Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu «Yuve»ga ketmoqchi ekanligini aytdi. Mendesh unga yangi jamoa topish harakatida

“Citi” - PSJ uchrashuvi Chempionlar ligasida Ronaldu va Messi o'rtasidagi yangi uchrashuvi bo'lishi mumkin.

.
- Yuklab olish

“Citi” - PSJ uchrashuvi Chempionlar ligasida Ronaldu va Messi o'rtasidagi yangi uchrashuvi bo'lishi mumkin.

Evropadagi transfer oynasining oxirgi haftasi bizga baribir Ronalduning “Yuventus”ni tark etishi mumkinligi haqida bong ura boshladi. La Gazette dello Sport xabariga ko'ra, Krishtianu ketish arafasida. A Seriyaning birinchi turida u zaxirada qoldi (zaxiradan maydonga tushdi, gol urdi, lekin gol bekor qilindi), u ataylab zaxirada qoldi.

“Hech nima bo'lmagan joyda sensatsiya yaratmaslik kerak. Bu qaror futbolchi bilan birgalikda qabul qilingan. Shubhasiz, mavsum boshida u eng yaxshi formada emas. Ishonch bilan ayta olamanki, u bu mavsumda “Yuventus”da qoladi“, – degan edi vitse-prezident Pavel Nedved.

Fabritsio Romano payshanba kuni kechqurun Krishtianuning “Yuve”ga ketishi haqida rasman xabar berganini e'lon qildi va Janluka di Martsio Ronaldu o'z narsalarini klub bazasidan olib chiqib ketganini qo'shimcha qildi.

Mendesh va “Yuve“ o'rtasidagi uchrashuv

Chorshanba kuni Krishtianuning agenti Xorxe Mendesh shaxsiy samolyoti bilan Turinga uchib keldi. Transferlar “qiroli” avval Ronaldu bilan uchrashib, keyib klub rasmiylari bilan suhbatlashgan.

• Krishtianuga asosiy da'vogar – “Manchester Siti“. Gvardiola Harri Keyn haqidagi orzularidan voz kechdi va bittagina sof hujumchi Gabriel Jezus bilan qoldi. Shuning uchun, Pep va shayxlar zaxira rejasiga o'tdilar va boshqa hujumchini qidirmoqdalar, keyin Krishtianu transfer bozorida paydo bo'ldi. Chalkashlik shundaki, Ronalduni Keyn kabi markaziy hujumchi deb atash mumkin emas, lekin, ehtimol, superyulduz markaziy hujumda o'zini sinab ko'rar.

• La Gazette dello Sport yozishicha, Krishtianuning o'ziga “Man Siti” varianti ma'qul bo'lgan, lekin pul masalasini hal qilishi kerak. “Yuventus” Ronaldu uchun 25 million evro so'ramoqda, “Siti” esa superyulduzni tekinga olmoqchi. Tasavvur qilib ko'ring Ronaldu 25 million evro!

• Ronaldu va “Siti” o'rtasidagi dastlabki muzokaralar muammosiz o'tdi. Sky Sports Italia xabar berishicha, ingliz klubi portugaliyalikka 2023 yilgacha shartnoma va mavsum uchun 15 million evro maosh taklif qilgan - bu Ronalduning “Yuve”da oladigan pulidan 2 barobar kam. As nashrining yozishicha, Ronaldu bunga rozi.

• Ronalduni “Siti” futbolchilaridan biriga almashtirish varianti muhokama qilindi, lekin bu qiyin variant edi. Variantlardan biri o'sha Gabriel Jesus, lekin Pep hujumchini Krishtianu uchun kelishuvga qo'shishni istamaydi.

• Krishtianu uchun “Manchester Siti” yagona variant emas. Ronalduning transferini hatto PSJ xo'jayinining akasi ham xohlamoqda. U rasmni Messi va Krish parijliklar formasidagi rasmni ijtimoiy tarmoq joylashtirgan va izohiga “Balki ?”, deya yozib qoldirgan.

Kecha kechasi Xorxe Mendesh Parijga uchib ketganini jurnalistlar e'lon qildi. Ammo parijliklar rahbariyati bu variant ko'rib chiqilmayotganini aytishdi.
“Real”ga qaytishni faraz qilish mumkin, lekin Marca va As yozishicha, Florentino Peresning ustuvor vazifasi Kilian Mbappe.

Mendes va “Yuve” uchrashuvidan keyin nima bo'ldi ?

Agent Turinda 18 soatdan ko'p bo'lmagan. Payshanba kuni tushdan keyin u barcha uchrashuvlarni tugatdi va hech narsaga erishmadi, lekin mijozning iltimosini bajarish kerak edi. (Yuvedan ketish).

• Asosiysi: “Yuve” futbolchini 25 millionga qo'yib yuborishini aniq aytdi, lekin faqat bitta holatda: agar payshanba kuni kechqurun aniq xaridor topilsagina. Turinliklarga ham o'rinbosar topish uchun vaqt kerak. Shunday qilib, Mendesning keyingi bir necha soatlik vazifasi 25 million evroga xaridor topish.

• Agar Mendesh hech qaysi klub bilan belgilangan muddatgacha kelishuvga erishmasa, Ronaldu “Yuve”da qoladi.

• Ronalduning o'zida esa ketish kayfiyatini kuzatish mumkin. U kechagi mashg'ulotlarni yakunlamasdan klub bazasini tark etgan.

Ruslan Maksimov tayyorladi

BestMaster
27 Avgust 2021, 14:30
ronaldu, «yuve»ga, ketmoqchi, ekanligini, aytdi, mendesh, unga, yangi, jamoa, topish, harakatida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads