Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti: «Muhim o'yinda ikki ochko yo'qotdik»

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan “Levante” bilan o'yin (3:3) haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan “Levante” bilan o'yin (3:3) haqida gapirdi.

“Real Madrid” birinchi bo'limda o'yinni nazorat qilib, yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ammo yakunda biz ikki ochko yo'qotishga majbur bo'ldik. Bu natijani tushuntirish qiyin, biz yoqimsiz hissiyot bilan maydonni tark etdik.

Isko, shubhasiz, bu uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri edi. Uning o'rniga maydonga tushgan Marko Asensio o'yinga tetiklik olib kirishi kerak edi.

Vinisius? Uning ochilmagan juda ko'p qirralari mavjud. U gol urishi kerak, lekin u ajoyib to'purar bo'ladimi, bilmayman.

“Levante”dan uchta gol o'tkazib yubordik. Uchinchisi omadsizlik, birinchisida biz himoya chizig'ini yaxshi ushlab tura olmadik, ikkinchisida esa qarshi hujumda ojiz qoldik”, – deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

Ma'lumot uchun, “Real” ikki o'yinda 4 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. “Levante” esa 2 ochko bilan sakkizinchi o'rinda.

BestMaster
23 Avgust 2021, 07:30
anchelotti, «muhim, oyinda, ikki, ochko, yoqotdik»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads