Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Metallurg” PFK qoshida “Real Madrid” akademiyasi faoliyatini boshlaydi

Roppa rosa uch yil ilgari Bekobodning Metallurg PFK klubi qoshidagi futbol maktabini akademiyaga aylantirish ishlariga kirishilgandi.

.
- Yuklab olish

Bekobod shahar hokimligining qaroriga binoan Sirdaryo qirg'og'i erlari atrofidan 5 gektar er akademiya qurilishi uchun ajratib berildi. 2019 – 2020 yillar oralig'ida O'zbekiston metallurgiya kombinatining katta ko'magi bilan “Metallurg” PFK klubi muassisi qurilish ishlarini jadal boshlab yuborgan edi. Qisqa vaqt ichida suniy qoplamali futbol maydoni hamda futbolchilar uchun kiyinish va yuvinish xonalari qurilib, futbolchilarga foydalanish uchun topshirilgandi. Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun “Metallurg” markaziy stadioni tribunalari tagida yotoqxona, ovqatlanish bloklari tashkil etilgandi. Klub tomonidan hamma o'quvchilar, kerakli barcha futbol anjomlari, jihozlar, formalar va yana boshqa zarur narsalar bilan butunlay taminlab kelinadi. Joriy yil esa suniy qoplamali maydonning yonida barcha zamonaviy standartlarga javob beruvchi tabiiy maydon ham qurib bitkazildi.SHunday qilib, Bekobod klubida yosh o'rinbosarlar bilan ishlash jarayoni Real Madrid klubining Markaziy Osiyodagi xamkori, mashhur “El Golazo” kompaniyasini befarq qoldirmadi. Ushbu jarayon ularni qiziqtirib qoldi va shu yilning bahorida “ Real Madrid Foundation” bilan hamkorlikda “Metallurg” PFK akademiyasi bazasida “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” nomli futbol akademiyasini tashkil etish taklifini o'rtaga tashladi. Bu ishlarga yana muassis – O'zbekiston metallurgiya kombinati bosh qosh bo'ldi.Tasischimizning sayi harakatlari bilan “Metallurg” PFK bazasi yonidagi muqaddam o'quv dargohi bo'lgan inshoot “ El Golazo Academy Powered by Real Madrid ” akademiyasi uchun olib berildi. SHunday qilib, biroz tamirtalab holga kelib qolgan ushbu binoni futbol infratuzilmasiga moslashtirgan holda rekonsturkciya qilish ishlari ham boshlab yuborildi. Ushbu rekonstrukciya ishlariga O'zbekiston futbol assotsaciyasi, Toshkent viloyati futbol assotsaciyasi, xalq talimi respublika va viloyat boshqarmalaridan ishchi guruhlari kelishib, kerakli maslahatlarni berishdi.Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Bekobod shahriga tashrif buyurib, u erda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Davron Abdulpattaxovich akademiya tezroq o'z ish faoliayatini boshlashi uchun barcha zarur yordamlar ko'rsatilishini takidlab, bo'lg'usi akademiya faoliyatiga omad tiladi.Hozirda “ El Golazo Academy Powered by Real Madrid ” futbol akademiyasi yoshlarga futbol sir asrorlarini mukammal o'rgatish maqsadida istedodli yoshlar tanlovini o'tkazmoqda.Akademiyadagi bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. O'quv dargohi, mashg'ulot o'tkaziluvchi maydonlar, jismoniy tayyorgarlikni tiklash markazi, tibbiyot markazi, kiyinish, yuvinish xonalari, basseyn, yotoqxonani barpo etish ishlari rejaga binoan olib borilmoqda.

BestMaster
31 Iyul 2021, 11:15
“metallurg”, qoshida, “real, madrid”, akademiyasi, faoliyatini, boshlaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads