Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi mavsumda yulduzlarsiz "Real"ning ahvoli ne kechadi?

Yaxshi futbol mutaxassisi bo'lgan Karlo Anchelottining oxirigi paytlardagi faoliyati omadsiz kechdi. 

.
- Yuklab olish

Yaxshi futbol mutaxassisi bo'lgan Karlo Anchelottining oxirigi paytlardagi faoliyati omadsiz kechdi. "Bavariya"dagi muvaffaqiyasizlik, "Napoli"dagi o'rtamiyona ish hamda "Everton" klubida qilgan mehnatlari, samarli bo'ldi deya olmaymiz. Italiyalik murabbiyga keyingi pog'onada futbolni televizor qarshisida turib kuzatish nasib etadi deb o'ylagan edik, ammo unday bo'lmadi. "Karlo ota" tez orada koronavirus tufayli keskin qisqargan byudjetga ega "Real"ga taklif qilindi.

 

Klub prezidenti Florintino Perez katta harajatlar talab etuvchi Konte yoki Allegri kabi murabbiylardan ko'ra, oddiy, ammo o'ziga xos isbotlangan uslub egasini afzal ko'rdi. Chunki Anchelotti futbolchilar sotib olishga ko'p ham intilmaydigan, klubdagi yo'qotishlardan tashvishga tushmaydigan sokin shaxs. U undan ko'ra, har bir kundan zavq olib ishlashga tirishadi, bor resursdan foydalanadi. Shunday bo'lsada, uning yangi jamoasida yangi mavsum oldidan muammolar bisyor bo'lib qolgan.

 

Bugunga kelib, bir paytlar shonli va shov-shuvli xaridlar amalga oshirishni yaxshi ko'radigan klubning "Transfermrkt"dagi profili o'ta jo'n ko'rinadi. Unda "sarflangan mablag'lar" bo'limida 0 soni turibdi. "Klubni tark etganlar" qismidan esa, Varan hamda Ramos o'rin egallagan. Endilikda, Karlo uchun tarkibda turib beradigan futbolchi ko'rinmay qoldi. Vaholanki, u uchun kubok yutish vazifasi qo'yilgan bir paytda kurashadigan futbolchilar kerak bo'ladi. Aksincha, agar u jamoani yangi mavsumda sovrinsiz qoldiradigan bo'lsa, rahbariyat uni xuddi, 2015 yildagi kabi haydab yuborishi ham hech gap emas. Klub uchun mavsumni qay tarzda olib qolsa, yutsa bo'ladi? Nima qilsa, bunga erishish mumkin? Quyida esa bu savolga bittada javob topasiz.

 

Ispaniya chempionati asosiy yulduzlari bo'lgan Messi hamda Ramos ketganidan keyin muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. Unda "Hozir ligada asosiy yorqin futbolchi kim?" degan savol berilgan edi. Variantlar orasida Modrich, Suarez hamda Grizmannlar joy olgandi. Biroq ularning barini yangi variant Benzema yutib chiqdi. Frantsuz hujumchisi Ronaldu ketgach, o'yinida yaxshi tarafga o'zgarish bo'ldi. Karim doimo maydonda joy tanlash, texnika hamda jismoniy tomondan yaxshi harakat qiladi. Mana sizga yuqorida aytilgan "Real" uchun so'ralgan najot! Aynan u mavsumni omadli yakunlashda asosiy figura bo'lishi kutiladi. Harxolda, raqib jarima maydonchasida unumli harakat qilish bo'yicha Benzema istalgan futbolchi bilan raqobat qila oladi.

 

Bir paytlar frantsuz hujumchisi haqida Joze Mourino sal'biy fikr bildirib, uning harakatlarini mushukka taqqoslagan edi. Bugungi kunda esa muxlislar hujumchini yo'lbars deb ataydilar. Haqiqatdan ham shunday. Uning harakatlari bugunga kelib, beqiyos va mohironadir. Benzema nistalgan payt, istalgan uslubda va istalgan vaziyatdan gol urishga qodir. U uchun yarimta vaziyatning o'zi etarli. Benzema hozir mana shunday qudratga ega bo'lib ulgurdi.

 

Undan tashqari Karlo Anchelotti ixtiyorida hujum chizig'ida Vinisius hamda Rodrigo kabi braziliyalik talantlar mavjud. Ulardan oqilona foydalanilsa, klub yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Jamoa himoyasi nisbatan zaiflashganday tuyulsada, unga endilikda ko'p vazifalarni eplay oladigan Devid Alaba keldi. Agar u bo'lmasa, yangi mavsum "Real" Evropa ligasi uchun kurashib yurishiga to'g'ri kelishi ham mumkin edi. Klub baxtiga qiymati 55 million evroga baholangan futbolchi u uchun tekin transferga aylandi. Shuningdek, Mendi, Marselo hamda Kazemirolar ham xizmatga tayyor turishadi. So'nggi yillarda klub futbolchilari jismoniy holati ideal darajaga keltirilgani bilan ajralib turardi. "Real" o'yinchilari hatto mavsumning so'nggi, bahor qismida ham 120 daqiqalik o'yinlarga osonlikcha bardosh berib, g'alabalar qayd etishgan. Shuning uchun ularda Chempionlar ligasi kubogi bisyor. Ammo klub jismoniy tarbiya murabbiyi ishdan ketishi bilan o'yinchilarga daxshatli jarohatlar hamroxlik qila boshladi. Hamma narsa teskari bo'lib ketdi. Dani Karvaxaldan tortib, temir Ramosgacha jarohatlar girdobiga tushib qolgan edi.


"Real"ning barcha davrlardagi eng omadsiz transferlardan biri sifatida e'tirof etilayotgan Eden Azar uchun ko'plab haqoratli fikrlar yangrab turadi. Klub u uchun 150 milliondan ko'proq mablag' sarflagandi. Ammo belgiyalik kelganidan beri klub uchun hatto 5 ta uchrashuvda ketma-ket maydonga tushib bera olmadi. Uning to'pig'idan olgan jarohati, jarrohlik amaliyotlari va tushkunlik qamrab olgan edi. Hozir u bilan hammasi normallashgan. O'zgarishlar davri yaqin bo'lishi mumkin, biroq hammasi vaqt bilan bog'langan.

 

Zidan davrida boshqacharoq siyosat yuritilgan edi. Frantsiyalik murabbiy Ispaniya kubogi va shu kabi asosiy bo'lmagan turnirlarni yoqtirmas edi. Shu sabab undan o'z xohishi bilan chiqib ketishga harakat qilar, "Leganes" kabi klublardan engilishgacha borardi. Bu holat uning nazdida sharmandalik sifatida qabul qilinmasdi. Karlo Anchelotti esa bu kabi masalalarga umuman boshqacha yondoshadi. U har qanday sovrin uchun maksimum harakat qilishga odatlangan. "Real" oxirigi marta Karlo davrida Qirol kubogini qo'lga kiritgani ham bejiz emasdi. Hozirda Anchelotti bu tarkibi bilan La liga tituli yoxud EChL g'olibligiga erishishi dargumon bo'lsa ham, mamlakat kubogi uchun kurashishi aniq. Negaki, bir mavsumda hech bo'lmasa, bitta turnirda g'alaba qozonish, Anchelottining kamida yana bir yil jamoada qolishini ta'minlab berishi mumkin.


Rus tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

BestMaster
17 Avgust 2021, 21:30
yangi, mavsumda, yulduzlarsiz, realning, ahvoli, kechadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads