Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos Peresning shartlarini qabul qilishga tayyor

Himoyachi Serxio Ramos «Real»da qolishga umid qilmoqda.

.
- Yuklab olish

Himoyachi Serxio Ramos «Real»da qolishga umid qilmoqda.

"As" tarqatgan xabarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi jamoa prezidenti Florentino Peres bilan yana bir marta gaplashib ko'rmoqchi. Agar bunday uchrashuv tashkil etilsa, Ramos klub rahbarining barcha taklifini qabul qilishga tayyor ekanini ma'lum qilmoqchi.

Serxioning do'stlari Luka Modrich va Lukas Vaskes klub bilan shartnomani uzaytirgani "Real" sardoriga ta'sir o'tkazdi. Shuningdek, «Real» bosh murabbiyi lavozimiga Karlo Anchelottiga kelgani ham futbolchining klubda qolish istagini oshirdi.

Avvalroq 35 yoshli futbolchi "Madrid" tomonidan berilgan taklifga bir necha marta rad javobini berdi. Unga ko'ra jamoa futbolchining maoshini 10 foizga kamaytirib, bir yillik shartnoma taklif qilgan edi. Ramos esa ikki yillik shartnoma xohladi.

Natijada Peres himoyachi bilan xayrlashishga qaror qildi. Hozircha uning bu boradagi fikri o'zgarmagan.

«Serxio «Real»da qolishni va faoliyatini shu erda yakunlashni istaydi. Ammo yakuniy qaror unga bog'liq emas», – deya xabar tarqatdi "As" nashri Ramosning atrofidagi insonlarga tayanib.

BestMaster
10 Iyun 2021, 06:00
ramos, peresning, shartlarini, qabul, qilishga, tayyor,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads