Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

El-kapitanoning poytaxtdagi sarguzashtlari yakunlanmoqda

Bir necha kun oldin saytimizda chiqqan xabarda, "qirollik klubi" sardori – Serxio Ramos faoliyati bilan bog'liq ma'lumot bergan edik.

.
- Yuklab olish

Bir necha kun oldin saytimizda chiqqan xabarda, "qirollik klubi" sardori – Serxio Ramos faoliyati bilan bog'liq ma'lumot bergan edik. Unda Ramosning klub bilan kelisha olmayotgani va Florentino Peres bilan munosabatlariga sovuqchilik tushgani haqida bayon etilgandi. Ushbu gaplar tobora haqiqatga yaqin ishga aylanib bormoqda.

Joriy oy oxirida rasman jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etishi kerak bo'lgan futbolchi, poytaxt klubida ortiq qola olmaydigan ko'rinadi. 35 yoshli himoyachining o'tgan yillar davomida klub prezidenti bilan kelishmovchiliklari mavjud bo'lgan. Ulardan biri, koronavirus bilan bog'liq pandemiya sharoitida barcha futbolchilar maoshlari 10% ga qisqartirilishi edi.

Maoshlarning qisqartirilishi jamoadagi ko'plab futbolchilarda norozilik uyg'otgan va bu narsani Ramos rahbariyatga bildirgani Peresga yoqmagan. Natijada, klub Ramos bilan shartnomani uzaytirilishini istamayotir. To'rt karra chempionlar ligasi g'olibiga bu borada eng yoqimsiz tuyulayotgan narsa – klub rahbariyati mablag'larni bir maqsad uchun tejayotgani. U ham bo'lsa, «PSJ» yosh hujumchisi – Kylian Mbappe transferi. Serxio klubining ushbu siyosatini adolatsizlik deb hisoblamoqda.

Qolaversa, bu yozda qilingan katta transferlardan biri bo'lgan, David Alabaning «Bavariya»dan oli kelinishi ham Ramos uchun "ketish kuyi"ni boshlab berdi. Darhaqiqat, avstriyalik futbolchi Ramosdan etti yosh kichik hamda kelajakda markaziy himoyadagi asosiy raqibga aylanishi katta ehtimol edi. Mana shu muammoli masalalar fonida ispan nashri «AS» tomonidan tarqatilgan xabarda, Ramosni jamoadan ketishi, deyarli uzil-kesil hal qilib qo'yildi. Yana bir Ispaniyaning nufuzli onlayn nashri «Cuatro»da chiqqan ma'lumotda, 30 iyunga qadar yangi shartnoma imzolanishi mumkinligi va ungacha hech nima ma'lum bo'lmasligi ta'kidlangan.

Ramos o'z transferi haqida kelayotgan kunlarda uyushtiriladigan matbuotda keng ommaga ochiqlashi aytib o'tilgan. Unda "Real Madrid" bilan bo'lgan 16 yillik hamkorligidan so'ng, o'zining keyingi potentsial klubi qaysi bo'lishiga oydinlik kiritishi kerak bo'ladi. Ispaniyalik futbolchiga Angliyaning top 6 ligidan, "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti"lar katta qiziqish bildirgan. Qolaversa, Liga 1'ning eng boy vakili bo'lgan «PSJ» uchun ham futbolchining xizmatlari zarur bo'lishi mumkin.

2020/21 yilgi mavsumning katta qismini jiddiy jarohatlari sabab o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan himoyachi, o'z hoxishi bilan Evro musobaqasiga bormasligini bildirgan. Endilikda, u butun yozni jarohatlardan tiklanish va dam olish bilan o'tkazadi. Agar «qaymoqranglilar» bilan shartnoma uzaytirilmasa, markaziy himoyachi klubni haqiqiy afsonalar singari tark etadi. U o'n olti yil davomida 670 ta o'yinda maydonga tushib, 100 dan ortiq golga mualliflik qildi. Umumiy 22 ta sovrinni bir klub safida qo'lga kiritdi. Ular orasida besh marotaba Ispaniya chempionligi, 4 ta EChL kubogi, 2 marotaba Ispaniya kubogi g'olibligi, va yana to'rt karra Ispaniya superkubogi va shuncha klublar o'rtasidagi jahon chempionati kuboklari jamlangan. Shubhasiz, Ramos yordamida qo'lga kiritilgan tarixiy natijalar, buyuk klub bilan tarixda qolishi aniq!

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

BestMaster
6 Iyun 2021, 07:00
el-kapitanoning, poytaxtdagi, sarguzashtlari, yakunlanmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads