Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Benzemadan dubl, "Real Madrid" safarda "Alaves" ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdi

La Liga 1-turida "Real Madrid" safarda "Alaves"ga qarshi harakat qildi.

.
- Yuklab olish

"Alaves" – "Real Madrid" 1:4 (0:0, 1:4)14 avgust, "Mendisorrosa" o'yingohiGollar: 0:1 – 48 Benzema, 0:2 – 56 Nacho, 0:3 – 62 Benzema, 1:3 – 65, penalti Xoselu, 1:4 – 90 Vinisius Junior.

"Alaves" – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Lejen, Duarte, Pina (Moyya, 82), Mendes (Martin, 68), Pere Pons (Lum, 59), Manu Garsiya (Gvidetti, 59), Xoselu, Rioxa (Pelistri, 68).

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Modrich (Asensio, 88), Kazemiro, Valverde (Isko, 88), Vaskes, Benzema (Yovich, 89), Beyl (Rodrigo, 68), Azar (Vinisius Junior, 66).

Ogohlantirishlar: Manu Garsiya (35), Beyl (53), Kurtua (64).

Deportivo Alaves

Joselu - 65'

LaLiga . 1-tur

15/08/2021, 01:00

4 : 1 Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 48', Nacho Fernandez - 56', Karim Benzema - 62', Vinicius Junior - 90'

Stadion: Estadio Mendizorroza, 3968 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45' 90' 35'  Manu Garcia59'  Manu Garcia (John Guidetti)59'  Pere Pons (Mamadou Loum Ndiaye)65'  Joselu68'  Luis Rioja (Ivan Martin)68'  Edgar Mendez (Facundo Pellistri)82'  Tomas Pina (Antonio Moya)48'  Karim Benzema48'  Eden Hazard53'  Gareth Bale56'  Nacho Fernandez56'  Luka Modric62'  Karim Benzema64'  Thibaut Courtois66'  Eden Hazard (Vinicius Junior)68'  Gareth Bale (Rodrygo)88'  Karim Benzema (Luka Jovic)88'  Luka Modric (Marco Asensio)88'  Federico Valverde (Isco)90'  Vinicius Junior90'  David Alaba Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH 

CHempionatni "Qirollik klubi" ishonchli o'yin va yirik g'alaba bilan boshladi. La Ligani kuzatishda davom eting, bu liga Messi va Ronaldugacha ham TOP bo'lgan! 

90+3-daqiqa. "Alaves" o'yinni markazdan boshladi va hakamning final hushtagi yangradi.  

90+2-daqiqa. GOOOOOOOL! Vinisius niyatiga etdi va o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.

90+1-daqiqa. Vinisius... 

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. "Alaves"ning yana bir urinishi omadsiz chiqdi va o'yinning asosiy vaqti ortda qoldi.  

89-daqiqa. Oldinga harakatlanayotgan Vinisiusga nisbatan qo'pol o'ynashdi.  

88-daqiqa. O'zgarishlar! Luka Modrich, Federiko Valverde va Karim Benzema o'rniga Luka Yovich, Isko va Marko Asensio maydonga tushirildi.  

86-daqiqa. David Alaba jarima maydoni ichida yiqilib tushdi va hakamga yuzlandi... Biroq uchrashuvni boshqarib borayotgan Sezar Soto "o'rningdan tur" degandek ishora qildi. 

83-daqiqa. O'zgarish! Tomas Pinya o'rnini Toni Moyyaga bo'shatib berdi. 

81-daqiqa. Vinisius tezkorligi va texnikasini ishga solib, qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi hamda uzatmani ham amalga oshirdi, ammo sheriklari buni kutmagan chog'i, to'pga ulardan hech biri etib bora olmadi.    

79-daqiqa. Uzoq masofadan berilgan zarbadan keyin Kurtua to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, ammo baxtiga yaqinroqda raqiblardan hech kim yo'q edi.  

75-daqiqa. Nacho himoyada ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.  

73-daqiqa. "Real" navbatdagi burchak zarbasini ishlab olmoqda. Ammo mehmonlar standart vaziyatdan foyda chiqara olishmadi. 

71-daqiqa. Rodrigo tezligi evaziga raqibini dog'da qoldirib ketayotganida, to'p maydondan chiqib ketib qoldi. Aks holda u darvozabon qarshisiga chiqib kelardi. 

68-daqiqa. O'zgarish! Luis Roxa va Edgar Mendes o'rniga Fakundo Pelistri hamda Ivan Martin tushdi.  

68-daqiqa. O'zgarish! Garet Beyl o'rniga Rodrigo maydonga tushirildi.  

66-daqiqa. O'zgarish! Eden Azar o'rnini Vinisiusga bo'shatib bermoqda.   

65-daqiqa. GOOOOOOOL! Xoselu penaltidan Kurtua darvozasini ishg'ol qildi. 

64-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Tibo Kurtuaga sariq kartochka ham ko'rsatdi.

64-daqiqa. PENALTI! Militaoning qo'pol xatosi va Kurtua raqibiga nisbatan qoidani buzdi.  

62-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzemadan dubl. Bu golda 90% ishni Fede Valverde qilib berdi.  

60-daqiqa. Gvidettining zarbasi qovushmadi va Kurtua to'pni egallab oldi. 

59-daqiqa. O'zgarishlar! Manu Garsiya va Pere Pons o'rnini Yon Gvidetti va Mamadu Ndiaye egallamoqda. 

56-daqiqa. GOOOOOOOL! Nacho oradagi farqni oshirmoqda.  

55-daqiqa. Alaba qanotdan oldinga o'tib, uzatgan to'pga Beyl etib kelishiga himoyachi imkon bermadi. 

53-daqiqa. Ogohlantirish! To'p uchun kurashda Garet Beyl keskinroq o'ynadi deb topildi.  

50-daqiqa. "Alaves" endi bor omadini hujumdan izlashga majbur.

48-daqiqa. GOOOOOL! Hujum chizig'idagi barcha ishtirok etgan hujum va Benzema "Qirollik klubi"ning mavsumdagi birinchi golini urdi. Azardan assist.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Qo'shib berilgan o'sha daqiqa faqatgina Azarning o'yin

BestMaster
15 Avgust 2021, 03:00
liga, benzemadan, dubl, real, madrid, safarda, alaves, ustidan, yirik, galabani, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads