Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema yana terma jamoadan chetda qoldi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didier Desham Fransiya terma jamoasining FIFA kunlarida maydonga tushadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatdan "Real Madrid" himoyachisi Rafael Varan joy oldi. Afsuski bu safar ham bu ro'yxatdan Karim Mustafo Benzemani chiroq yoqib ham topa olmaysiz. Shuningdek, "Madrid"ning yangi futbolchisi Teo Ernandez ham hozircha terma jamoaga chaqirilmadi. Shuningdek, jarohati sabab Usman Dembele, murabbiy qaroriga ko'ra Antonio Marsiallar ham tarkibdan tushib qoldi.

Darvozabonlar: Alfons Areola ("PSG"), Stiv Mandanda ("Marsel"), Hugo Lloris ("Tottenxem", Angliya)

Himoyachilar: Lukas Dinn, Samuel Umtiti (ikkalasi - "Barselona", Ispanniya), Christoff Jallet ("Lion"), Presnel Kimpembe, Leyvin Kurzava (ikkalasi - "PSJ"), Lauran Koselni ("Arsenal", Angliya), Djibril Sidibe ("Monako"), Rafael Varan ("Real Madrid", Ispaniya).

Yarimhimoyachilar: N'Golo Kante ("Chelsi", Angliya), Bles Matyuidi ("Yuventus", Italiya), Pol Pogba ("Manchester United", Angliya), Adrien Rabio ("PSJ"), Toma Lemar ("Monako"), Korentin Tolisso ("Bavariya", Germaniya), Florian Toven ("Marsel"), Nabil Fekir ("Lion").

Hujumchilar: Olive Jiru, Aleksandr Lakazett ("Arsenal", Angliya), Antuan Grizmann ("Atletiko Madrid", Ispaniya), Kilian Mbappe ("Monako"), Kingsli Koman ("Bavariya", Germaniya).

Ma'lumot uchun, Fransiya terma jamoasi 31-avgust kuni Gollandiya va 3-sentyabr kuni Lyuksemburgga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

BestMaster
24 Avgust 2017, 18:15
benzema, yana, terma, jamoadan, chetda, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads