Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi

"Real" o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik tojining himoyasini ishonchli g'alaba bilan boshladi.

.
- Yuklab olish

"Real" o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik tojining himoyasini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Odatda madridliklar "Deportivo"ga qarshi o'yinlarda ortiqcha muammoga duch kelishmaydi. Bu safar ham shunday bo'ldi.

Butun o'yin davomida katta ustunlikka ega bo'lgan Zidan shogirdlari birinchi bo'lim o'rtalarida raqib darvozasini 2 marta ishg'ol qilishdi. Ikkinchi bo'limda esa Toni Kroos hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

Uchrashuv so'ngida mezbonlar bitta javob to'pini kiritishlari mumkin edi, ammo belgilangan penaltini Andone aniq amalga oshira olmadi. O'yingi qo'shib berilgan daqiqalarda esa Serxio Ramos ikkinchi "sariq"ni olib, maydonni tark etdi. "Real" sardori navbatdagi bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Ispaniya La ligasi, 1-tur

Deportivo – Real Madrid 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Beyl, 0:2 – 27 Kazemiro, 0:3 – 62 Kroos.
Noaniq penalti: Andone (89, Deportivo)
Deportivo – Martines, Xuanfran, Sher, Sidney, Luizinyu, Gilerme, Moskera, Kartabiya (Borxa Vale, 79), Borxes (Adrian, 65), Bakkali (Gama, 54), Andone.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro (Markos Lorente, 72), Kroos, Isko (Asensio, 66), Benzema, Beyl (Vaskes, 80).
Ogohlantirishlar: Bakkali (24), Sher (53), Ramos (53), Modrich (57), Kartabiya (60), Moskera (84), Andone (87).
Chetlatish: Ramos (90).

BestMaster
21 Avgust 2017, 04:10
liga, «real», ishonchli, galabani, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads