Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Qirol Breytueyt"ning dubli "Barselona"ga g'alabani taqdim etdi

Ispaniya Premerasining 1-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real Sosedad" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Barselona" - "Real Sosedad" 4:2Gollar: 1:0 – 19 Pike, 2:0 – 45 Breytueyt, 3:0 – 59 Breytueyt, 3:1 – 82 Lobete, 3:2 – 85 Oyarsabal, 4:2 – 90 Serdji Roberto.

"Barselona" – Neto, Dest (Emerson, 71), Pike, Erik Garsiya (Arauxo, 83), Alba, Buskets (Niko Gonsales, 83), de Yong (Serdji Roberto, 71), Grizmann, Breytueyt, Depay (Langle, 90), Pedri.

"Real Sosedad" – Remiro, Saldua (Gorosabel, 66), Elustondo (Pacheko, 81), Le Norman, Munos, Silva (Bautista, 46), Yanuzay (Barrenechea, 46), Merino, Subimendi, Portu (Lobete, 66), Oyarsabal.

Ogohlantirishlar: Subimendi (37), Buskets (57), Elustondo (61), Munos (62), Le Norman (78), Niko Gonsales (84).

Barcelona

Gerard Pique - 19', Martin Braithwaite - 45', Martin Braithwaite - 59', Sergi Roberto - 90'

LaLiga . 1-tur

15/08/2021, 23:00

2 : 4 Tugadi

Real Sociedad

Julen Lobete - 82', Mikel Oyarzabal - 85'

Stadion: Camp Nou, 20384 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45' 90' 19'  Gerard Pique19'  Memphis Depay45'  Martin Braithwaite45'  Frenkie de Jong57'  Sergio Busquets59'  Martin Braithwaite71'  Sergino Dest (Emerson)71'  Frenkie de Jong (Sergi Roberto)83'  Sergio Busquets (Nico Gonzalez)83'  Eric Garcia (Ronald Araujo)84'  Nico Gonzalez90'  Memphis Depay (Clement Lenglet)90'  Sergi Roberto90'  Martin Braithwaite37'  Martin Zubimendi46'  Adnan Januzaj (Ander Barrenetxea)46'  David Silva (Jon Bautista)61'  Aritz Elustondo62'  Aihen Munoz66'  Joseba Zaldua (Andoni Gorosabel)66'  Cristian Portu (Julen Lobete)78'  Robin Le Normand81'  Aritz Elustondo (Jon Pacheco)82'  Julen Lobete82'  Ander Barrenetxea85'  Mikel Oyarzabal Match-senterda ochish

Ispaniya chempionati musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati

 

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

90+5-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va chamasi 80 daqiqa to'liq ustunlik qilgan "Barselona" mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. 

Tezkor hujumni Grizmann boshlab berdi, u to'pni o'ng qanotga Martinga oshirdi, o'z navbatida bugun zo'r o'yin o'tkazgan daniyalik hujumchi ham qizg'anmadi va Serxi Roberto bo'sh qolgan darvozaga to'pni joylab qo'ydi. 

90+1-daqiqa. GOOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Serxi Roberto o'yinga nuqta qo'ymoqda. Martin Bretveytdan golli uzatma! 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

So'nggi daqiqalar yanada shiddatli bo'ladi chog'i.

85-daqiqa. GOOOOOL! "Real Sosedad"ning goli urilgan vaziyatdan kadrlar qidirib, topgunimizgacha Mikel Oyarsabal jarima zarbasidan yana bir gol urib, oradagi farqni minimal ko'rinishga olib keldi.

82-daqiqa. GOOOOOL! Xulen Lobete debyut o'yinida hisobiga gol yozdirib qo'ydi - 3:1.  

81-daqiqa. Antuan Grizmann bugun nafaqat hujumda balki himoyalanishda ham ancha faol va foydali harakat qilmoqda. Hozir ham u to'pni raqibidan olib qo'ydi.  

79-daqiqa. To'p uchun kurashda mezbonlarning "qo'li baland" keldi.  

78-daqiqa. Yana Depayga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bu safar Le Norman raqibini ayab o'tirmadi. Memfis malum vaqt og'riq sabab maydonda yotdi va amallab o'rnidan turdi.  

O'yin davom etadi.   

75-daqiqa. Yana suv ichib olish uchun tanaffus! 

72-daqiqa. Hozirgina o'yinga qo'shilgan Emerson qanotda faollik ko'rsatishni boshlab yubordi. 

71-daqiqa. O'zgarish! Serjino Dest o'rniga Emerson, De Yong o'rniga Serxi Roberto o'yinga qo'shildi. 

66-daqiqa. "Real Sosedad" tezkor qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin "Barselona"ning bir yo'la 5 nafar futbolchisi tezkorlik bilan ortga qaytib ulgurdi.  

64-daqiqa. "Barsa"ning navbatdagi burchak zarbasini raqib himoyachilari qaytarishga muvaffaq bo'ldi.   

62-daqiqa. "Barselona" to'pni nazorat qilib, raqibning shashtini tushirish niyatidadek.

59-daqiqa. GOOOOOL! Martindan dubl! Depay va Alba qanotda raqib himoyasini dog'da qoldirishdi, himoyachi zarba yo'lladi, darvozabondan qaytgan to'pni esa Bretveyt to'rga yo'lladi.  

50-daqiqa. Ikkinchi bo'limda o'yin tempi ancha oshdi. Har ikki jamoa tezroq hujumga o'tishmoqda, lekin oxirgi uzatma yoki zarba beradigan futbolchi etishmay qolyapti.  

47-daqiqa. GOOOOOL! Grizmann qulay nutqaga chiqib bordi, zarba berdi va darvozabonga tegib, to'p darvozadan joy oldi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

SHu tariqa, o'yin borasida ustunlikka ega bo'lgan "Barsa" hozircha 2:0 hisobida oldinda. Tanaffus!

45+2-daqiqa. GOOOOOL! Martin Bretveyt tanaffus oldidan oradagi farqni ikkitaga oshirdi.  

45+1-daqiqa. Burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

Bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

41-daqiqa. "Real Sosedad"ning burchak zarbasi "Barselona"ning xavfli hujumiga aylanib ketishi mumkin edi, lekin oxirgi himoyachi 3 nafar raqibi to'p bilan darvoza tomon o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi.  

40-daqiqa. Mehmonlarning tezkor qarshi hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi.

37-daqiqa. Yanuzayga yo'llangan to'pni Alba ilib ketdi va boshi bilan darvozabonga tashlab berdi 

35-daqiqa. Mayda follar ko'payayotgandek. Har ikki jamoa azolari raqibni to'xtatish uchun tortinmay qoidani buzishmoqda.  

33-daqiqa. Yanuzay o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirishni niyat qilgandi, ammo to'p undan qochib ketdi.  

32-daqiqa. O'yin davom etadi. 

Suv ichib olish uchun tanaffus!

30-daqiqa. Xordi Alba Portuning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi va darvozabonga ish qoldirmadi.  

29-daqiqa. Asosiy tarkib azosiga aylanishi kutilayotgan Erik Garsiya xavfni bartaraf etib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.   

27-daqiqa. Memfisdan yana bir kutilmagan qaror. Hujumchi to'pni qabul qilgani zahoti, aylanib darvozani nishonga oldi, kiper oldinga chiqib ketgan bo'lsada, ortga qaytishga ulgurdi.   

24-daqiqa. Ajoyib hujum! De Yong, Bretveyt va Depay ijrosida juda chiroyli hujum guvohiga aylandik, yakuniy zarbani gollandiyalik berdi, ammo darvozabon ham o'z o'rnida.    

23-daqiqa. Mehmonlar vakili maydon markazidan to'pni darvozabon tomon yo'lladi, uning baxtiga Remiro to'pni maydonda saqlab qola oldi.  

21-daqiqa. Bretveytga nisbatan qoida buzilgandi, ammo hakam negadir bunga etibor qaratgisi kelmadi.

19-daqiqa. GOOOOOOL! Depayning uzatmasidan Pike hisobni ochdi! Bu vaziyatda jarima zarbasini amalga oshirgan Memfis ham, unga etib borgan Pike ham yaxshi o'ynadi. 

18-daqiqa. Markazga yaqinroq nuqtada "Barselona" futbolchisiga nisbatan qoida buzildi va jarima zarbasi belgilandi. 

Qoida buzish bo'yicha ko'rsatkich 2:4.

14-daqiqa. Serjino Dest Grizmann bilan birgalikda raqiblarni chalg'itib, jarima maydoniga kirib bordi, ammo oxirgi himoyachi to'pni olib qo'ydi. 

12-daqiqa. Xavli vaziyat! Yana burchak zarbasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi. Antuanning urinishidan keyin darvoza to'sini mehmonlarni qutqarib qoldi.

10-daqiqa bo'lgani uchun tribunalar reakciya ko'rsatishmoqda, ular hamon Messi yo'qligiga ishona olmayapti. 

10-daqiqa. Xavli vaziyat! Burchak zarbasi tezda o'ynab ketildi va Albaning uzatmasidan keyin Grizmann chalqancha uslubda zarba yo'llay oldi, ammo birozgina noaniq. 

9-daqiqa. Le Norman kutilmganda to'pni darvozabonga tashlab berayotganda xatoga yo'l qo'ydi, burchak zarbasi. 

6-daqiqa. Depay ancha faol. Hozir u chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo'ldi, ammo himoyachi bunga yo'l qo'ymadi.

3-daqiqa. Maydon markazida ustunlik uchun kurash.

Ilk soniyalardan "Barselona" hujumga tashlandi va raqib darvozabonini bezovta qilishni boshladi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi. 

Barselona – Neto, Dest, Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Grizmann, Breytueyt, Depay, Pedri.

Real Sosedad – Remiro, Saldua, Elustondo, Le Norman, Munos, Yanuzay, Merino, Subimendi, Silva, Portu, Oyarsabal

BestMaster
16 Avgust 2021, 01:15
liga, qirol, breytueytning, dubli, barselonaga, galabani, taqdim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads