Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Qaysi boy? «Real»mi, yoki «PSJ»

.
- Yuklab olish

Koronavirus pandemiyasidan keyin, boshqa klublar pulni hisoblashni boshlab, pulni tejashga urinayotgan bo'lsa, «Pari Sen-Jermen» Evropaning yuqori darajadagi futbolchilarini sotib olganligi haqidagi yangiliklar bilan portlatmoqda.

 

Birgina shu yilning yozida parijliklar «Inter»dan Ashraf Hakimi va «Portu»dan Danilo Pereyrani jalb qilish uchun 75 million evro sarfladilar. Jorjino Veynaldum, Janluiji Donnarummaning shartnomasi esa bepul. Va, albatta, ushbu blogda Parij klubiga erkin agent sifatida yaqinda qo'shilgan Serxio Ramosni ham eslamaslik mumkin emas. Bu butun klubning umumiy narxiga qanday ta'sir qiladi? Rosti, Serxio o'tganidan so'ng ko'pchilik muxlislar Madrid va Parij klublarining umumiy daromadi, jamoaning umumiy qiymati kabi savollarga javob izlab qoldi. Xo'sh, top-klublarning qaysi biri boyroq ekanligini aniqlik kiritishga harakat qilamizmi?

«PSJ»ning narxi qancha?

2021 yilga kelib «PSJ» 642 million dollar daromad olgan. «Forbes» nashrining so'nggi reytingiga ko'ra, klub 2,5 milliard dollarga baholanmoqda.

«Real Madrid»ning narxi qancha?

«Investopedia» nashri talqiniga ko'ra, «Real Madrid»ning boyligi 4,24 milliard dollarga baholangan. Madrid klubi dunyodagi barcha sport jamoalari orasida 6-o'rinda turadi. Faqatgina, «Barselona» va «Manchester Yunayted» mazkur ro'yxatning kuchli 10taligiga kiradi.
Shuningdek, «Forbes» talqiiga ko'ra, «Real» 4,75 milliard dollarga baholamoqda.

«Deloitte» nashri xabariga ko'ra, «Real Madrid» 2021 yil yanvariga qadar 849 million dollar daromad qilgan.

Shubhasiz, «PSJ» «Real»dan badavlatroq emas. Ammo, ularning juda ayyor boyvachcha egasi bor.

«Forbes» nashri ma'lumotlariga ko'ra, Parij klubiga egalik qiluvchi Nosir Al-Xelayfining boyligi taxminan 8 milliard dollarni tashkil etadi. Bu unga Florentino Peres bilan bo'lganidek, direktorlar kengashi tomonidan nazorat qilinmasligini hisobga olib, pulni xohlaganicha sarflashiga imkon beradi.

 

«Sports.ru» saytidan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

BestMaster
11 Iyul 2021, 16:00
qaysi, boy?, «real»mi, yoki, «psj»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 gom  
дахшаааааааат
3 Avgust 2021, 22:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads