Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peresning qo'ng'irog'i sabab "Barselona" Messidan voz kechgan

Aslida avvalroq Joan Laporta Xaver Tebas bilan 2,7 milliard evro evaziga kelishuv tuzishni, "Barselona" esa undan 270 million evro olishi borasida kelishmoqchi bo'lgan.

.
- Yuklab olish

Biroq, ABC"ning xabariga ko'ra, aynan Florentino Peres kataloniyaliklar bosh direktori Ferran Reverter bilan aloqaga chiqqan va unga hamda Laportaga bu kelishuvga rozi bo'lmaslikni maslahat bergan.

Natijada Reverter Laportani Tebas rejasini rad etishga ko'ndirgan va buning oqibatida "Barsa" Leo Messi bilan shartnomani uzaytira olmasligini ham ular yaxshi tushungan.

Eslatib o'tamiz, agarda "Barselona" CVC va La Liga kelishuviga "ha" deganida, klub Evropa Superligasini tark etishiga to'g'ri kelardi. Mish-mishlarga qaraganda ko'plab top-klublar loyihadan chiqqanini elon qilgan bo'lsada, qonunan jamoalar hamon Superliga azosi va klublarga kattagina jarima xavf solmoqda.

Agarda CVC bilan kelishuv amalga oshganida, malum miqdorda pulga ega bo'lgan "Barselona" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin bo'lardi, jumladan Messini ham. Biroq bu loyiha uzoq kelajakda klubning moliyaviy axvoliga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin edi. 

BestMaster
9 Avgust 2021, 14:00
florentino, peresning, qongirogi, sabab, barselona, messidan, kechgan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads