Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Ortiq chidab tura olmayman" yoxud Ronaldu barcha mish-mishlarga munosabat bildirdi

.
- Yuklab olish

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi va "Real"ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Kamroq gapirish va ko'proq harakat qilish mening faoliyatim boshidan buyon shiorim bo'lib kelgan. Biroq, yaqinda aytilgan va yozilgan hamma narsani hisobga olgan holda, o'z pozitsiyamni bildirishim kerak.

Shaxs va o'yinchi sifatida menga nisbatan hurmatsizlik qilayotganlar, kelajagim haqidagi ommaviy axborot vositalaridagi mish-mishlar menga va bunga aloqador bo'lgan barcha klublarga, ularning futbolchilari va xodimlariga nisbatan hurmatsizlik bo'lmoqda.

Mening "Real"dagi hikoyam raqamlarda, kubok va unvonlarda, "Bernabeu" stadionidagi muzeyda va klubning har bir muxlisining ongida yozilgan.

Men erishgan yutuqlarimdan tashqari, to'qqiz yil mobaynida muxlislarga mehr va hurmat bilan munosabatda bo'lganman, ularni men hozirgacha asrayman. Bilaman, "Real Madrid"ning haqiqiy muxlislari ham meni yuragida saqlaydilar.

Meni turli ligalardagi bir qancha klublar bilan bog'laydigan yangiliklar tez-tez chiqmoqda va hech kim haqiqatni aniqlashtirishni istamayapti.
Men jim tura olmayman, odamlar mening ismim bilan o'ynashishiga boshqa chiday olmayman.
Men o'z kareram va ishimga e'tiborimni o'z klubimga qarataman va men duch keladigan barcha qiyinchiliklarga tayyorman.
Qolganlarning hammasi? Qolganlarning hammasi shunchaki gap ”, - deb yozdi Ronaldu
Instagramda.

BestMaster
18 Avgust 2021, 15:30
ortiq, chidab, tura, olmayman, yoxud, ronaldu, barcha, mish-mishlarga, munosabat, bildirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads