Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xames Rodriges: "Men Messining "Yuventus"ga o'tishini va Ronaldu bilan birga o'ynashini istardim"

Xames Rodriges o'zining Twitch saytiga bergan intervyusida Messining "Barselona"dan ketishi haqida gapirib, argentinalik futbolchini qaysi klubda ko'rishni xohlashi haqidagi kutilmagan istagi bilan bo'lishdi.

.
- Yuklab olish

Xames Rodriges o'zining Twitch saytiga bergan intervyusida Messining "Barselona"dan ketishi haqida gapirib, argentinalik futbolchini qaysi klubda ko'rishni xohlashi haqidagi kutilmagan istagi bilan bo'lishdi.

"Men Messining "Yuventus"ga o'tishini va Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashini istardim.
Bu ikki afsonani birgalikda ko'rish ko'plab futbol muxlislarining orzusi.
Messi yiliga kamida 30 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshiradi. Endi "Barselona" bu yo'qotishning o'rnini to'ldiradigan futbolchini topishi kerak. Muammo ularni topishdir.

Futbol juda o'zgarib ketdi. Messining "Barselona"dan ketishi buni tasdiqlaydi. Messining "Barsa"dan ketishini yoki Serxio Ramosning "Real Madrid"dan ketishini kim o'ylabdi? Ular bilan El-klassiko boshqacha bo'ladi ... Kameralar Messi va Krishtianuga yo'naltirilganda, hamma futbol muxlisida o'zgacha xayajon bo'lardi. Bu yog'iga ham hamma Klassikoni tomosha qilishadi, lekin avvalgi kabi hayajon bo'lmaydi.

Agar Messi "PSJ"ga ketsa, jamoa barcha unvonlarni qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi. Menimcha, Angliyada bunday pulni to'lay olmaydi, faqat "Man Siti"dan tashqari", deydi kolumbiyalik futbolchi.

BestMaster
7 Avgust 2021, 15:30
xames, rodriges, messining, yuventusga, otishini, ronaldu, bilan, birga, oynashini, istardim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads