Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua: “Hakamlarning bir qator qarorlari “Real”ni g'alabadan mahrum qildi”

“Real” posboni Tibo Kurtua jamoasining Ispaniya chempionatidagi ishtiroki xususida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Oxir oqibat “Atletiko” La Ligani boy berib, chempionlik bizga nasib etishi mumkin edi. Ha, ular ancha vaqt turnir jadvalida etakchilik qilishdi va yakunda g'olib bo'lishdi. Ammo bir qator o'yinlarda hakamlarning qarorlari bizni g'alabadan mahrum etdi.

Albatta, turnirda g'olib bo'la olmaganimizdan xafa bo'ldik, ammo futbol shunaqa. Mavsumning ikkinchi yarmini juda yaxshi o'tkazdik. Muhim o'yinlarda g'olib chiqdik. Darajasi birmuncha pastroq jamoalar bilan o'yinlarda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik.

ECHL yarim finalida “CHelsi”ga qarshi bahsda bizga omad kulib boqmadi. Jarohatlar, koronavirus bilan bog'liq holatlar tarkibimizga jiddiy tasir qildi. Umuman olganda londonliklar ikkinchi uchrashuvda kuchliroq ekanliklarini ko'rsata olishdi. Yakunda esa ular turnirda g'olib chiqib, Tuxel kelgach jamoaning haqiqiy darajasini ko'rsatib bera oldi”, deya Kurtuaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Le Soir.

BestMaster
6 Iyun 2021, 08:30
kurtua, “hakamlarning, qator, qarorlari, “real”ni, galabadan, mahrum, qildi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads