Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos o'z fikrida qoladi. Peres esa bir qarorga kela olgani yo'q

«Real» himoyachisi Serxio Ramos klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

.
- Yuklab olish

«Real» himoyachisi Serxio Ramos klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Shkira o'zining tvitterida xabar berdi.

Manbaning ko'ra, 35 yoshli ispaniyalik Madrid klubida qolishni istaydi va u bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirishni so'ragan. Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres esa klub futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash-imzolamasligi to'g'risida hali bir qarorga kelgani yo'q.

Ma'lumot uchun, 2020/21 yilgi mavsumda Ramos «Real» tarkibida 21 o'yin o'tkazib, unda to'rtta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Aprel oyi oxirida xabar qilinganidek, himoyachi ikki yillik shartnoma imzolamoqchi, buning uchun ispaniyalik futbolchi ish haqining 10 foizga qisqarishiga ham tayyor.

Avvalroq, mart oyi oxirida OAV «Real» Ramosga oylik maoshi 20% kamaytirilgan holda bir yillik shartnoma taklif qilayotganini ma'lum qildi, ammo futbolchi buni rad etdi.

BestMaster
31 May 2021, 10:00
ramos, fikrida, qoladi, peres, qarorga, kela, olgani,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads