Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Serxio Ramosning hayot qoidalari

O'limga tahdid, Messini eng zo'ri deb tan olishi, Pike bilan munosabati, PSJdagi maqsadi va boshqa qiziqarli fikrlar o'rin olgan.

.
- Yuklab olish

Yaqinda uzoq yillik faoliyatidan so'ng ispaniyalik himoyachi Madridning "Real" klubi bilan xayrlashdi. Futbolchi Franciyaning PSJ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchining turli yillarda bildirgan sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

Dovyuraklik haqida

"Dunyo jasur odamlarga bo'ysunadi. Agar harakat qilmasang, hech narsa ololmaysan. Agar tavakkal qilsang, bor-budingdan ayrilishing yoki g'alaba qozonishing mumkin. Kim nima desa desin, baribir muvaffaqiyat qozonish ehtimoli yuqori. Menimcha, inson qiyin paytlarda o'zini yaxshiroq anglashi, stress vaziyatlardan chiqa olishi uni yanada kuchliroq qiladi".

O'z gollari haqida

"Gol urganimda, ularni o'zim yoqtirgan insonlarga bag'ishlayman".

2018 yilgi CHempionlar Ligasi finali haqida

"Hamma CHempionlar Ligasi finalini eslaydi, ammo hech kim mening oilam va bolalarimga o'lim bilan tahdid qilishganini eslamaydi".

"Salohning jarohati? Bu meni bezovta qilmaydi. Men unga atayin jarohat etkazishni xohlamaganman, chunki vijdonim toza. Muxlislarning reakciyasi menga hech qanday tasir qilmaydi".

O'zi haqida

"Men har o'yindan keyin 3,2 kilogramm vazn tashlayman. Uchrashuvdan keyin 2,5 litr izotonik ichaman. Bu tez tiklanishim uchun kerak".

"Men doimo motivaciya manbaini izlayman, doimo o'z oldimga maqsad qo'yganman va ularga erishishga harakat qilganman".

Egoistlik haqida

"Menimcha, egoist bo'lish kerakmas, balki jamoa haqida o'ylash kerak".

Masuliyat to'g'risida

"Maydonga chiqqaningizda, har qanday masuliyatni o'z zimmangizga olishga tayyor bo'lishingiz kerak. Lekin futbolda bazida omad yuz o'girishini yodda tutishingiz kerak. Siz shunchaki xatolarni to'g'ri qabul qilishingiz va ularga falsafiy echim topishingiz lozim, ular ongingizda o'rnashib olmasliklari kerak. Kareram davomida har doim o'zimni tushunishga qodir bo'lganman, lekin masuliyat ham omadga muhtojdir".

"Real Madrid" haqida

"Hech kim klubdan ustun bo'lolmaydi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, "Real Madrid" o'z hayotini davom ettiradi".

"Real Madrid" tarkibida bo'lishni istaganlar uchun eshiklar doimo ochiq. Hech bir futbolchi "Real"dan ko'ra muhimroq bo'lmaydi.

"Jamoamizda oilaviy muhit mavjud".

"Biz doim futbolchilarimiz o'zlarini uydagidek his qilishlarini istaymiz".

"Bizning tariximiz va logotipimiz bizni oxirigacha kurashishga majbur qiladi".

"Men ushbu "Real" timsoli va libosi uchun jon berishga tayyorman"

Messi haqida

"Argentinaliklar o'z tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb Maradonani takidlashadi. Men uchun esa — Messi".

"Leo hayratlanarli va noyob futbolchi. Argentina usiz zaifdir, jamoa Messi bilan kuchliroq".

"Yillar davomida biz Lionel Messidan aziyat chekdik. Ehtimol, agarda u "Barcelona" tarkibida tarkibida bo'lmaganida, biz ko'proq unvonlarni yutishimiz mumkin edi".

"Men eng zo'r futbolchilar bilan o'ynashni sevaman. Leo — dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biridir. Unga jamoamda doim joy topiladi".

Kumirlar haqida

"Men havas qilgan futbolchilar bor, ularning o'yinlari va maydon tashqarisidagi xatti-harakatlari meni ilhomlantirgan. Bolaligimdan beri Paolo Maldini, Fernando Yerro, keyin esa — Karles Puyolning o'yinlari meni hayratga solgan.

"Agar o'zim bilan birga o'ynagan liderlar haqida gapiradigan bo'lsam, ular safiga Xavi Navarro, Pablo Alfaro va Xose Prietoni kiritish mumkin. Ularning hozirgi yosh avlod uchun namuna bo'lishiga ishonaman".

VAR haqida

"Men VAR tarafdoriman. Siz ofsayddan gol urib, g'alaba qozonishingiz mumkin emas. O'yindan tashqari holatdagi gol yoki yolg'ondakam penalti ishlagan holda g'alaba qozona olmaysiz. Bu borada tizim yordam berishi mumkin. Hademay undan foydalanishga odatlanib qolamiz".

Maydondagi keskinlik haqida

"Men nozik emasman va maydonda dadil o'ynashga urinaman, ammo hakamlar men haqimda noto'g'ri tushunchaga borishadi. Menga, yani Serxio Ramosga sariq kartochka ko'rsatish osonligini tez-tez payqayman".  

Hakamlik haqida

"Hakamlik haqida qancha ko'p gapirsak, shunchalik yomonroq bo'ladi"

Mehnatsevarlik haqida

"Omadga har kun o'zni fido qilgan holda mehnat orqali erishish kerak. Futbol uchun bolaligimdan voz kechishimga to'g'ri kelgan".

"Faoliyatimni yaqin orada yakunlamayman deb o'ylayman. Bu shunchaki shaxsiy qaror, o'ylashimcha, tanam qachon kareramni tugatishim kerak ekanligini sezadi. Keyinchalik bu sodir bo'ladi".

"2026 yilda Meksika, Kanada va AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida o'ynashim mumkin. SHunda men oltita Jahon chempionatida ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan yagona futbolchi bo'laman. Bu haqda to'lib-toshib gapiraman"

Zidan haqida

"Yaxshi futbolchilar kamdan-kam hollarda yaxshi murabbiyga aylanadi, ammo Zidan har ikkisida ham muvaffaqiyat qozona oldi".

Ispaniya madhiyasi haqida

"Ispaniyalik sifatida Kataloniya haqida emas, balki madhiyamizda so'z yo'qligi haqida ko'proq tashvishlanaman. Madhiyamizda so'zlar bo'lishini istayman, chunki boshqalar jamoalar o'z madhiyasini aytganda, kuch olayotgandek tuyuladi".

"Bu o'zgacha kuy. Madhiya yangraganda doimo osmonga qarayman. Bu men uchun juda muhim lahza. Men bobom va buvim, oilam, do'stlarim va Antonio Puertani eslayman".  

Pike haqida

"Biz fel-atvorimiz, mentalitetimiz va fikrlash tarzimizga qaramay, juda yaxshi munosabatdamiz. Garchi biz bir qayiqda va bir yo'nalishda suzayotgan bo'lsak ham, o'zimiz xohlagan narsani o'ylashimiz mumkin".

"Bizda hammasi joyida. Biz do'stmiz va bo' do'stlik yildan-yilga kuchaymoqda".

Oila haqida

"Men bir oilali odamman, ehtimol, romantikdirman. Oila men uchun eng muhim narsa. Baxtning barcha tushunchalari oilam bilan bog'liq".

"Oltin to'p" haqida

"Faoliyatim davomida ko'p narsalarga erishdim va agarda meni "Oltin to'p" bilan mukofotlashsa, bu tarixiy lahza bo'ladi".

Ispaniya chempionati haqida

"La Liga — dunyodagi eng kuchli va eng qiyin chempionat".

Irimlar haqida

"Menda juda ko'p irimlar bor. Masalan, men ancha vaqt ilgari sochimni kaltalatishga qaror qilgandim, ammo buni Janubiy Afrikadagi Jahon chempionatidan oldin qilolmadim, chunki Avstriya va SHveycariyadagi Evropa chempionatida uzun sochlar bilan o'ynaganman va yakunda g'olib chiqqanmiz.

Men har doim maydonga chap oyog'im bilan qadam qo'yaman va birinchi navbatda o'ng oyoq butsamni bog'layman, bobom va buvimga ibodat qilaman. Ammo men Jahon chempionatida g'olib chiqqanimdan keyin ko'p urf-odatlardan voz kechdim, o'zimni bir oz o'zgartirishga qaror qildim".

Evro-2020 yo'llanmasi haqida

"Jamoamga yordam bera olmaganim hamda Ispaniya tarkibida o'ynamaganim menga azob beradi. Ammo bu holatda dam olish, to'liq tiklanish va keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rish yaxshiroqdir".

Oldingi mavsumdagi jarohatlar haqida

"Agar meni bezovta qiladigan narsa bo'lsa, bu mavsumdagi jamoa taqdirini belgilab beradigan qiyin o'yinlarda ularga yordam bera olmaslik hisoblanadi".

PSJ haqida

"Albatta, PSJ bilan ECHLni yutishni istayman. Bu barchaning maqsadi. Men 51 yil davomida ECHL yutmagan klubga keldim va bu erda tarixiy natija qayd etishni va klub zarvaraqlarida qolishni istayman.

Agarda boshqa tomondan olib qaralsa, beshinchi marta ECHLni yutish ham juda katta natija hisoblanadi".

BestMaster
21 Iyul 2021, 19:30
serxio, ramosning, hayot, qoidalari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads