Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Asensio «Real»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida "Real" Madridda "Valensiya"ni qabul qildi va kutilmaganda ochko yo'qotdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida "Real" Madridda "Valensiya"ni qabul qildi va kutilmaganda ochko yo'qotdi. Ushbu o'yinda Zidan markaziy himoya bilan bog'liq muammoga duch kelgani o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmon himoyachilarining qo'pol xatosidan so'ng Asensio to'pni egallab oldi va 17 metrdan chiroyli zarba bilan hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o'tib hisob tenglashdi. "Valensiya"ning chap qanot bo'ylab tashkil etgan hujumi paytida madridliklar o'z darvozabon maydonchalari ichida Solerni ko'zdan qochirishdi. Natijada "ko'rshapalaklar" a'zosi osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.

Mahoratli futbolchilardan tashkil topgan "Qirollik klubi" o'yin davomida juda ko'p vaziyatlar yaratib, ulardan foydalana olmadi. Aksincha, bahs tugashiga 13 daqiqa qolganida chap qanotdan uyushtirilgan hujum oqibatida Kondogbiya "Valensiya"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko'p o'tmasdan Asensio jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda golga aylantirdi.

O'yin so'ngida mezbonlar g'alabani o'z tomonlariga og'dirishlari mumkin edi, ammo Benzema o'ta qulay 2ta imkoniyatdan foydalana olmadi. Dastlab u 6-7 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmagan bo'lsa, Karimning keyingi zarbasini "Valensiya" posboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, Zidan jamoasi Ispaniya chempionatining 2-turidayoq 2 ochkodan mahrum bo'ldi.

Ispaniya La ligasi, 2-tur
Real Madrid – Valensiya 2:2 (1:1, 1:1)
28 avgust, 01.15, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 1:0 – 10 Asensio, 1:1 – 18 Soler, 1:2 – 77 Kondogbia, 2:2 – 83 Asensio.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Kazemiro, Nacho, Marselo, Modrich, Kroos (Mayoral, 84), Isko (Kovachich, 46), Beyl (Vaskes, 74), Benzema, Asensio.
Valensiya – Neto, Montoyya (Nacho Vidal, 75), Ruben Vezu, Murilo, Toni Lato (Nacho Xil, 83), Soler, Parexo, Kondogbia, Gayya, Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 88).
Ogohlantirishlar: Montoyya (49), Nacho (53), Kazemiro (61), Parexo (66), Karvaxal (72), Rodrigo (81), Soler (84), Dzadza (90).

BestMaster
28 Avgust 2017, 04:00
liga, asensio, «real»ni, maglubiyatdan, qutqarib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 karvaxal  
Xaromi benzima inasini sikay kutiga tiqdi shuncha vaziyat
28 Avgust 2017, 06:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads