Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kilian Mbappega yana bir klub da'vogarlik qiladi

Madridning «Real» klubi anchadan buyon Kilian Mbappe transferiga qiziqish bildirayotgani haqida barchamiz bilamiz.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi anchadan buyon Kilian Mbappe transferiga qiziqish bildirayotgani haqida barchamiz bilamiz. Dunyoning eng kuchli jamoalari frantsiyalik hujumchi uchun katta mablag' sarflashga tayyor. Ular safiga endi sobiq Angliya chempioni «Liverpul» klubi ham qo'shildi.

Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar ehtimoliy transfer narxiga qiziqish bildirgan. Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi keyingi yil yozda yakunlanadi va yangi shartnoma uchun harakatlar hali boshlanmagan. «Real» transfer qilish ehtimoli katta bo'lgan frantsiyalik uchun «Liverpul» ham kurashishi mumkinligi aslida ijobiy holat. «PSJ» direktori Nosir Al-Helayfiy bu haqida: «Mbappe hozir Evro-2020da va sizni ishontirib aytamanki, u hech qaerga ketmaydi», deb qat'iy fikr bildirdi.

Jahonning nufuzli nashrlaridan biri «Marka» ham «Liverpul»ning ushbu transferga qiziqayotganini tasdiqladi. Ammo «Real» hali ham bu borada eng jiddiy da'vogar ekanini ma'lum qildi.

«Qaymoqranglilar» pandemiya tufayli moliyaviy inqirozlar qurshovida bo'lsa ham Mbappe uchun qancha so'ralsa ham berishga rozi deb yozadi, «Marka» o'z xabarida. Bu uchun madridliklar hatto Luka Yovich, Dani Sebalos, Brahim Dias kabi futbolchilaridan ham kechishga tayyor.

«Real» frantsiyalik yosh hujumchi uchun 2017 yil – u «Monako»ni tark etgan paytidayoq qiziqish bildirgan. Biroq u paytlar madridliklar hujumida Ronaldu, Benzema, Beyl kabi taran futbolchilar bor edi. Endilikda Madrid tomonlarda vaziyat o'zgargan: yaxshi hujumchiga muhtoj bo'lib turibdi...

«Liverpul»da ham deyarli shunday holat. Mersisaydliklar uchun kelajakda yoshroq hujuchi kerak bo'ladi. Biroq Mbappe xaridi ular uchun juda murakkab. Buni matbuot anjumanlarining birida Mbappening o'zi «Real»da o'ynash — men uchun orzu» deb aytganida ham ko'rishimiz mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

BestMaster
28 Iyun 2021, 23:00
kilian, mbappega, yana, klub, davogarlik, qiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads