Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Varan "dunyoda so'nggi 10 yil ichidagi eng yaxshi himoyachilardan biri" sifatida

Frantsiya terma jamoasi a'zosi Rafael Varan yakshanba kuni "Real"dan "MYu" safiga o'tganligi e'lon qilindi.

.
- Yuklab olish

Frantsiya terma jamoasi a'zosi Rafael Varan yakshanba kuni "Real"dan "MYu" safiga o'tganligi e'lon qilindi. Ushbu transfer klub tarixidagi eng qimmat o'ninchi xarid sifatida amalga oshirildi. Frantsuz himoyachisi yangi mavsumning ilk o'yinida, "Old Trafford"da "qizil iblislar" "Lids" ustidan 5-1 hisobida g'alaba qozongandan sal oldin ommaga rasman tanishtirildi. "Real" safida to'rt marta EChL kubogini qo'lga kiritgan himoyachi 4 yillik shartnoma bilan Angliyaga tashrif buyurdi. Klub uchun 42 million funtga tushgan Varan hammasi risoladagidek ketsa, 2025 yilning yozigacha jamoa bilan birga bo'ladi. Uning kelishi, jamoaning o'ninchi qimmat futbolchisi sifatida tarix zarvaraqlariga yoziladigan bo'ldi. Bu borada Pol Pogba haliham etakchi o'rinni band etgan. Jeydon Sancho xaridi esa, 73 million funt qiymat bilan to'rtinchi pog'onaga joylashdi.

Varan transferi e'lon qilinganidan so'ng, matbuot anjumani tashkil etildi. Unda himoyachi yangi joyga kelganidan hursandligini bildirib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U bilan suhbat klub rasmiy sahifasida e'lon qilindi. Varan bu haqida shunday deydi: "Baralla aytishim mumkinki, "Manchester Yunayted" dunyodagi eng mashhur va afsonaviy klublardan biri sanaladi. Menga bu klubga qo'shilish va APLda to'p surish imkoniyati berilganida, buni inkor qila olmadim. O'z faoliyatimda hali erishmoqchi bo'lgan yutuqlarim bisyor. Ushbu jamoaga qo'shilishim esa, meni bu narsaga bir qadam yaqinlashtiradi deb o'ylayman. Klub tarkibida o'yinlarni yutishga chanqoq, sovrinlarga ega chiqishga qodir futbolchilar borligini ko'rdim. Men ular bilan bir safda harakat qilishdan xursandman. Sulsher haqida gapirilganda, men uning so'nggi bir necha mavsumlarda klubni yuksaltira olganini ko'rdim. Aytishim mumkinki, jamoaga qo'shildim va hoziroq yuqori darajada o'ynashga tayyorman. Men bu erdagi voqealarga ijobiy ta'sir etishni istayman va klubning shonli tarixiga kirish uchun borimni berishga harakat qilaman".

Rafael Varanning transferi haqida, shuningdek, klub menejeri Ole-Gunar Sulsher ham fikr bildirdi. U shunday deydi: "Men dunyo futbolida so'nggi 10 yildagi eng yaxshi himoyachilardan birining xaridini amalga oshirishni uddasidan chiqqanimizdan benixoya xursandman. Rafael o'z qobiliyati bilan hurmatga sazovor o'yinchilar qatorida bo'lgan. Biz uni proffesionalizmga o'zini qanchalik baxsh etganligini juda yaxshi bilamiz. Hozirga kelib, jamoamiz tarkibida ajoyib baynalmilal himoyachilar guruhi to'plandi. Varan tarkibga o'z tajribasi va etakchilik xususiyatlarini qo'sha olishiga ishonaman. U top darajadagi noyob himoyachi sanaladi. O'ylaymanki, o'z harakatlarini yosh futbolchilarga ham yuqtira oladi. Varan g'alaba yo'lida borini berishga qodir futbolchi va shu sabab muvaffaqiyatlarga erishishi oson kechadi. Uning kelgusidagi faoliyatiga faqat omad tilayman va jamoamizda ko'rganimdan mamnunman".

Rafael Varan uzoq yillar davomida qirollik klubi sharafini himoya qildi va bir nechta sovrinlarga ega bo'ldi. Shuningdek, u Rossiyada Jahon chempioni maqomiga erishgan edi. Biz ham futbolchiga yangi klubda yangi zafarlar tilab qolamiz.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

BestMaster
16 Avgust 2021, 00:00
varan, dunyoda, songgi, ichidagi, yaxshi, himoyachilardan, biri, sifatida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads