Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema o'zining kam gol urayotgani haqida: Futbol – bu NBA emas

"Real" hujumchisi Karim Benzema kam gol urayotgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Karim Benzema kam gol urayotgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Frantsiyalik futbolchi yakunlanayotgan mavsumda La liga doirasida 9ta gol urdi, ammo Karim Evropa chempionlar ligasida jami 51ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

"29 yoshga kirib erishgan natijalarim bilan faxrlanaman. Bu raqamlar muhim, ammo ular futbolning o'zidan muhim emas. Hozirgi kunda statistika, reytinglar yuqori qadrlanadi. Lekin futbol — bu NBA (milliy basketbol ligasi) emas. Futbol — jamoaviy o'yin. Albatta, hujumchi vaziyatlardan foydalanishi kerak, ammo barcha narsani bunga bog'lab qo'yish to'g'ri emas.

Men 7 yildan beri "Real"da yuqori saviya namoyish qilib kelyapman. Kardiffda bizni navbatdagi final kutmoqda. Orzularimga erishishda davom etaman", – dedi Benzema.

BestMaster
17 May 2017, 10:15
benzema, ozining, urayotgani, haqida, futbol, emas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 SergioRamosRMA  
Tushkunlikka tushmaslik kerak. Benzema kerakli joyda o‘yin ko‘rsata oladigan o‘yinchi.
17 May 2017, 13:36
 rahim  
Nosni tashasa keyin gol uradi zaxiraga utqizadigan hujumchi kerakda
17 May 2017, 13:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads