Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Hozir yoki hech qachon - Mbappe transferining «Real» uchun plyus yoki minuslari

.
- Yuklab olish

Kilian - fenomenal shaxs, biroq hali u buyuk futbolchi bo'lib ulg'ayganicha yo'q deydiganlar topiladi. Ammo u kelmoqchi bo'lgan jamoa muhiti frantsuz uchchun eng ideal pallada. Nega deysizmi? Quyida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

U «Real»ga o'tadigan bo'lsa, katta mas'uliyatni zimmasiga olishiga to'g'ri keladi. Chunki jamoada hali Azar kutilganidek formasini oqlaganicha yo'q. U hali Ronalduning o'rinbosari bo'lishiga ancha bor. Shunday ekan, Kilian Madridga shunchaki hoyu havas bilan tashrif buyurmaydi. «Real» yaqin ikki-uch mavsumdan buyon garchi g'alabalariga qaramay umidsiz tempda qadam tashlamoqda. Albatta bu yo'lda Mbappe transferi eng oqilona tanlov bo'lishi shubhasiz.

Biroq yosh frantsuzning «qirollik klubi» safiga kelib qo'shilishi oson bo'lmayapti. Ikkala tomon rahbarlari o'rtada g'alati «o'yinlar»ni keltirib chiqarishmoqda. Agar Mbappening transferi yana bir yilga suriladigan bo'lsa, u yangi jamoasiga tekinga kelib qo'shiladi. Peres rosmana shuni o'ylayotgan bo'lsa, boshqa tomondan sovrinlar borasida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishi ham mumkin. Zero, jamoaning hozirgi holati buni isbotlab turibdi.

Plyus. G'alaba uchun chanqoqlik. Top hujumchilar tasnifida

Kilian - vaziyatlarni yaratishda etuk proffessional. Bejizga unga «Real»dagi afsonaviy raqamni va'da qilishmayapti. Uning boshqa o'yinchilar bilan solishtirgandagi statistikasi ham a'lo darajada. Gollar urish chog'ida u top-5 chempionat hujumchilarining 94 foizidan yaxshiroq ko'rsatkichga ega. Assistentlik borasida u vingerlarning naq 90 foizidan ustun. Penaltilarni hisobga olmaganda, kutilgan uzatmalar va kutilgan gollar samarasiga ko'ra, hujumkor o'yinchilarning 98 foizidan oldinda. 22 yoshli Mbappeni allaqachon super yulduz darajasiga chiqib ulgurgan desa ham bo'ladi. Shuningdek, u o'z jamoasining hujumlarini shakllantirishda ham etakchilar qatorida ter to'kadi. U maydondagi harakatlarini o'ta engillik bilan amalga oshiradi.

Minus. Taktik jihatdan noqulaylik

«Real»ning so'nggi yillarda tanlagan taktik sxemasiga e'tibor qaratsak, u Mbappe uchun biroz noqulayliklar tug'dirishini kuzatish mumkin. Zidan davrida yigitlar 4-4-2 da harakat qilishgan. Anchelotti ham deyarli shu sxema ortidan ketdi. Kilian kelgusida Benzema o'rnini bosadigan Levandovski yoki Xoland kabi markaziy hujumchi emas. Uni yuz foiz bir pozitsiyada o'ynovchi vinger deb ham bo'lmaydi. U erkin ijrochi. Raqiblarini chalg'tishga qulay. Albatta bu muayyan uslubga yopishib olmaydigan Karlo ota uchun maqbul echim sifatida xizmat qilishi mumkin. Biroq ba'zi farqlar ham yo'q emas. Mbappe Vinisius, Beyl, Azar va Benzema bilan to'rtlik sxemasiga qo'shiladigan bo'lsa, Anchelotti o'yinni qay tartibda qurishi mumkin?. «4-3-3» va o'ngda Kilian yoki uning chapida Eden bilan almashib harakat qilishi faqatgina nazariy jihatdan ko'rilgan taxminlar xolos. Shuningdek, «4-4-2» varianti ham o'rtaga chiqishi mumkin. Biroq bu usulda o'zaro noqulay «romb» yuzaga kelib qoladi. Buning natijasini biz Evro-2020da Mbappe va Benzema o'rtasidagi o'zaro konfliktlar fonida ham kuzatdik. Bu ko'plab savollarni keltirib chiqarishi tabiiy.

Plyus. Anchelotti - aqlli murabbiy

To'g'ri, hozirgi paytda Papa Karlo avvalgi mavqeyida bo'lmasligi mumkin. Chunki oxirgi besh yil davomida u ilgari amalga oshirgan natijalarini ko'rsata olmadi. Ammo Anchelotti iqtidorli futbolchilar bilan qanday ishlash kerakligini juda yaxshi biladi. Biz italiyalik mutaxassisni uslubsiz murabbiylar qatoriga qo'shishimiz mumkin. Ya'ni u hech qachon shogirdlarini ma'lum bir sxema ostiga qamab, to'p nazoratini birinchi planga olib chiqmagan. U har bir futbolchining o'yinidan kelib chiqib alohida uslub yaratib kelgan. Shu sababli boshqargan har bir klubida o'zgacha va umuman boshqa Anchelottini ko'rish mumkin. Bu uning yutug'i, unda adaptatsiya kuchli shakllangan. Faoliyati davomida bir qator «Oltin to'p» sohiblari bilan ishlash tajribasi bor va Mbappe albatta bunday mukofotni umr bo'yi orzu qilib keladi. «PSJ»da hech qachon Kilian orqali o'yin qurilmagan, xususan, terma jamoada ham. U endi 22 yoshda va liderlik salohiyatini o'zida o'stirib borgani va hozirgi murabbiyni hisobga olsak, «Real» uning uchun eng ideal joy. Papa Karlo frantsuzni ilhomlantiruvchi stimullarni topishga qodir. Agar Azar, Benzema va Mbappe bo'g'ini to'g'ri bog'lay olinsa, «Real» hujumda nihoyatda kuchli trioga ega bo'ladi.

Minus. Hozir yoki hech qachon

Florentina Peres ayni dam eng chigal vaziyatda qolgan. Uning ayyor «PSJ» vakillari uchun taklif etayotgan summalari o'zini oqlamayapti. Dard ustiga chipqon deganlaridek, Superliga mashmashalaridan so'ng Peres har bir qadamini bosishdan oldin chuqur o'ylaydigan vaziyatga tushib qoldi. U endi Leonardoning ayyorona «o'yin»lariga o'z qarichi bilan javob bera olmaydi. Yaqindagina 180 millionga yaqin taklifga ham rad javobi berib yuborildi. Voqelar rivoji shu ketishda davom etsa, «qirollik klubi» «jang»da yutkazishi aniq. Agar ushbu transfer bu mavsum o'xshamay qoladigan bo'lsa Mbappe erkin agentga aylanadi va uning rejalari ham o'zgarmay turishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Turli insayderlar «Liverpul» yoki «Manchester Siti» variantlari xususida ham gapirishmoqda. Kilianning «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolash varianti ham yo'q emas.

Shu sababli «qaymoqrang» taraf anchadan beri Leonardo va shayxlarni g'azablantirayotgani bejizga emas. Mbappe tabiiy ravishda muzokaralarda yanada tajovuzkorroq bo'lishni uqtirmayapti. Parijlik bosslardan uni osonlik bilan qo'lga kiritish imkonsiz. Salkam 200 millionlik transfer frantsuzni «Real» tarixidagi eng qimmat futbolchilar qatoriga qo'shishi mumkin. Biroq UEFA bu ishga qo'l siltab ketolmaydi. Evropa Superligasiga a'zo 9 ta klub bu ligani tark etgach, Evropa klublar asotsiatsiyasi qolgan 3 klubni o'z ro'yxatidan chiqarib yuborgan. Madrid sudi esa haligacha tegishli huquq normalari yuzasidan qo'mita bilan bahsga kirishgan. Bu «Real»ga mavsum davomida bir qator cheklovlarni yuzaga keltirishi mumkin. Buning ustiga La Liga rahbari Tebas ham barcha klublarni transferlar oynasida adolatli siyosat yuritishga chaqirmoqda. Xullas «PSJ» va UEFA bir yonu Peresning o'zi bir yon. O'rtada qiynalgan birgina Mbappe bo'lib qolmoqda. Agar u Liga 1da qoladigan bo'lsa ham avvalgi ishtiyoqida o'ynay olmasligi aniq. Bu kabi omillar albatta uning Madrid atalmish diyorga etib olishiga to'sqinlik qiladi.

Yusufbek Saydaliev tayyorladi

BestMaster
29 Avgust 2021, 16:00
hozir, yoki, hech, qachon, mbappe, transferining, «real», uchun, plyus, yoki, minuslari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Мбаппе роналду ни
30 Avgust 2021, 05:09
 u7777u  
Издоши
30 Avgust 2021, 05:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads