Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Billur oyoqlar" Top - 10ligi

Bir futbolchi iqtidorli bo'lishi mumkin, ammo kuchli bo'lish uchun unga yana bir qancha jihatlar kerak. Eng keraklilaridan biri jismoniy holat hisoblanadi.

.
- Yuklab olish

Bir futbolchi iqtidorli bo'lishi mumkin, ammo kuchli bo'lish uchun unga yana bir qancha jihatlar kerak. Eng keraklilaridan biri jismoniy holat hisoblanadi. Neymar iqtidor masalasida Messi va Ronaldu bilan tenglasha oladi, ammo aynan o'sha ta'kidlagan sifatning etishmasligi uning ikki superyulduz qatorida bo'lishiga to'siq bo'ladi. Shuningdek, bundan 3-4 yil avval Dembele va Mbappe ham bir xil darajadagi futbolchilar edi, ammo birining jarohatlarga o'ta moyilligi unga har doim halaqit berib keladi. Biri ko'plab o'yinlarda maydonga tushib, katta o'yinlarda o'zini ko'rsatib mahoratini oshirib kelsa, yana biri lazaretda yoki o'z o'yida qandaydir mayda-chuyda mashg'ulotlar bilan band bo'ladi. Hozir so'nggi mavsumlarda o'z jarohati sabab faoliyatini "o'ldirib" qo'yayotgan ayrim iqtidorlarga to'htalib o'tamiz.

10. Samyuel Umtiti "Barselona"

2016 yilda Umtiti "Lion"dan "Barselona"ga 25 million evro evaziga kelib qo'shildi. Avvaliga ko'pchilik ushbu transferga shubha bilan qaradi, ammo uning ilk mavsumida bu shubhalar aridi. U yorqin o'yinlari bilan tezda asosiy tarkibdan o'rin egalladi, ammo 2017 yilda "Sporting" jamoasiga qarshi o'yinda futbolchining olgan jarohati katta baxtsizlikning boshlanishi edi. Shundan so'ng futbolchi tez-tez jarohat olishni boshladi va bora-bora asosiy tarkibdagi o'rnini ham boy berib qo'ydi. Hozir frantsuz himoyachi Kataloniya klubi uchun kerakchiz futbolchilar qatorida va katta ehtimol yozda boshqa klubga o'tishi mumkin. Aslida, u endigina 27 yoshda va bu vaqtda u faoliyatining ayni cho'qqi pallasiga chiqqan davr bo'lishi lozim edi, ammo hammasi o'zgacha tus oldi.

9. Tomas Vermalen "Vissel Kobe"

Navbatdagi o'rindan yana bir "Barselona"da to'p surgan o'yinchi o'rin olgan. Tomas APLning shiddatli o'yinlaridan so'ng biroz sokinroq chempionat La Ligaga kelgan Vermalen bu yangi joyga moslashib keta olmadi. Kataloniya klubi safida 12 marotaba jarohat olgan Tomas umumiy 83 ta o'yin va 444 kunni jarohati sabab o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. O'zi shundog'am zaxira o'yinchisi bo'lib qolgan Tomas jarohatlaridan so'ng oxiri nafaqat "ko'k-anorranglilar" safidan balki, Evro futboldan ham ketishiga to'g'ri keldi. Ayni damda u Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida to'p tepmoqda.

8. Dani Karvaxal "Real Madrid"

"Real Madrid" klubining etakchi yarim himoyachilaridan biri Dani Karvaxalni ushbu ro'yxatdan o'rin egallashiga so'nggi paytlardagi ketma-ket jarohatlar sabab bo'lmoqda, aslida. O'sha "Real" Evropani zir titratgan yillarda u bunday jarohatlar olmas edi. Bu mavsum Dani Karvaxal La Ligada 13 ta Chempionlar Ligasida 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Ayni damda "qirollik klubi"ning qanotida bir qator muammolar vujudga kelmoqda. Xattoki yarim himoyachi Valverde bu pozitsiyada o'ynashiga to'g'ri keldi. Ispaniyalik himoyachi juda ham kerakli paytda o'z jamoasiga pand bermoqda, ammo "Real"da bu borada undan ancha "kuchli" futbolchidar ham mavjud.

7. Jek Uilsher "Bornmut"

Ayni paytda "Bornmut" safida to'p tepayotgan yarim himoyachining jarohatlari butun faoliyatiga katta zarba berdi. Angliya terma jamasida uzoq vaqt to'p tepgan, "Arsenal"da ham o'zining yorqin o'yinlari bilan esda qolgan Uilsherning iqtidori shunchaki, "sindi". Karerasi davomida ingliz futbolchi umumiy 895 kunni lazaretda o'tkazishga majbur bo'lgan. U hozir 29 yoshda. Odatda, ayrim futbolchilarning gullagan payti shu yoshga to'g'ri keladi. Uilsherni esa men 29 yoshga kirgan qariya deb atagan bo'lar edim. Uning yoshligi esa allaqachon ortda qolgan.

6. Deniel Starridj "Trabzonspor"

Starridj Angliyaning "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Vest Bromvich" klublarida to'p tepgan. Shubhasiz, u futbol tarixida eng ko'p jarohat olgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Starridj Angliya terma jamosida ham etarlicha o'yinlar o'tkazgan. Aniqrog'ri, 26 o'yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Hozirda esa u Turkiyaning "Trabzonspor" klubida to'p tepmoqda. Garchi, u o'ta iqtidorli va sermahsul bo'lishiga qaramay, u o'zida bor potentsialni ko'rsata olmagan, ya'ni jarohatlar bunga yo'l qo'ymagan.

5. Mario Gyottse PSV

Jahon Chempionati finalida gol urgan o'sha yigitchaning kelajakda top darajadagi futbolchi bo'lishini ko'pchilik kutgan edi, menimcha. "Borussiya Dortmund"dagi yorqin o'yinlaridan so'ng odatdagiday uni "Bavariya" o'z tarkibiga qo'shib olgan edi. So'ngra u yana Dortmund klubiga qaytdi. Doimiy jarohatlardan so'ng Mario xatto o'zining suyukli jamoasiga ham sig'may qoldi. Ayni damda u Niderlandiyaning PSV klubida to'p tepmoqda. Bo'lajak Messi degan tarif bir paytlari unga nisbatan ishlatilar edi. Juda ko'plab bo'lajak Messilar singari u ham shunchaki "yo'qolib qoldi".

4. Usman Dembele "Barselona"

Usman Dembele "Barselona" klubiga 120 million evro evaziga kelib qo'shildi. Uning iqtidori va salohiyatigi gap bo'lishi mumkin emas, ammo futbolchining "brilliant oyog'i" uning har doim ham maydonda harakat qilishiga halaqit bermoqda. U sog'lom bo'lgan paytda jamoaga katta yordam bera oladi, biroq bunday hodisa har doim ham yuz beravermaydi. Oyning 15 yorug', 15 esa qorong'u jumlasi uning holatiga mos keladi. Jarohatlar uning faoliyatiga katta zarba bermoqda. Tobora uning narxi ham, qadri ham pasayib bormoqda.

3. Eden Azar "Real Madrid"

Eden Azar "Chelsi"dan "Real"ga katta maqsadlarni ko'zlab kelib qo'shilgan edi. "Aristokratlar" safidagi super mavsumlardan so'ng uni "qirollik klubi" 100 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olgan edi, ammo belgiyalik hech qanaqasiga London klubidagi o'yinlarini ko'rsata olmadi. Ortiqcha vazn muammosi va tinimsiz jarohatlar futbolchini qiynab qo'ydi. "Eden Azar jarohat oldi" degan jumla yangiliklarda tez-tez takrorlanib turadigan bo'lib qoldi. Jahon darajasidagi top o'yinchining Madridga safari omadsiz kechmoqda va balki, o'z nixoyasiga ham yaqinlashib qolgandir.

2. Garet Beyl "Real Madrid"

"Tottenxem" klubidan Madrid klubiga kelib qo'shilgan Beyl faoliyatining avvalida yorqin o'yinlari bilan jamoaga yaxshi kirishib ketdi. So'ngra birin-ketin jarohatlar uning faoliyatiga salbiy ta'sir o'tkazdi. Uelslik doimiy zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Madrid klubi ham undan qutulishning turli yo'llarini qidirdi. U "qirollik klubi"dan baland maosh olardi va amalda jamoaga unchalik foydasi tegmas edi. "Qaymoqranglilar"ning niyati oxiri amalga oshdi. Hozir u sobiq jamoasi "Tottenxem"da to'p tepmoqda va yaxshi o'yin namoyish etmoqda Shunday bo'lsa ham undan Madrid klubda ko'p ishlar kutilgandi, ammo jarohatlar hamma rejalarni yo'q qildi. Beyl 31 yoshda va endi katta ishlarni qilishga biroz kech, chamamda.

1. Marko Roys

Marko Roys so'nggi yillarning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. U Jahon Chempionatidan biroz vaqt oldin jarohat olgan va xatto Evro-2016dan ham quruq qolgan. Har tomonlama kuchli o'yinchi, ammo taqdiri o'ta omadsiz. Iqtidorli futbolchi bo'lgani uchun u hamon "Borussiya Dortmund" safida. Agar, jarohatlar olavermaganida biz hozir De Bryuyne, Modrich, O'zil kabi kuchli yarim himoyachilar qatorida uni ham eslayotgan bo'lar edik. Hali ham uni iqtidor jihatdan ulardan qolishadi deb o'ylamayman. Shunchaki, jarohatlar uning faoliyatiga salbiy ta'sir o'tkazdi. U maydonda bo'lgan payti iloji boricha o'yinlaridan rohatlanib qolish kerak. Sababi, bu har doim ham sodir bo'ladigan hodisa emas.

 

                                                                        Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

BestMaster
14 Iyun 2021, 17:00
billur, oyoqlar, 10ligi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads