Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Labirint: yaqin kunlar ichida «bomba» transfer amalga oshishi mumkin. U boshqa bir katta xaridga sabab bo'ladi

Transferlar oynasining so'nggi haftasida hali bir nechta «bomba» xaridlar sodir bo'lishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Transferlar oynasining so'nggi haftasida hali bir nechta «bomba» xaridlar sodir bo'lishi mumkin. Avvalo, barchaning diqqat markazi Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappeni kelajagiga qaratilgan.

Krishtianu Ronaldu shartnomasida yana bir yil bo'lishiga qaramay, «Yuventus»ni tark etishga qat'iy qaror qildi. U A Seriya 1-turida «Udineze»ga qarshi o'yinda o'zini maydonga tushirmasliklarini so'radi. U yangi murabbiy qo'l ostida o'z kelajagini ko'rmayapti.

«PSJ» Lionel Messi bilan shartnoma imzolangandan so'ng, 36 yoshli portugaliyalik transferiga ham jiddiy e'tibor qaratgan. Faqat bu kelasi yozda amalga oshishi mumkin.

«Real Madrid» ham Krishtianuning Parijga ko'chishidan manfaatdor, chunki «qirollik klubi» hamon Kilian Mbappeni o'ziga jalb qilishda davom etadi. Bu transfer faqat Ronaldu Parijga o'tsagina amalga oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» 30 avgustda frantsuzga oxirgi umid sifatida 130-170 million evro taklif qilishadi. Nosir Al-Xelayfi Neymar, Ronaldu va Messi bilan xayoliy trio uyushtirmoqchi, u 22 yoshli Mbappe bilan xayrlashishga tayyor, deb xabar beradi AS.

Shunga ko'ra, Ronalduning «Yuventus»dan ketish istagi «Real Madrid» va «PSJ»ga ular xohlagan muhitni keltirib chiqarishi mumkin. «Real» o'zi uchun kerakli Mbappeni oladi, parijliklar esa butun dunyo havas qiladigan hujumchilar uchligini tashkil etadi.

ASning ta'kidlashicha, «keksa sinyora» o'n millionlab ish haqini tejash uchun Krishtianuni qo'yib yuborishga, shuningdek Massimiliano Alelgri qaytgan jamoani qaytadan tiklashga tayyor.

BestMaster
24 Avgust 2021, 10:00
labirint, yaqin, kunlar, ichida, «bomba», transfer, amalga, oshishi, mumkin, boshqa, katta, xaridga, sabab, boladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads