Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu: «Yana bir marta UEFAning eng yaxshi futbolchisiga aylanganimdan xursandman»

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sovrinni qabul qilib olganidan keyin portugaliyalik futbolchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Har yili mening maqsad va vazifalarim o'zgarmaydi. Ushbu mavsumda ham "Real" va Portugaliya terma jamoasi bilan maksimal sovrinlarni qo'lga kiritishni ko'zlayapman.

Ushbu marosimda ishtirok etayotganimdan va menga yana bir marta UEFAning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirilganidan faxrlanaman. Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman va ularni ham tabriklayman. Terma jamoaga kelganimda yanada yaxshiroq ishlash ishtiyoqi bilan to'lib-toshaman.

"Real" muxlislari va menga ushbu sovrinni qo'lga kiritishimda yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Rahmat, men baxtliman", – dedi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu uchinchi marta ushbu nominatsiyada g'oliblikni qo'lga kiritdi.

BestMaster
25 Avgust 2017, 10:00
ronaldu, «yana, marta, uefaning, yaxshi, futbolchisiga, aylanganimdan, xursandman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads