Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Levante" - "Real Madrid" 3:3 yoxud La Ligani zerikarli deydiganlar o'yinni takroran ko'ring!

Ispaniya chempionati 2-turidan o'rin olgan "Levante" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Levante" – "Real Madrid" 3:3"Syudad de Valensiya" o'yingohi

Gollar: 0:1 – 5 Beyl, 1:1 – 46 Roxer Marti, 2:1 – 57 Kampanya, 2:2 – 73 Vinisius Junior, 3:2 – 79 Rober, 3:3 – 85 Vinisius Junior.

"Levante" – Fernandes, Miramon, Vezu, Rober, Klerk, Kampanya (Bardi, 78), Radoya, Melero (Martines, 66), Morales (Kantero, 79), Roxer Marti (Malsa, 67), De Frutos (Enrik Frankesa, 86).

Real Madrid – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Isko (Asensio, 59), Kazemiro, Valverde (Yovich, 82), Vaskes (Karvaxal, 65), Benzema, Beyl (Rodrigo, 59), Azar (Vinisius Junior, 59).

Ogohlantirish: Klerk (28), Melero (41), Kampanya (58), Militao (58), Rodrigo (90).

CHetlatish: Fernandes (87).

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati

Levante

Roger - 46', Jose Campana - 57', Rober - 79'

LaLiga . 2-tur

23/08/2021, 01:00

3 : 3 Tugadi

Real Madrid

Gareth Bale - 5', Vinicius Junior - 73', Vinicius Junior - 85'

Stadion: Estadio Ciudad de Valencia, 9838 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45' 90' 28'  Carlos Clerc41'  Gonzalo Melero46'  Roger46'  Gonzalo Melero57'  Jose Campana57'  Jorge de Frutos58'  Jose Campana66'  Gonzalo Melero (Pablo Martinez)67'  Roger (Mickael Malsa)78'  Jose Campana (Enis Bardhi)79'  Jose Luis Morales (Alejandro Cantero)79'  Rober86'  Jorge de Frutos (Enric Franquesa)87'  Aitor5'  Gareth Bale5'  Karim Benzema58'  Eder Militao59'  Isco (Marco Asensio)59'  Eden Hazard (Vinicius Junior)59'  Gareth Bale (Rodrygo)65'  Lucas Vazquez (Daniel Carvajal)73'  Vinicius Junior73'  Casemiro82'  Federico Valverde (Luka Jovic)85'  Vinicius Junior85'  Karim Benzema90'  Rodrygo Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

90+6-daqiqa. Bo'ldi, hakam ushbu shunchaki zo'r o'yin yakunlangani haqidagi hushtagini chaldi. 6 ta gol, qizil kartochka, yana bir dunyo ehtiroslar... La Liga zerikarli deydiganlar shu o'yinni takroran ko'rishsa yomon bo'lmasdi! Xayr, salomat bo'ling! 

"Levante"ning zaxiradan o'yinga qo'shilgan posboni uchrashuvda 0 ta seyv amalga oshiribdi. 

90+5-daqiqa. "Real" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda.   

90+4-daqiqa. To'rtinchi qo'shib berilgan daqiqada ham "Levante" qo'rqmay hujumga boryapti. 

90+3-daqiqa. Benzema o'yindan tashqari holatda... 

90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Rodrigo hakamga noroziligini ochiqchasiga bildirgani uchun kartochka oldi.  

Bu vaqt davomida "Real" yana g'alabani o'z tomoniga og'dirishga urinadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

87-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! "Real"ning qarshi hujumini maydonning o'rtalarida qo'li bilan o'ynab, uzib qo'ygani uchun darvozabon Aytor Fernandesga qizil kartochka ko'rsatildi.  

86-daqiqa. Endi "Levante" hujumga o'tdi. Mezbonlarni autsayder deganlar uxlab qolmadingiz-mi? 

86-daqiqa. GOOOOOL! Vinisiusdan dubl. Daxshat o'yin, juda chiroyli gol!

83-daqiqa. Luka Yovich penalti so'rab, jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, lekin hakam offsaydni qayd etdi.  

82-daqiqa. "Levante" vakili Alexandro "Real"ni kechirdi. U qulay vaziyatda darvozani nishonga ololmadi.  

79-daqiqa. GOOOOL! Rober yana mezbonlarni oldinga olib chiqmoqda. Golli uzatma muallifi David Alaba...

77-daqiqa. O'yin tempi yuqori, murosasiz kurash bo'layotgan bir pallada hakam barchani yana bir bor suv ichib olishga chorladi.  

75-daqiqa. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari yanada qiziqarli bo'lishi turgan gap. Har ikki jamoa ham buyog'iga ko'proq g'alabaga intiladi. Sababi mezbonlar hisobda oldinda edi va ular bugun yutish mumkinligiga ishonib ulgurgan, muvozanatni tiklagan "Real" esa endi g'alabani ham ilib ketish umdida ekanligi turgan gap.     

73-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius hisobni tenglashtirdi! Kazemirodan ajoyib uzatma.

71-daqiqa. "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ygan", lekin chinakam xavfli vaziyat yarata olmayapti. 

Anchelotti ham xayron, u ham ikkinchi bo'limda nimalar bo'lganini tushunmay

BestMaster
23 Avgust 2021, 03:15
levante, real, madrid, yoxud, ligani, zerikarli, deydiganlar, oyinni, takroran, koring!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads