Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Holand, Levandovski va Risharlison "PSJ"ning asosiy maqsadi

Frantsiyaning "PSJ" agar hujumchi Kilian Mbappe jamoani tark etsa, boshqa forvard sotib olmoqchi.

.
- Yuklab olish

Frantsiyaning "PSJ" agar hujumchi Kilian Mbappe jamoani tark etsa, boshqa forvard sotib olmoqchi.

Mbappaning "Real"ga o'tishi borasidagi muzokaralar davom etmoqda, biroq "PSJ" allaqachon uning o'rnini bosa oladigan futbolchilar haqida o'ylamoqda.

ESPN nashri xabariga ko'ra, parijliklar "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski, "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland yoki "Everton"dan Risharlisonni taklif qilish variantlarini ko'rib chiqishmoqda.

Levandovskining agenti Pini Zaxavi dushanba kuni Parijda bo'lgan va "PSJ"dan o'z mijozi bilan shartnoma imzolashini so'ragan. U parijliklar rahbariyati bilan mumkin bo'lgan transferni muhokama qildi. "Bavariya" hozirda Levandovskini qo'yib yuborishi dargumon, ammo "PSJ" polshalikni sotib olish uchun
katta mablag' taklif qilishga tayyor.

Juma kuni "PSJ" sport direktori Leonardo Holandning agenti Mino Rayola bilan gaplashdi.
Futbolchining vakili mijozi yozda "Borussiya"ni tark etishini istaydi. Rayola va Leonardo yaqin do'stlar, bu yoz ular Janluiji Donnarummaning transferi ustida ishlagan.

Risharlison 100 million evroga sotilishi mumkin. Futbolchi "PSJ"ga o'tishni xohlaydi, u Neymar bilan juda yaxshi munosabatda.

BestMaster
28 Avgust 2021, 14:00
holand, levandovski, risharlison, psjning, asosiy, maqsadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads