Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yozning barbod bo'lgan transferlari

Ushbu yoz biz muxlislarga ajoyib lahzalarni taqdim etdi. Evropa chempionati, Amerika kubogi va boshqa qiziqarli voqealar.

.
- Yuklab olish

Ushbu yoz biz muxlislarga ajoyib lahzalarni taqdim etdi. Evropa chempionati, Amerika kubogi va boshqa qiziqarli voqealar. Messi va Ronaldu o'z jamoalarini o'zgartirishlari ham katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Lekin yozning eng kutilgan transferlari baribir amalga oshmay qoldi. Keling, ularni ko'rib chiqamiz.

Erling Holand “PSJ” yoki “Man Siti”
Bitimning taxminiy qiymati: 200 million evro.

Agar Mbappe “Real”ga o'tib ketganida, shayxlarda Holandni jamoa olib kelishga pullari tayyor bo'lardi. Ammo yana bir jihat bor, hujumda Ikardi, Di Mariya, Draksler, Mbappe, Neymar va Messi bo'lsa, Erlingga mablag' sarflashning ma'nosi yo'q. Ammo norvegiyalikning fantastik ko'rsatkichlari bor. Hatto “Bavariya”da ham unga qiziqish bo'ldi, lekin nemislar Erlingning agenti uchun 40 mln evro beradigan jamoa emasdi. Bunday vaziyatda “Manchester Siti” o'rtaga qo'shilishi mumkin edi. Ularda hammaga ma'lum bo'lganidek, puldan muammo yo'q. Gvardiola ushbu vaziyatda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qo'rqdi, chunki hech kim Holandni yangi jamoada o'ynab ketishiga kafolat berolmaydi. Shu tariqa Holand kamida qishgacha o'z jamoasida qoldi.

Jul Kunde va “Chelsi”
Bitimning taxminiy qiymati: 60 million evro.

Granovskaya yozda Lukakuning transferi va Saulning ijarasiga sarflagan puliga qaraganda, o'z futbolchilarini sotib va ijaraga berib ko'proq mablag' ishlab topdi. Bu vaziyatda Tuxelga yana bir transferni amalga oshirishga imkoniyat berildi. Nemis murabbiyi klub bilan muzokaralari uzoq vaqtdan beri muhokama qilinib kelingan futbolchini jamoaga olib kelish kerak dedi. Ammo ispanlar “Chelsi”ning bir nechta taklifiga ham rad javobini berishdi. “Barselona” ham Kundega qiziqqani aytildi, lekin ularda pul yo'q edi. “Real” bor diqqat e'tiborni Mbappening transferiga qaratdi. Natijada, Kunde “Sevilya”da qoldi, garchi u o'z intervyusida jamoadan ketishga tayyorligini aytgan bo'lsa ham.

Federiko Keza va “Liverpul”
Bitimning taxminiy qiymati: 70 million evro.

Siz o'z jamoangizda etakchi bo'lgan holda Evropa chempioni bo'ling va sizga APLdan xaridorlar topiladi. “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” Federikoni sotib olish imkoniyatiga ega edi. Ammo Allegri qaytganidan keyin, italiyalik insayderlarning fikricha, bunday variantni yo'qqa chiqardi. Ko'rib turganimizdek, u Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor edi, lekin yosh italiyalikni sotishdan bosh tortdi. Balki bu klub uchun ham, futbolchi uchun ham to'g'ri qaror bo'lgandir. “Fiorentina” tarbiyalanuvchisi darhol Premer-ligaga moslasha olmasligi ehtimoli bor edi. Va unga qiziqqan klublarning tarkibiga qaraydigan bo'lsak ham ular Federiko uchun tarkibdan joy topib berishi qiyish ish edi. Yangi mavsumda “Yuventus”ga o'z pozitsiyalarini saqlab qolish qiyin bo'ladi, lekin Keza o'z pozitsiyada.

Pogba “Real Madrid”, “Yuventus” yoki PSJ
Bitimning taxminiy qiymati: 60 million evro.

Ronalduning qaytishi haqida ma'lumot paydo bo'lgan bir vaqtda, hamma “Manchester Yunayted” Pogba bilan xayrlashishga tayyor ekanligi haqida gapira boshlashdi. Frantsuzning agenti ketishga yuz martalab ishora qilgan, ammo Polning shartnomada shunday talablari borki, uni hamma klub ham ko'tara olmaydi. Boshqa tomondan, “Manchester Yunayted”ning o'zi yarim himoyachi bilan shartnomani yangilashga shoshilmayapti va amaldagi kelishuv bir yildan so'ng tugaydi. Shubhasiz, PSJ va “Yuventus” hozir ortiqcha xarajat qilishni xohlamadilar, “Real” esa Kamavingani tanladi. Kroos va Modrich qariyapti va ularga munosib o'rinbosar kerak, balki Pogba kelasi yozda Madridga ko'chib o'tar.

Harri Keyn va “Manchester Siti”
Bitimning taxminiy qiymati: 170 million evro.

Daniel Levi jamoa sardori va to'purarini jamoada saqlab qoldi. Lekin bu strategik xato bo'lib qolishi mumkin. Jamoaning yangi stadion qurish uchun olgan juda katta qarzlari bor. Keyn jamoada qolganiga qaramay, u ketishni xohlayotganini bir necha bor aytib o'tdi. “Manchester Siti”dan juda katta pul so'raldi, tabiiyki bu narsa klubni transferdan voz kechishi uchun qilinadi. Bu vaziyatda “Tottenhem” xo'jayini ayyorlik qildi, avvalroq Levi Keyn jamoadan ketishga qaror qilsa, o'zim unga yordamlashaman, degan edi. Son va Keyn Eshpiritu Santu jamoasi uchun muhim, ammo “shporlar” Angliya chempionatida g'olib bo'lishlari dargumon.

Kilian Mbappe va “Real Madrid”
Bitimning taxminiy qiymati: 220 million evro.

PSJ faqatgina futbol klubi emas, chunki u odatdagi mantiqqa amal qilmaydi. Messini ham jamoa ko'p narsaga qurbi etishini yana bir bor hammaga ko'rsatib qo'yish uchun taklif qilishdi. Endi u jamoaga Liga 1'da “Lill” va “Monako” qarshligini sindirishda yordamlashadi. Klub Messidan tashqari boshqa futbolchilar bilan katta maoshga shartnoma imzoladi. PSJ UEFAning taqiqlaridan qo'rqmaydi, chunki klub prezidenti Cheferin bilan yaqin do'stlar. Va ular daromad haqida o'ylamaydilar, “Real Madrid” Mbappening shartnomasi uchun bonuslar bilan hisoblaganda 220 million evro taklif qilgan. Mbappe esa 10 oydan keyin tekinga boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Kilianning o'zi ham “Real”ga o'tmoqchi edi, lekin shayxlar bunga yo'l qo'yishmadi.

Bu yoz mukammal transferlarga boy bo'ldi, lekin bugungi ro'yxat shuni ko'rsatadiki, hamma klublar ham, o'zlari orzu qilgan futbolchilarini jamoaga qo'shib ololmadi.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

BestMaster
3 Sentabr 2021, 20:30
yozning, barbod, bolgan, transferlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads