Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar "Real"dan ketmoqchi emas

"Real" futbolchisi Eden Azar klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

4 may kuni belgiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ni tark etib, "CHelsi"ga qaytmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Men o'zimni faqat Real Madrid libosida ko'raman. SHartnomamda hali uch yillik muddat bor. Agar maksimal tayyor bo'lsam, jamoaga ko'p narsa bera olaman. Hozir bor etiborimni Evropa chempionatiga qaratganman, ammo turnirdan keyin "Real" uchun bor kuchimni beraman.

Joriy mavsumdagi o'yinlarim ko'ngildagidek bo'lmadi. Yaxshi formadaligimda doim barqaror o'yin ko'rsaman. Umid qilamanki, menda boshqa jarohatlar bo'lmaydi.

Angliyaga qaytish variantini ko'rib chiqmayapman. Barcha biladiki, "Real" safidagi dastlabki ikki mavsum men uchun omadsiz kechdi, shuning uchun bundan keyin muvaffaqiyat qozonishni istayman. Buning uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qilaman", — deya Azarning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

BestMaster
31 May 2021, 21:45
realdan, ketmoqchi, emas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 wwwwwwwwwwww  
Barinan jogi jaqsi satiu kerek
1 Iyun 2021, 07:58
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads