Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Mening "Real Madrid"dagi hikoyam yozib bo'lingan". Krishtianu Ronaldu atrofidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi

Krishtianu Ronaldu boshqa klubga o'tishi borasidagi xabarlar haqida bayonot berdi.

.
- Yuklab olish

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zi atrofida bo'layotgan mish-mishlarga uzil-kesil nuqta qo'ydi

"Meni yaqindan bilganlar o'z ishimga qanchalik mehr bilan yondashishimni yaxshi bilishadi. Kamroq gap va ko'proq mehnat qilish. Bu shiorga faoliyatim boshidan beri amal qilib kelaman. Ammo, oxirgi kunlardagi barcha gapirilgan va yozilgan narsalarga o'z munosabatimni bildirishim lozim. 

Matbuot orqali yozilayotgan mish-mishlar mendan ko'ra, ushbu mavzuga aloqador bo'lgan klublar, ularning o'yinchilari va hodimlariga xurmatsizlik sanaladi.

"Mening "Real Madrid"dagi hikoyam yozib bo'lingan. Bularning barchasi so'zlar va raqamlar bilan, shaxsiy va jamoaviy sovrinlar bilan, rekordlar va katta harflar bilan tarixga muxrlanib bo'lingan.

Bularning barchasi "Santyago Bernabeu"dagi muzeyda va har bir muxlisning xotirasida abadiy saqlanadi.

Aminmanki, haqiqiy "Real" muxlislari meni o'z yuraklarida saqlashadi. Men esa ularni o'zimning qalbimda saqlayman. 

Ispaniyada yuz bergan ushbu holatga kelsak. Matbuotda meni bir nechta klublar va turli ligalar bilan bog'lashga harakat qilishdi. Hech kim haqiqatni aniqlashga harakat ham qilmadi. 

Atrofimdagi insonlar men bilan o'ynashishlariga ortiq jim qarab turolmayman. Men o'z faoliyatimga etibor qaratishda va qattiqroq mehnat qilishda davom etaman. Duch kelishim lozim bo'lgan barcha sinovlarga tayyorman. Qolgan narsalar? Qolgan narsalar - shunchaki quruq gap-so'zlar", -deb yozadi Krishtianu Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, shu  kunlarda Krishtianu Ronaldu atrofida juda ko'p xabarlar tarqalgandi. Kimlardir uni "Real"ga qaytishi haqida yozsa, bazilar uning agentlari "Manchesteri Siti" bilan aloqaga chiqqani haqida malum qilishgandi.

BestMaster
18 Avgust 2021, 00:45
mening, real, madriddagi, hikoyam, yozib, bolingan, krishtianu, ronaldu, atrofidagi, mish-mishlarga, nuqta, qoydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 champion  
qatsa bulardi real madridga
18 Avgust 2021, 10:51
 champion  
yaxwi
19 Avgust 2021, 08:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads