Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barsa" va "Real" davri tugadimi? Ayni damda ulardan qaysi klublar kuchliroq?

Yaqin vaqtlargacha Evropaning eng kuchli ikki jamoasi sifatida "Barselona" va "Real Madrid"ni ta'kidlab kelar edik.

.
- Yuklab olish

Yaqin vaqtlargacha Evropaning eng kuchli ikki jamoasi sifatida "Barselona" va "Real Madrid"ni ta'kidlab kelar edik. Bir chempionatning ikki grand klubi va yulduzlarga to'la tarkiblar. Ular qaysi jamoaga qarshi maydonda harakat qilmasin favorit hisloblanardi. Bir-biriga qarshi maydonga tushishganda esa butun dunyo ikkiga bo'linar edi. Bu jamoalarda hamon yulduz futbolchilar bor va printsipiallik hali ham yuqori darajada, biroq ular endi Evropaning eng kuchli klublari emas. Xo'sh, ulardan qaysi jamoalar kuchliroq? Shunga to'xtalib o'tamiz.

"Manchester Siti"

Gvardiola "shaharliklar" murabbiyi bo'lganidan beri klubda tizim butunlay o'zgardi. Ispaniyalik mutaxassis har doim rahbariyatga o'z talablarini o'tkazib kelgan va o'zi uchun qulay sharoit yaratib oladi. Har holda, bunga qodir bo'lmagan klublarda shu paytgacha ishlamagan. Uning jamoasini biz qaysi kriteriyalar bo'yicha ikki ispan gigantidan kuchliroq deya olamiz? Avvalombor, bu jamoada ikkita raqobatbardosh tarkib bor. Shuningdek, jamoa ko'plab jamoalardan farqli o'laroq ular pandemiyadan katta moliyaviy yo'qotishlarsiz chiqa oldi. Mazkur klubda hammasi joyida. Garchi, EChLda muvaffaqiyatsizliklar bo'lib tursa-da, ular ko'hna qit'ada eng kuchlilar qatorida.

"Bavariya"

Evropada uzoq yillardan buyon o'z darajasini saqlab kelayotgan klublardan biri aynan "Bavariya" hisoblanadi. "Real" va "Barsa"ning biroz "cho'kishi" fonida ularni ayni vaqtda Evropadaning eng kuchli 3 jamoasidan biri deb hisoblasak bo'ladi. Myunxen klubi kki yil avvalgi EChL g'olibi va Bundesligani deyarli o'ziniki qilib olgan. Tarkib ideal va rahbariyat ham klub uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga qodir. Shunday ekan, ularni biz "Barselona" va "Real Madrid"dan ayni dam kuchli deya olamiz.

"PSJ"

Tarkibida Neymar, Mbappe kabi katta yulduzlar bor jamoani biz uzoq vaqtdan buyon Chempionlar Ligasida favorit sifatida ko'rayotgan edik. Ular bu turnirda bir bora finalda va o'tgan mavsum final bo'sag'asida mag'lub bo'lishdi. Shunday bo'lsada, jamoa hamon o'sishni davom ettirmoqda. Donnaruma, Ramos, Veynaldumni o'z safiga qo'shib olgan Parij klubi, endilikda e'tiborini Pogbaga qaratgan. Yaqin 2-3 mavsumda ular ispan grandlaridan ko'ra, ancha yorqin o'yin ko'rsatmoqda va bu natijalarda ham o'z aksini topmoqda. Menimcha, keyingi mavsumlarda ham parijliklar ko'p ishlar qila oladi. Balki, uzoq kutilgan chempionlik yaqindir. Har holda ularda bor tarkib shunchaki dahshatli ko'rinishga ega.

"Barselona" va "Real Madrid"

Men har mavsum avvalida bu klublarda katta o'zgarishlar bo'lishini kutaman. "Ko'k-anorranglilar" bu borada ilk qadamlarni tashladi, biroq baribir klub moliyaviy muammoalardan qutula olmayapti. Bunday sharoitda tekin shartnomalar bo'yicha yaxshi yurish qildi, biroq kamchiliklarni bartaraf etish uchun ayrim katta transferlar zarur. Buing uchun esa hozirda klubda mablag' yo'q. "Qirollik klubi"da esa vaziyat butunlay tushunarsiz. Ko'plab etakchilar klubni tark etmoqda va ularni o'rnini bosa oladigan yulduzlar olib kelinmayapti. Mbappening Madrid klubiga o'tishi haqida xabarlar doim yangraydi, biroq hamon bu amalga oshmadi. Hujumdagi "strayker"ini yo'qotgan "qaymoqranglilar", endi himoya ustunlaridan ayrildi. Bilmadim, bu "Real" kelgusi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ymoqda.

O'tmishi shonli bu ikki klub, kelajakda yana shu darajani tiklay olar, biroq ayni vaqtda ulardan kuchli jamoalar etarlicha topiladi.

 

                                                           Xudayqulov KARIM maqolasi

BestMaster
30 Iyul 2021, 16:00
barsa, real, davri, tugadimi?, ayni, damda, ulardan, qaysi, klublar, kuchliroq?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads