziyatlarda, qaror, chiqargan?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads