Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos "Real"da qolmoqchi, klub esa xayrlashuv marosimiga tayyorlanmoqda

As xabariga ko'ra, Serxio Ramos faoliyatini "Real"da davom ettirishga umid qilmoqda.

.
- Yuklab olish

As xabariga ko'ra, Serxio Ramos faoliyatini "Real"da davom ettirishga umid qilmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, ispaniyalik yana bir bor Madrid klubi prezidenti Florentino Peres bilan suhbatlashishga umid qilmoqda. Agar shunday suhbat bo'lib o'tadigan bo'lsa, unda Ramos  klub shartlarini qabul qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Ramosga uning do'stlari Luka Modrich va Lukas Vaskesning klub bilan  shartnomalarini yangilashlari ta'sir ko'rsatgan. Shuningdek, Karlo Anchelottining ham "Real" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli himoyachi bir necha marotaba oylik maoshining 10 foizga qisqarishi nazarda tutilgan bir yillik shartnomadan bosh tortgan. Manbaga ko'ra, Ramos ikki yillik  shartnoma istagan. Dastlab u ish haqini qisqartirishga rozi bo'ldi.

Biroq, "Real"ning pozitsiyasi o'zgarishsiz qolmoqda. Klub Ramos bilan shartnomani uzaytirmoqchi edi, ammo uning rad javobi rahbariyat bilan munosabatlari butunlay yomonlashganiga olib  keldi. Shu sababli, "Real" prezidenti Florentino Peres Ramos bilan xayrlashish marosimini  tayyorlashda davom etmoqda.

BestMaster
9 Iyun 2021, 18:00
ramos, realda, qolmoqchi, klub, xayrlashuv, marosimiga, tayyorlanmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads