Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Feyr-pley ular uchun emas! Qatar sheyxlari moliyalashtirayotgan "boyvachcha" klub infratuzilmasi haqida

Frantsiyaning Parij shahri klubi "PSJ" shunday bir klubki, ular har qanday muammoni oson hal qila oladi.

.
- Yuklab olish

Frantsiyaning Parij shahri klubi "PSJ" shunday bir klubki, ular har qanday muammoni oson hal qila oladi. Ancha yillardan buyon Evropa Chempionlar Ligasi uchun kurashib, unga etisha olmayotgan parijliklar, hamon o'z yurishini davom ettirmoqda. Qatar sheyxlari bu klub uchun umuman pulni ayamaydi. Bu loyiha yaqin vaqtlar ichida yakuniga etadi deb o'ylar edim. Hech bo'lmasa, Qatardagi Jahon chempionatidan so'ng. Ayni vaqtda fikrim o'zgarib bormoqda. Ushbu klub hali beri o'z loyihasidan chekinmasa kerak. Bu yili Messi olib kelingani va kelasi yilda Ronalduni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligini inobatga olsak, sheyxlar bu klubni moliyalashtirishni hali ancha davom ettiradi. Keling, ushbu klub haqida bilganlarimni siz bilan bo'lishan.

"Yangi boy"

1970 yilning 12 aprelida tashkil topgan ushbu klub ayni damda Frantsiyaning va Evropaning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Avval boshidan shunday bo'lganmi? Yo'q. Tashkil topganidan to 2012 yilga qadar ular atigi 2 marta Liga 1 chempioni bo'la olgan (1985/86, 1993/94). Barchasi 2011 yildan boshlandi. 2011 yilda klubni Qatar investitsiya idorasini sotib oladi. Tashkilot darhol "PSJ"ga sarmoya kiritishni boshlaydi. Pastore, Sissoko, Gameyro, Menes, Lugano, Maksvell, Aleks kabi futbolchilar jamoada paydo bo'ldi va Karlo Anchelotti murabbiy bosh murabbiy sifatida olib kelindi. Bu tezda o'z effektini berdi va bir yildan so'ng jamoa Frantsiya chempioniga aylandi. Aslida, investitsiya o'zi nima? Investitsiya - iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o'z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiy iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish. Aniqrog' qilib aytganda, kelajakda katta sarmoya topish maqsadidda pul tikish. Mazkur klub yaqin yillar ichida o'ta katta transferlarni amalga oshirdi. Zamonamizning eng nomdor futbolchilaridan biri Zlatan Ibragimovich va uning "Milan"dagi jamoadoshi Tiagu Silva 2012 yilda Parij klubiga keldi. Bir yildan so'ng "Napoli"dagi o'yinlari bilan ko'zga tashlangan Kavani ham ushbu klub safiga o'tdi. Shuningdek, ayni damda mazkur klub safida to'p tepayotgan Veratti, Markinos kabi futbolchilar ham o'sha paytlarda klubga kelib qo'shilgan. Shuningdek, Di Mariyani ham unutmaslik kerak. U 2015 yil ushbu klub futbolchisiga aylangan va ayni vaqtga qadar jamoaning eng muxim futbolchilaridan biri bo'lib turibdi. Xullas, Parij klubi asta-sekinlik va katta pullar bilan Evropani zabt etishga kirishdi.

"Yangi boy"ning yangi davri

2017 yil "PSJ" uchun yangi davrning boshlanishi edi. Bungacha ham klubda kuchli futbolchilar o'ynadi, biroq buyog'iga Qatar sheyxlari "quturib" makro transferlarni amalga oshirib tashladi. Neymar va Mbappe uchun ular 400 million evro pul sarfladi, ammo bu tezda natija bermadi. O'zgargan va anchagina kuchaygan "PSJ" nimchorak finalning o'zidayoq "Real"dan mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi. Keyingi mavsum esa xuddi shu bosqichda "Manchester Yunayted" klubi ularni mag'lub etdi. 2019-2020 yilgi mavsum "PSJ" "ko'hna qit'a" nufuzli turnirida ajoyib o'yin o'tkazdi va finalgacha etib keldi, biroq "Bavariya" chempionlikni ulardan ilib ketdi. O'tgan mavsum Chempionlar Ligasida klub yarim finalgacha etib bordi, xolos. Shunday qilib, katta pullar, futbolchilarga to'lanayotgan katta maosh foyda bermayapti. Buyog'iga klub nima qiladi? Chekinadimi? Aslo yo'q.

Mukammlar jamoa

Parij klubida Neymar, Mbappe, Di Mariya kabi nomlar hujumda to'p sursada, tarkib mukammlar emas edi. Hujum qolgan chiziqlardan yaqqol ajralib qoldi va Unai Emeri va Tomas Tuxel bu klubni u darajada maromida boshqara olmadi. Bu mavsum bu muammolarning barchasiga barham berildi. Donnaruma darvoza chizig'ini, Xakimi mudofaa chizig'ini va Veynaldum yarimhimoyani kuchaytirish maqsadida olib kelindi. So'ngra klub muxlislari uchun Ramos haqiqiy sovg'a bo'ldi. "Real Madrid" himoyasida uzoq yillar to'p surib, katta natijalar qayd etgan jangchi Parij klubi mudofaasini kuchaytirishi aniq. Shu bilan klub to'xtamadi. Messi "Barselona" bilan shartnomani uzaytira olmadi! Axir, u endi qaysi klubga yo'l oladi. "PSJ" yaxshi variant. "Barselona" Messi bilan shartnoma imzolashiga moliyaviy feyr-pley halaqit berdi. Parij klubiga xatto bu faktorlar ham xalaqit bermaydi. Nasser Al-Xelaifi UEFAga o'z sadoqatini Superligaga qo'shilmay ko'rsatib qo'ydi. UEFA ham ayni damda Xelaifiga o'z xurmatini izhor etayotgandir, balki. Qonunlar ham bu klubga xalaqit bermaydi xatto. Shunday qilib, Leo "PSJ" futbolchisi va u yangi klubida 35 million evro maosh oladi. Endi bu klub Evropada tarkib jihatdan tengsiz va mukammal. Biz yoshligimizda turli xil kompyuter va telefondagi futbol o'yinlarida kuchli futbolchilardan jamoa tuzar edik. Ayni damda bu kabi jamoa tuzish shart emas, menimcha. "PSJ"ni tanlang va u erda "tanlangan" yulduzlar mavjud.

Moliyaviy gigant

Parij klubi ayni damda o'z futbolchilari uchun eng ko'p maosh to'lovchi klub hisoblanadi. Messi va Neymarning o'zi ayni damda bu klubdan 100 million evroga yaqin pul oladi. Jami bu klub o'z futbolchilariga 572 million evroga yaqin pul sarflaydi. Xa, haqiqatdan ham ushbu klub iqtisodiy tomonlama yaxshigina ko'makga ega. "Qatar Sports Investment" raxbari, "PSJ" klubi prezidenti, "Being Sports" televizion tarmog'i raisi Nasser Al-Xelaifi o'zining marketingdagi oqilona yurishlari bilan ushbu klub safida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Qatar sheyxlari esa bu klubdan o'z pullarini ayamayapti. Bu futbol uchun ziyonmi? Yoki foydami? Bu borada fikr bildirish niyatida emasman. Shunchaki, yangi mavsumda yulduzlarga to'la "PSJ"ni o'yinlarini kuzatish yoqimli. Shuncha transferlar va say-harakatlarning foyda bergani yoki bermagani borasida xulosani esa yangi mavsum yakunida aytsa bo'ladi. Albatta, natija taraflama. Pul taraflama klub ham, bu jamoaga pul tikayotgan homiylar ham mo'may daromad ishlab olayotgani aniq.

Katta mablag' va marketing masalalari ayni damda futbolning bir qismi hisoblanadi. Shunday ekan, katta pul sarf qilib, futbolchi sotib olayotgan, o'z o'yinchilari uchun katta maosh to'layotgan klublarni ayblash to'g'ri emas. Pulsiz futbol o'ladi. Bu ayni haqiqat.

 

                                                            Xudayqulov KARIM maqolasi

BestMaster
12 Avgust 2021, 18:00
feyr-pley, ular, uchun, emas!, qatar, sheyxlari, moliyalashtirayotgan, boyvachcha, klub, infratuzilmasi, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads