Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi va Ramossiz qolgan La Liga. Ispaniya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumidan nimalarni kutishimiz mumkin?

Bugun Ispaniya La Ligasining 2021/22 yilgi mavsumiga start beriladi!

.
- Yuklab olish

LA LIGADA YANGI MAVSUMDA KIMLAR CHEMPIONLIK UCHUN KURASHADI?

Yangi mavsumda chempionlik uchun doimgidek "Real", "Barselona" va "Atletiko" jamoalari kurashadi. To'g'ri, "Sevilya" ham bor, ammo ularning oxirigacha titul uchun kurasha olishlariga ishonish qiyin.

To'g'ridan-to'g'ri chempionlik uchun kurash imkoniyatlariga kelsak, bu erda Kataloniya grandining imkoniyatlari nisbatan pastroq. Messining ketishi jamoani ancha kuchsizlantiradi. Bundan tashqari jamoaning moliyaviy muammolari ham katta va bu tezda hal bo'ladigan masala emas. Klub ayni damda Buskets, Alba va Pike kabi jamoa "qariya"lari bilan maoshlarni tushirish borasida oson bo'lmagan muzokaralarni o'tkazmoqda, agar ular bunga ko'nishmasa, kamida indinga bo'lib o'tadigan "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda Depay va Erik Garsiya kabi yangi o'yinchilarni ko'ra olmaymiz, aniqrog'i klub ularni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Bu shunchaki mavsum oldidagi muammo, hali yil davomida "Barselona"ni bunday muammolar tark etmaydi. Jamoa La Liganing 2021/22 yilgi mavsumini yutishi esa ancha qiyin masala.

"Real" esa Serxio Ramos va Rafael Varandan ayrilgan bo'lishiga qaramay, o'z tarkibini "Bavariya" sobiq himoyachisi David Alaba bilan kuchaytirib oldi. Avstriyalik futbolchi yangi mavsumda markaziy himoyada Eder Militao bilan tandem hosil qilishi mumkin. Qolgan chiziqlar o'sha-o'sha, Anchelotti jamoasiga ijaradan Garet Beyl, Martin Edegor, Xesus Valexo va Dani Sebalos kelib qo'shildi. "Qirollik klubi"ning chempionlik uchun imkoniyatlari yomon emas.

"Atletiko" esa "Barselona" va "Real"dek jamoalari bor La Ligani ketma-ket ikki bor yutishi mo'jizadek tuyulishi mumkin, ammo buni hozir amalga oshirish mumkin. "Matraschilar"da pul ko'p emas, ammo moliyaviy muammolar ham deyarli yo'q, sababi jamoada katta maosh oladigan o'yinchilar kam. Diego Simeone 35 million evro evaziga "Udineze" tarkibidagi vatandoshi Rodrigo De Paulni Madridga olib keldi. SHuningdek, "Fluminense"dan erkin agent maqomida 20 yoshli Markus Paulo olib kelindi. Klub shuningdek markaziy hujumchini transfer qilishga qattiq ahd qilgan, "Atletiko" yaqinda "Fiorentina"ga Dushan Vlaxovichning transferi bo'yicha 50 mln evrolik taklif yubordi. Klubni ushbu transfer oynasida asosiy o'yinchilardan hech kim tark etmadi, garchi Saulning ketishi borasida ko'plab mish-mishlar tarqalgan bo'lsada. Bosh murabbiy Diego Simeone esa mavsum oldidan shartnomasini uzaytirdi, unda rahbariyat, futbolchilar va muxlislar tomonidan katta qo'llab-quvvatlanish bor. "Atletiko" shularni hisobga olsa, yangi mavsumda ham chempionat kubogini boshi uzra baland ko'tarishi mumkin.

"Sevilya" ham ushbu transfer oynasida tarkib o'zagini saqlab qola oldi. Faqatgina grand klublar tomonidan talabga ega bo'layotgan Jyul Kunde boshqa jamoaga o'tishi mumkin va sevilyaliklar uning transferidan kamida 60-70 million evro ishlab olishadi. O'tgan mavsumni "Eybar"da ijarada o'tkazgan yosh va iqtidorli Brayan Xil "Tottenxem"ga yo'l oldi, "shporlar"ning uning kelishi uchun Erik Lamela va 25 million evrodan voz kechishdi. Andalusiya jamoasining to'rtinchi o'rinni olishini taxmin qilish mumkin.

ISPANIYA KLUBLARIDAGI OG'IR MOLIYAVIY HOLAT

Og'ir moliyaviy holat sabab yangi futbolchilarning ro'yxatdan o'tkaza olmaydigan faqat "Barselona" emas. Ular 15talab (!). La Ligada ishtirok etayotgan "Alaves", "Valensiya", "Betis", "Levante" va "Selta"da ham shunday muammo. Ispaniya klublarining APL klublaridagi kabi chet ellik boy rahbarlari yo'q, ammo "Vilyarreal" va "Sevilya" kabi byudjeti katta bo'lmagan klublar ham Evropa Ligasining so'nggi ikki yilida "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Inter" jamoalari mag'lub etdi va Evropa Ligasini qo'lga kiritdi, bu esa futbolda faqat pul hammasini hal qila olmasligini ko'rsatdi. Yaqinda o'tkazilgan UEFA Superkubogida ham o'tgan yili Ispaniyada 7-o'rinni qo'lga kiritgan kamtargina "Vilyarreal" ham CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi ("CHelsi") bilan o'yinda penaltilar seriyasidagina imkoniyatni boy bergani ham bunga isbot bo'la oladi. 

QOLGAN JAMOALARDA AHVOL QANDAY?

"Atletik": Marselino o'tgan mavsumning ikkinchi qismida "Atletik"ga keldiyu, basklar ajoyib o'yinlar namoyish etishni boshlashdi. Bilbaodagi "San Mames" nomli ajoyib stadionga ega bu klub o'tgan mavsumning so'nggida ko'rsatgan o'yinini namoyish etsa, ulardan ko'p narsa kutish xato bo'lmaydi.

"Betis": Manuel Pellegrini jamoasi ham anoyilardan emas. Garchi o'tgan mavsumni bir tekis o'tkaza olmagan bo'lsa ham, "Betis"da yaxshi futbolchilardan iborat jamoa yig'ilgan. Yaqinda mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi "Roma" (Eldor SHomurodov gol urgan o'yin)ga qarshi bahsda ham sevilyaliklar rimliklarga umuman imkoniyat qoldirishmadi. Jamoa mavsumlar oralig'ida Nabil Fekir, Borxa Iglesias, Uilyam Karvalyu va Serxio Kanales kabi etakchilarini saqlab qola oldi.

"Real Sosedad": Ushbu jamoa uchun o'tgan mavsum juda ham muvaffaqiyatli yakunlandi desak bo'ladi. Evrokubokda katta natijaga erisha olmagan bo'lsa ham, san-sebastyanliklar La Ligada 5-o'rinni qo'lga kiritishdi. Jamoada yuqori darajadagi o'yinchilar etarli: Aser Ilyarramendi, Mikel Merino, Mikel Oyarsabal, Adnan Yanuzay, Aleksandr Isak, Nacho Monreal va David Silva. Tarkibga yaqindagina avstraliyalik darvozabon Mettyu Rayan ham kelib qo'shildi.

"Valensiya": "Ko'rshapalaklar"dan ushbu mavsum ham ijobiy natijalar kutish noo'ringa o'xshamoqda. Piter Lim "sharofati" bilan jamoa moliyaviy muammolar qurshovida qolib ketgan. Jamoani esa o'tgan mavsumda "Xetafe"da ishlagan Xose Bordalas boshqarmoqda va yangi mavsum oldidan yangi futbolchilar xarid qilinmadi. Mutaxassis esa jamoaga o'z o'yin uslubini singdirishi uchun vaqt kerak.

"Vilyarreal". Muxlislarning Unai Emeri jamoasidan amaldagi Evropa Ligasi g'olibi sifatida yangi mavsumdan umidlari katta. Jamoa etakchilaridan biri va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Jerar Moreno klub bilan shartnomasi 2027 (!) yilgacha uzaytirdi va deyarli faoliyatining so'nggiga qadar klubda qolishi malum bo'ldi. Yosh Pau Torresga esa davogarlar etarlicha, Evropa top-klublari tez-tez ushbu futbolchiga qiziqish bildirishmoqda. Umuman olganda, "sariq suvosti kemas"da moliyaviy holat ham, ichki muhit ham o'z o'rnida. Emeri jamoasi ham yuqori o'rinlar uchun kurashadigan klubga aylanib bormoqda.

La Liga klublarida yozgi transfer oynasida kimlar keldi-yu, kimlar ketdi?

"Atletiko"

Kelganlar: Rodrigo De Paul, Markos Paulo, Francisko Montero, Santyago Arias, Manu Sanches, Ivan SHaponich

Ketganlar: Vitolo, Lukas Torreyra, Mussa Dembele

"Barselona:

Kelganlar: Emerson, Erik Garsiya, Serxio Aguero, Memfis Depay

Ketganlar: Junior Firpo, Jan-Kler Todibo, Karles Alenya, Lionel Messi, Mateus Fernandes, Xuan Miranda, Francisko Trinkao

"Real": 

Kelganlar: David Alaba, Xesus Valexo, Dani Sebalos, Garet Beyl, Luka Yovich

Ketganlar: Braim Dias, Serxio Ramos, Takefusa Kubo

"Sevilya"

Kelganlar: Erik Lamela, Marko Dmitrovich, Ussama Idrissi, Roni Lopes

Ketganlar: Brayan Xil, Serxi Gomes, Franko Vaskes, Tomas Vaclik, Serxio Eskudero, Aleish Vidal

"Real Sosedad"

Kelganlar: Mettyu Rayan, Villian Joze

Ketganlar: Migel Anxel Moyya

"Vilyarreal"

Kelganlar: Xuan Foyt, Bulaye Dia, Aissa Mandi

Ketganlar: Funes Mori, Karlos Bakka

"Betis"

Kelganlar: Xuan Miranda, Yusuf Sabali, Rui Silva

Ketganlar: Emerson

"Atletik"

Ushbu jamoa tarkibida katta o'zgarish bo'lmadi

"Granada"

Kelganlar: Karlos Bakka

Ketganlar: Roberto Soldado, Rui Silva, Xesus Valexo, Yanxel Errera, Kenedi

"Selta"

Kelganlar: Xavi Galan, Franko CHervi

Ketganlar: Jeyson Murilo

"Kadis"

Kelganlar: Viktor CHust

Ketganlar: Ivan SHaponich

"Espanol"

Kelganlar: Serxi Gomes

"Osasuna"

Kelganlar: Ante Budimir

Ketganlar: Manu Sanches

"Levante"

Kelganlar: Roberto Soldado

"Valensiya"

Ketganlar: Kevin Gameyro, Elyakim Mangalya, Patrik Kutron

"Xetafe": 

Kelganlar: Karles Alenya, Vitolo

Ketganlar: Takefusa Kubo

"Alaves":

Kelganlar: Toni Moyya, Fakundo Pellistri

"Elche"

Ushbu jamoa tarkibida katta o'zgarish bo'lmadi

"Malorka"

Kelganlar: Takefusa Kubo

"Rayo Valekano"

Ushbu jamoa tarkibida katta o'zgarish bo'lmadi

Bugun Toshkent vaqti bilan boshlanadigan "Valensiya" - "Xetafe" o'yinini ko'ring va ispan futbolining jozibasidan bahra oling! 

Valencia

LaLiga . 1-tur

14/08/2021, 00:00

- : - Boshlanmadi

Getafe

Stadion: Estadio Mestalla

Bosh hakam: Jesus Gil

Match-senterda ochish

BestMaster
13 Avgust 2021, 16:15
messi, ramossiz, qolgan, liga, ispaniya, chempionatining, 2021/22, yilgi, mavsumidan, nimalarni, kutishimiz, mumkin?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads