Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Alaves" - "Real Madrid" 0:2 (Matnli translyaciya)

La Liga 1-turida "Real Madrid" safarda "Alaves"ga qarshi harakat qilmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH 

56-daqiqa. GOOOOOOOL! Nacho oradagi farqni oshirmoqda.  

55-daqiqa. Alaba qanotdan oldinga o'tib, uzatgan to'pga Beyl etib kelishiga himoyachi imkon bermadi. 

53-daqiqa. Ogohlantirish! To'p uchun kurashda Garet Beyl keskinroq o'ynadi deb topildi.  

50-daqiqa. "Alaves" endi bor omadini hujumdan izlashga majbur.

48-daqiqa. GOOOOOL! Hujum chizig'idagi barcha ishtirok etgan hujum va Benzema "Qirollik klubi"ning mavsumdagi birinchi golini urdi. Azardan assist.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Qo'shib berilgan o'sha daqiqa faqatgina Azarning o'yin qoidasini buzganiga etibor qaratish mumkin bo'ldi. Qolgan vaqt biror darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. Tanaffus, biroz dam olamiz.

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Jarima zarbasini David Alaba amalga oshirdi, uning urinishi kuchli, ammo ancha noaniq chiqdi. 

44-daqiqa. Valverdega nisbatan qo'pollik, hakamning hushtagi chalindi.  

42-daqiqa. Rioxa chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib bordi va jarima maydoniga yaqinlashib, zarba berdi... Biroz noaniq. 

41-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum Alabaning noaniq zarbasi bilan yakunlandi. 

38-daqiqa. "Alaves"ning javob hujumi va bahsli holat yuzaga keldi. "VAR"ga murojaat qilindi, lekin barchasi joyida to'p Vaskesning qo'liga tegmagan va penaltiga asos yo'q. 

37-daqiqa. Zarbani Garet Beyl amalga oshirdi, urinish aniq, lekin darvozabon ham o'rnida.  

35-daqiqa. Ogohlantirish! Manu Garsiya hakam tomonidan ogohlantirildi. Futbolchi baland uchgan to'pni bir harakatda to'xtatib ololmadi va Benzema uni olib, qochib ketmasligi uchun fol ishlatishga majbur bo'ldi.   

34-daqiqa. Kazemiro raqibini o'z "uslubida" kutib oldi.  

32-daqiqa. Alabadan yaxshi uzatma va Azar zarba berishga urinib ko'rdi.  

28-daqiqa. Har ikki jamoa ehtiyotkorlikni unutmagan holda hujum uchun imkon qidirmoqda.  

Qoida buzishlar bo'yicha ko'rsatkich 4:1. 

25-daqiqa. Alaba va mehmonlarning bir guruh futbolchilari bosimi oqibatida "Alaves" to'pni yo'qotdi.  

22-daqiqa. "Alaves"ning o'ng qanotdan rivojlangan hujumidan keyin berilgan zarba yo'liga Nacho to'g'anoq bo'ldi. 

21-daqiqa. Garet Beyl ham jarima maydoniga kirmay zarba berib ko'rdi. 

19-daqiqa. Benzema va Azar juftligi burchak zarbasi ishlay olmadi. 

17-daqiqa. Luka Modrichdan to'pni qabul qilib olgan Azar darvoza tomon zarba berdi, biroz noaniq.   

14-daqiqa. Hozircha "Alaves" to'pga ko'proq egalik qilishga urinmoqda va yomon o'yin ko'rsatmayapti.

11-daqiqa. "Real"ning o'ng qanotdan uyushtirmoqchi bo'lgan hujumi uzilib qoldi. 

Futbolchi o'rnidan turdi. 

8-daqiqa. Maydon markazida Xoselu (Alaves) yiqilib yotibdi.   

7-daqiqa. Eden Azarga nisbatan yangi mavsumdagi birinchi qo'pollik amalga oshirildi.  

6-daqiqa. O'yindagi birinchi xavfliroq vaziyat "Real" darvozasi oldida yuzaga keldi, kuchli zarbadan keyin Tibo to'pni ushlab oldi.    

3-daqiqa. Alaba bugun chap qanotda harakat qilmoqda.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

"Alaves" – "Real Madrid"

15 avgust, 01:00, «Mendisorrosa»

"Alaves" – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Duarte, Manu Garsiya, Pina, Pere Pons, Mendes, Rioxa.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Modrich, Kazemiro, Valverde, Vaskes, Benzema, Beyl, Azar.

Deportivo Alaves

LaLiga . 1-tur

15/08/2021, 01:00

2 : 0 2-bo'lim

Real Madrid

Karim Benzema - 48', Nacho Fernandez - 56'

Stadion: Estadio Mendizorroza, 3968 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45' 90' 35'  Manu Garcia48'  Karim Benzema48'  Eden Hazard53'  Gareth Bale56'  Nacho Fernandez56'  Luka Modric Match-senterda ochish

BestMaster
15 Avgust 2021, 02:15
live , liga, alaves, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads