Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinisius: ""Real Madrid"ni durang hech qachon qoniqtirmaydi"

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Levante"ga qarshi La liganing ikkinchi tur uchrashuvidan so'ng, o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsum boshlanganidan juda xursandman, lekin biz ishlashda davom
etishimiz kerak. Men nafaqat yakuniy nuqtani qo'yish bo'yicha, balki taktika va texnikada ham ishladim. Bularning barchasi "Real"ga yordam berish va muxlislarga quvonch ulashish uchun kerak.

"Real Madrid"ni durang hech qachon qoniqtirmaydi. Har bir uchrashuvda g'alaba
qozonish uchun maydonga tushish kerak. Ikkinchi bo'limda "Alaves"ga qarshi o'ynagandek o'ynash kerak edi, - deya "Real" matbuot xizmati Vinisiusning so'zlarini keltiradi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi va braziliyalik dubl muallifiga aylandi. "Real" o'yin davomida ikki marotaba hisobda ortda borib keyinchalik etib oldi.
"Real Madrid" ikki o'yinda 4 ochko jamg'argan va 1-ligada ikkinchi o'rinda. "Levante" esa (2 ochko) sakkizinchi o'rinda.

BestMaster
23 Avgust 2021, 15:30
vinisius, real, madridni, durang, hech, qachon, qoniqtirmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads