Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid" raqiblari bilan tanishing

"Borussiya"

Dortmundning "Borussiya" klubi o'tgan mavsumda "Real Madrid"ga yutqazmagan kam sonli klublardan biri hisoblanadi. O'tgan mavsumda dortmundliklar guruh bosqichida "Real" bilan ikkala o'yinda ham 2:2 hisobida durang qayd etishga muvoffaq bo'lib guruhda 1-o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olishgan. Endilikda bu mavsumda ham ikki jamoa bir-biri bilan guruh bosqichida to'qnash kelishdi. Jamoa yulduzlardan biri Usman Dembele endilikda "Dortmund" sharafini himoya qilmaslik imkoniyatida juda katta va u yaqin soatlar ichida "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi. Ammo tarkibda ajoyib hujumchi Per-Emerik Obameyang shuningdek, jarohatidan qutilgan Mario Gyotze va Marko Royslar ham bor. Qolaversa mavsumni ajoyib tarzda boshlagan Pulishich ham asosiy tarkib uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. "Arilar"da bu mavsumda eng katta o'zgarish sobiq "Ayaks" bosh murabbiyi Piter Boshning kelishi bo'ldi. Bilasiz, Bosh o'tgan mavsum eng yosh jamoa deb tan olingan "Ayaks"ni Yevropa Ligasi finaliga olib chiqgan edi. Bu ko'rsatgichdan so'ng Bosh "Borussiya"da Tomas Tuxel o'rniga taklif qilindi.

Tahminiy tarkib:

Asosiy futbolchi: Per-Emerik Obameyang


"Tottenxem"

"Uembli" chempionlarni qabul qilish sharafiga muyassar bo'ldi. Pachettinoning "Tottenxem"i so'nggi yillarda eng quvnoq futbol ko'rsatayotgan jamoalardan biri. So'nggi ikki mavsumda beri "shpor"lar premyer-liga bosh sovrinidan bir pog'ona pastda qolishmoqda. Premyer-ligada zafar quchishni maqsad qilgan klub xattoki Chempionlar Ligasidan ham voz kechishga majbur bo'lgan edi. Sababi bu jamoada zahira boshqa grand klublar singari kuchli emas. Dele Alli, Son va Erikson uchligi so'nggi yillarda hujumda qoyilmaqom trioni tashkil etib kelayapdi.

Tahminiy tarkib:

Asosiy futbolchi: Xarry Keyn Angliyaning so'nggi yillardagi eng kuchli hujumchisi. Bu hujumchida hamma narsa yetarli va hujumchiga xos fazilatlar ham bisyor. Faqat Keyn ko'p gol urishi uchun kayfiyati joyida bo'lsa kifoya. Keyn so'nggi 2 mavsumdan beri APLda "pichichi" sovrinini hech kimga bermay kelayapdi.


"Apoel"

O'z guruhida Kipr klubi eng autsayder jamoa sifatida talqin etilmoqda. Ammo ular o'z maydonlarida ancha kuchli o'yin namoyish etadi va so'nggi yillarda bu jamoani ham Chempionlar Ligasida tez-tez uchratmoqdamiz. Asosan jamoadagi futbolchilarning yoshi 30 dan oshgan tajribali futbolchilardan iborat.

Tahminiy tarkib:

Asosiy futbolchi: De Kamarko kiprlik hujumchi 34 yoshni qarshiladi va shunday bo'lsa tarkibda asosiy futbolchi bo'lib turubdi. Qariya hujumchi Chempionlar Ligasi pley-off roundida 3 ta gol kiritishga muvoffaq bo'ldi.

La Liga 2-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring

BestMaster
25 Avgust 2017, 08:50
madrid, raqiblari, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Grezmann77  
RealClub.cf
25 Avgust 2017, 10:23
 gaybulla  
Худо хохласа гурухдан 100 % натижа билан чикади
25 Avgust 2017, 15:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads