Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" safarda "Betis"ni engdi va birinchi o'ringa ko'tarilib oldi

La Liga 3-turi doirasida "Betis" o'z uyida "Real Madrid"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Betis – Real Madrid 0:1 "Benito Vilyamarin" o'yingohiGol: 0:1 – 61 Dani Karvaxal.

"Betis" – Ruy Silva, Montoyya, Ruis, Pesselya, Miranda, Guardado (Kamarasa, 70), Kanales (Xoakin, 82), Rodriges, Xuanmi (Iglesias, 77), Fekir, Ruibal (Telo, 70).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Migel Guterres (Rodrigo, 83), Isko (Vaskes, 66), Kazemiro, Valverde, Benzema, Beyl (Asensio, 66), Vinisius Junior (Azar, 78).

Ogohlantirishlar: Fekir (23), Migel Guterres (43), Pesselya (43), Kanales (44), Ruibal (45), Montoyya (59), Azar (80), Kazemiro (90).

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar poygasi

Real Betis

LaLiga . 3-tur

29/08/2021, 01:00

1 : 0 Tugadi

Real Madrid

Daniel Carvajal - 61'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 22590 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45' 90' 23'  Nabil Fekir43'  German Pezzella44'  Sergio Canales45'  Aitor Ruibal45'  Manuel Pellegrini59'  Martin Montoya70'  Aitor Ruibal (Cristian Tello)70'  Andres Guardado (Victor Camarasa)77'  Juanmi (Borja Iglesias)82'  Sergio Canales (Joaquin)43'  Miguel Gutierrez61'  Daniel Carvajal61'  Karim Benzema66'  Isco (Lucas Vazquez)66'  Gareth Bale (Marco Asensio)78'  Vinicius Junior (Eden Hazard)80'  Eden Hazard83'  Miguel Gutierrez (Rodrygo)90'  Casemiro Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli transyalciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

90+6-daqiqa. Qo'shib berilgan daqiqalar yakunlanganiga 10 soniya bo'lgan bir pallada Montoyya gol urib, "Qirollik klubi"ni ochkolarsiz qoldirishi mumkin edi, Kurtua jamoasi joniga oro kirdi.  

90+5-daqiqa. Borxa Iglesias oddiy vaziyatda tushunarsiz harakat bilan to'pni Kurtuaga sovg'a qildi. 

90+4-daqiqa. Azar tezkor qarshi hujumni boshlayotgan bir pallada, o'ng qanotdan oldinga intilayotgan 2 sherigini to'p bilan taminlamoqchi edi, ammo raqib himoyachisi belgiyalikning ajoyib g'oyasini sezib qoldi. 

"Real" qo'shib berilgan dastlabki daqiqalarni hujumda, o'z darvozasidan uzoqroqda o'tkazish bilan ovvora. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Asensio jarima maydoniga kirmay turib, zarba berdi va omadini sinab ko'rdi, lekin ancha noaniq.   

88-daqiqa. Rodrigo jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.  

85-daqiqa. Zaxiradan maydonga tushganlar "Real"ning hujumini rivojlantirayotganida Benzema uni buzib qo'ygan bo'lsa, "Betis"ning urinishi qanotga yo'naltirilgan to'p Xoakinga tegib ketgani sabab uzilib qoldi.   

83-daqiqa. O'zgarish! Migel Guterres o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi va uning o'rniga maydonga Rodrigo tushirildi.   

82-daqiqa. O'zgarish! Kanales o'rniga Xoakin Sanches o'yinga qo'shildi!  

Ogohlantirish! O'yin vaqtini cho'zgani uchun belgiyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.

80-daqiqa. Eden Azar to'p uchun kurashda qo'li bilan o'ynadi. Hakam buni etibordan chetda qoldirmadi.  

78-daqiqa. O'zgarish! Vinisius o'rniga Azar o'yinga qo'shildi.  

77-daqiqa. O'zgarish! Xuanmi o'rnini Borxa Iglesiasga bo'shatib berdi. 

75-daqiqa. Yana suv ichib olish uchun tanaffus!

74-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turishga urinmoqda.  

73-daqiqa. Raqibning sustkashligidan unumli foydalanib, to'pni olib qochib ketgan Asensio oxirgacha o'zi bordi va zarba yo'lladi, ammo biroz noaniq. 

70-daqiqa. O'zgarish! Andres Guardado va Aytor Ruibal o'rniga Telo hamda Viktor Kamarasa tushirildi.   

69-daqiqa. Aytor Ruibal qulay nuqtaga chiqib borib, kuchli zarba berdi, ammo to'p to'g'ri Tibo Kurtuaning qo'liga borib tushdi.  

68-daqiqa. Migel Guterres va Vinni to'p uchun kurashib, uni Fekir oyoqlari ostidan tepib yuborishdi. Burchak zarbasidan esa mezbonlar naf chiqara olmadi.  

66-daqiqa. O'zgarishlarIsko va Beyl o'rniga Vaskes hamda Asensio maydonga tushirildi.  

64-daqiqa. Ketma-ket uzatmalar, zarbaga urinishlardan keyin to'p o'ng qanotga borib tushdi va "Betis" vakili uzatgan to'p Alabaga tegib, darvozadan joy olishiga sal qoldi. 

63-daqiqa. Endi "Betis" hujumga o'tdi. 

61-daqiqa. GOOOOOOL! Karvaxal hisobni ochdi! Vinisius avvaliga tezligi evaziga to'pni maydonda saqlab qoldi, keyin Benzema uzoq burchakda ochilib kelayotgan himoyachini ko'rdi va tajribali Karvaxal to'pni erga tushirmay, darvozaga yo'lladi. 

61-daqiqa. Vaauv! Aslida bu vaziyatni ko'rish kerak! Migel Guterres jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Yosh himoyachining ishonchli harakatlarini takidlash lozim.  

58-daqiqa. Kazemiro to'pga intilayotib, hakamni ham ayab o'tirmasligini ko'rsatib qo'ydi. :) CHindan kulguli vaziyat, "to'qnashuv" ishtirokchilari ham bo'lgan ishni tabassum bilan qabul qilishdi.  

"Qirollik klubi" bosimni oshirmoqda va raqibni borgan sari ortga qaytishga majbur qilmoqda. 

56-daqiqa. Maydon markazida Iskoga nisbatan qo'pol o'ynashdi.  

Ikkinchi bo'limni Anchelotti shogirdlari ancha tetik boshlashdi. 

53-daqiqa. GOOOOOL!  Yana bir uzatma bu safar Benzema to'pni darvoza to'riga yo'llay oldi, ammo yana o'yindan tashqari holat. 

52-daqiqa. Garet Beylning qanotdan uzatmasidan keyin Karim Benzema boshi bilan aniq zarba berdi, ammo posbon ham bu vaziyatda yaxshi harakat qildi. Qo'shimchasiga, bosh hakam franciyalik hujumchi offsaydda qolib ketganini malum qildi.  

50-daqiqa. "Barselona"ning yana bir sobiq vakili Miranda kurashda Karvaxal bilan to'qnashib ketdi. Hakam "Betis" himoyachisi qoidani buzdi deb topdi.  

 

48-daqiqa. Vinisius to'pga birinchi etib borgan bo'lsada, Montoyyaga nisbatan xavfli o'yin uchun hakam jarima zarbasi belgiladi.  

47-daqiqa. Tanaffusdan keyingi birinchi zarbani Karim Benzema yo'lladi, franciyalik Iskoni ko'rishni istamadi va o'zi zarba yo'lladi, ammo noaniq.  

O'yin o'tayotgan Benito Vilyarmarin o'yingohida 23 gradus issiq havo. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

SHu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Biz ham biroz dam olamiz. Uzoqqa ketib qolish yo'q, oldinda bizni yanada murosasiz ikkinchi bo'lim kutmoqda. 

45+2-daqiqa. Vinisius hujumda qoidani buzdi deb topildi. 

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar kartochka Aytor Ruibalga "nasib qildi". 

Aynan shu daqiqalarda mezbonlarning asablari ishdan chiqmoqda. bu safar Vinisiusni "o'rishdi".

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi!  

44-daqiqa. Ogohlantirish! Migel Guterresga javob sifatida qasddan qo'pollik uchun Serxio Kanales ham bo'limni sariq kartochka bilan yakunlaydigan bo'ldi.

43-daqiqa. Ogohlantirish! Haddan ziyod etirozlar uchun hakam avvaliga Xerman Pesselyaga sariq kartochka ko'rsatdi. 

42-daqiqa. Migel Guterres Aytor Ruibalga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

41-daqiqa. Xuanmining zarbasini Kurtua qiyinchilik bilan, shundoqqina oldiga qaytardi, qaytgan to'pga esa birinchi bo'lib Guterres etib keldi va xavfni bartaraf etdi. 

Iskodan yana bir urinish, ammo yana biroz noaniq.

38-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin "Real" vakili o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

37-daqiqa. O'ng qanotdan hujum va Karvaxalning uzatmasidan keyin to'p darvozaga qarab ketdi hamda darvozabon Ruy Silva katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.  

36-daqiqa. "Barselona"ning sobiq futbolchisi Martin Montoyya zarba berishga qaror qildi, lekin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

 

34-daqiqa. Iskoning kuchli zarbasi yo'liga raqib himoyachisi to'g'anoq bo'ldi. 

33-daqiqa. Vinisiusning faolligi "Real"ga 3-burchak zarbasini taqdim etdi.  

31-daqiqa. Suv ichish uchun tanaffus! Fursatdan foydalanib, Anchelotti shogirdlariga gaplarini aytib oldi. 

30-daqiqa. "Betis"ning navbatdagi hujumi va Fekir zarba berishga imkon topdi, ammo to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi.  

29-daqiqa. "Betis"ning chap qanotdan uyushtirilgan hujumi xavfli zarba bilan yakunlandi, lekin biroz noaniq. Serxio Kanalesning urinishidan keyin to'p to'rga tashqi tomondan kelib tegdi.  

27-daqiqa. O'yin tempi biroz oshgandek. Har ikki jamoa to'pni olib qo'yish uchun aktivroq ravishda pressingga murojaat qilmoqda.  

25-daqiqa. "Real" chap qanotdan hujum uyushtirmoqchi.  

23-daqiqa. Ogohlantirish! Tezkor hujum, Fekir jarima maydoniga yorib kirib ketayotgandi va Valverde yaqin kelgach, franciyalik futbolchi yiqilib tushdi... Hakam dadil qadamlar bilan voqea joyiga yaqinlashib, simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi.  

Vinisius imkon topildi deguncha, texnikasini namoyish qilmoqda. 

21-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Gido Rodriges zarba bilan yakunladi, lekin yo'l-yo'lakay Karvaxalga tekkan to'pni Kurtua osonlik bilan egallab oldi. 

20-daqiqa. Migel Guterres to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi.  

18-daqiqa. Beyl to'pni yo'qotgandi, Kazemiro darhol bu xatoni to'g'rilab ketdi.  

16-daqiqa. "Real" ijrosidagi yana bir burchak zarbasi "Betis"ning qarshi hujumiga aylanib ketishiga sal qoldi.  

14-daqiqa. Vinisius maydon markaziga yaqin hududda yiqitildi. 

12-daqiqa. Militao endi o'z jamoasi jarima maydonchasida faollik ko'rsatmoqda.  

Fekirning o'zi zarbani amalga oshirdi va Kurtua to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchakdan uzatmadan so'ng ish zarbagacha etib bormadi.  

10-daqiqa. Fekirga nisbatan Alaba qoida buzdi deb topildi. 

9-daqiqa. "Real" ustunlikni o'z qo'liga olmoqda va raqibini hujumga o'tishiga ham ortiqcha imkon qoldirmayapti.  

7-daqiqa. Eder Militao standart vaziyatda oldinga borgandi, jarima maydonchasi ichida aynan u barchadan chaqqonroq chiqdi va zarba yo'lladi, posbon o'z o'rnida.  

3-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyat va burchak zarbasi, uni mehmonlar amalga oshiradi.  

2-daqiqa. "Betis" ilk daqiqalardan pressing uyushtirib ko'rmoqda, o'z navbatida "Real" himoyachilari ham shoshilmay taqibdan chiqish payida. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

BestMaster
29 Avgust 2021, 03:15
liga, real, madrid, safarda, betisni, engdi, birinchi, oringa, kotarilib, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads