Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peres: "Superliga mavjudligida davom etadi. Klublar 8 mlrd evro yo'qotishdi, CHeferin esa o'zining maoshini ko'tarmoqda"

"Real" prezidenti Florentino Peres Evropa Superligasi loyihasi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

"Muayyan majburiyatlarga ega shartnoma mavjud. Superliga o'z mavjudligida davom etmoqda.

Bizga ustunliklarini himoya qilish uchun tahdid qilishmoqda va ingliz klublariga ushbu narsa tasir qildi. Biz Lyuksemburgdagi sud qarorini kutmoqdamiz.

Angliya klublari o'zlari ketishmadi, ularni UEFA majburladi. Klublar 8 milliard evro [pandemiya davrida] yo'qotishdi, CHeferin esa o'z maoshini ko'tarmoqda.

Bazilarda imtiyozlar bor va ular buni saqlab qolmoqchi. Ular allaqachon bizni CHempionlar Ligasida chiqarib yubormoqchi edilar, ammo sud buni qilishni taqiqladi", - deydi Peres.

Oldinroq, pandemiyasi sabab UEFA daromadlari 21%ga tushib ketganiga qaramasdan, uning prezidenti CHeferinning maoshi 450 000 evroga ko'tarilgani malum bo'lgan edi.

BestMaster
25 Iyun 2021, 14:45
florentino, peres, superliga, mavjudligida, davom, etadi, klublar, mlrd, evro, yoqotishdi, cheferin, ozining, maoshini, kotarmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads