Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Levante" - "Real Madrid" 3:3 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 2-turidan o'rin olgan "Levante" - "Real Madrid" uchrashuvi start oldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

86-daqiqa. GOOOOOL! Vinisiusdan dubl. Daxshat o'yin, juda chiroyli gol!

83-daqiqa. Luka Yovich penalti so'rab, jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, lekin hakam offsaydni qayd etdi.  

82-daqiqa. "Levante" vakili Alexandro "Real"ni kechirdi. U qulay vaziyatda darvozani nishonga ololmadi.  

79-daqiqa. GOOOOL! Rober yana mezbonlarni oldinga olib chiqmoqda. Golli uzatma muallifi David Alaba...

77-daqiqa. O'yin tempi yuqori, murosasiz kurash bo'layotgan bir pallada hakam barchani yana bir bor suv ichib olishga chorladi.  

75-daqiqa. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari yanada qiziqarli bo'lishi turgan gap. Har ikki jamoa ham buyog'iga ko'proq g'alabaga intiladi. Sababi mezbonlar hisobda oldinda edi va ular bugun yutish mumkinligiga ishonib ulgurgan, muvozanatni tiklagan "Real" esa endi g'alabani ham ilib ketish umdida ekanligi turgan gap.     

73-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius hisobni tenglashtirdi! Kazemirodan ajoyib uzatma.

71-daqiqa. "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ygan", lekin chinakam xavfli vaziyat yarata olmayapti. 

Anchelotti ham xayron, u ham ikkinchi bo'limda nimalar bo'lganini tushunmay qoldi chog'i. 

65-daqiqa. O'zgarish! Vaskes o'rniga Dani Karvaxal tushdi.  

Tanaffusdan "Levante" futbolchilari butkul boshqacha bo'lib qaytishdi. 15 daqiqada o'yinni 180 gradusga o'zgartirib yubora olishdi ular.  

61-daqiqa. "Real" bosimni kuchaytirdi, lekin hozirgi vaziyatda Lukas Vaskes oddiy joyda to'pni maydondan chiqarib yubordi.  

58-daqiqa. O'zgarishlar! Anchelottining jaxli chiqdi. Asensio, Vinni va Rodrigo o'yinga qo'shildi. Isko, Beyl va Azar maydonni tark etdi. 

58-daqiqa. Ogohlantirish! Xose Kampanyaga sariq.

57-daqiqa. GOOOOOOL! Xose Kampanya ajoyib gol urdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni futbolchi erga tushirmay darvozaga yo'lladi. 

56-daqiqa. "Levante" markazga yaqin hududda to'pni nazorat qilmoqda. 

54-daqiqa. Kazemiro jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi.  

52-daqiqa. Xavfli vaziyat! Rojer o'ta qulay vaziyatda darvozani aniq nishonga ololmadi.  

48-daqiqa. "Real" darhol hujumga tashlandi.

Gonsalo Melero golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'limni mezbonlarning goli bilan boshlaymiz azizlar! Gol muallifi Rojer.

45+3-daqiqa. SHu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi chalindi. Biroz faolroq bo'lgan "Real" mahorat evaziga gol urib, tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketmoqda.     

45+3-daqiqa. Xorxe Miramonning uzatgan to'pini Lukas Vaskes boshi bilan darvozabonga tashlab berdi.  

45+2-daqiqa. Xose Kampanya Azarga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Navbatdagi vaziyat va Benzemaning zarbasi, lekin raqib to'p darvozagacha etib borishiga yo'l qo'ymadi.  

43-daqiqa. Lukas Vaskesning yaxshi pasidan keyin Benzemada imkoniyat bo'lishi mumkin edi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

41-daqiqa. Ogohlantirish! Mezbonlarning yana bir futbolchisiga sariq ko'rsatildi. Gonsalo Melero aybdor.

40-daqiqa. Alaba burchak zarbasini amalga oshirib berdi, raqib futbolchisi xavfni bartaraf etib, to'pni uzoqlashtirdi.  

38-daqiqa. Iskoga nisbatan qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasini Garet amalga oshirdi, lekin noaniq.  

36-daqiqa. "Real" o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshiradigan bo'ldi. Ispaniyalik yarim himoyachining o'zi uzatmani amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. 

Isko zarba berdi, ammo raqib futbolchilari to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

35-daqiqa. Maydondagi eng faol futbolchilardan biri Karlos Klerk raqibning ancha xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujumini to'xtatib qola bildi.  

34-daqiqa. "Levante" chap qanotdan oldinga o'tish uchun yo'l izlamoqda.  

32-daqiqa. O'yin davom etadi.  

31-daqiqa. Hakam futbolchilarni suv ichish uchun tanaffusga chorladi. 

30-daqiqa. David Alaba jarima maydonchasi tashqarisidan darvozani nishonga ola olmadi. 

28-daqiqa. Ogohlantirish! Karlos Klerk Lukas Vaskesga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

27-daqiqa. Militao endi futbolkasini alishtirish uchun maydonni tark etishiga to'g'ri kelmoqda.  

25-daqiqa. Eder Militaoning xatosi jamoasiga qimmatga tushishi mumkin edi, lekin Xose Kampanyani sheriklari tushunishmadi. 

24-daqiqa. "Levante" vaziyat yaratishga urinmoqda. 

22-daqiqa. Garet Beyl to'pga ko'ngildagidek zarba bera olmadi.

18-daqiqa. Karlos Klerk to'pni jarima maydoni ichiga yo'lladi, lekin ish zarbagacha etib bormadi. Xose Luis Morales Nachoga nisbatan qo'pol harakat qildi.     

O'yinning dastlabki 15 daqiqasi o'tgan bir pallaga kelib, to'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 49% - 51% — "Real" foydasiga.

15-daqiqa. "Real" futbolchilari biroz faollashgandek. Ketma-ket hujum yoki hujum uyushtirishga urinishlarni kuzatyapmiz.

13-daqiqa. Bugun Kroos va Modrich yo'qligini bilasiz, shu sabab hozirgi vaziyatda Kazemiro so'nggi uzatmani amalga oshirmoqchi bo'ldi, lekin to'p raqibga borib tushdi. 

11-daqiqa. Xose Luis Morales to'pni jarima maydoniga yo'lladi, ammo sherigi bu to'pga eta olmadi.  

10-daqiqa. Eden Azar himoyalanishda yordam berayotgani etiborga loyiq. 

9-daqiqa. "Real Madrid" futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.  

7-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan mezbonlar oldinga tashlanishdi, lekin uzatilgan to'pga Tibo Kurtua chiqib kelib, birinchi bo'ldi.

"VAR" ham barchasi qonun doirasida bo'lganini tasdiqladi va gol inobatga olindi. 

Karim Benzema hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi.

5-daqiqa. GOOOOOOL! Mehmonlar hisobni ochishdi! Garet Beyl! 

4-daqiqa. Xose Kampanya chap burchakdan uzatmani amalga oshirdi, qaytgan to'pni Xose Luis Morales darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, lekin...

3-daqiqa. Jamoalar ilk daqiqalarda o'ziga xos razvedkani amalga oshirishni boshlab yuborishdi. Har ikki tomon shoshilmay to'pni nazorat qilishga urinmoqda.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni markazdan mehmonlar boshlab berishdi.

Levante

Roger - 46', Jose Campana - 57', Rober - 79'

LaLiga . 2-tur

23/08/2021, 01:00

2 : 3 2-bo'lim

Real Madrid

Gareth Bale - 5', Vinicius Junior - 73'

Stadion: Estadio Ciudad de Valencia, 9838 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

BestMaster
23 Avgust 2021, 02:45
live , liga, levante, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads