Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"da 8 yil o'ynagan Koentrau hozir qaerda?

Madridning "Real" klubi 2011 yilning yozida "Benfika" himoyachisi Fabio Koentrauni o'z safiga qo'shib oldi.

.
- Yuklab olish

Portugaliyalik futbolchi "Qirollik klubi" uchun 30 mln evroga tushgan. Bu o'z vaqtida  himoyachilar orasidagi eng yirik transferlardan biri hisoblanardi. Biroq, Fabio "qaymoqranglilar"ning umidlarini oqlay bilmadi. Og'ir xarakteri, mashg'ulotlarga kechikishi va noprofessionalligi asta-sekin uning darajasini tushirdi. "Real Madrid"dek klublarda o'z ustida ishlamay qo'yganlarning kelajagi yo'q. Koentorau bilan ham shunday bo'ldi. Dastlab, "Monako" va "Sporting"da ijara asosida o'ynagan futbolchi 2018 yilga kelib hech kimga kerak bo'lmay qoldi.

Fabio uzoq izlanishlardan keyin o'zi uchun begona bo'lmagan Portugaliyaning "Riu Ave" jamoasi tarkibiga borib qo'shildi. U professional futboldagi ilk qadamlarini aynan shu klubda qo'ygan edi. Biroq, Koentrau mavsum oxirida Villa-du-Kondi jamoasiga ham kerak bo'lmay qoldi. Sababi shundaki, himoyachi 21 o'yinda 7 ta sariq kartochkadan tashqari, 2 bor maydondan ham chetlatildi. Jamoa rahbariyati Fabio bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. 2019 yilning yozida erkin agentga aylangan futbolchi 1 yildan oshiq muddat o'ziga yangi jamoa topolmadi. Uni 2020 yilning kuzidagina pandemiya tufayli qiyin kunlarni boshdan o'tkazayotgan jonajon "Riu Ave"si yana katta futbolga qaytardi. 

Xullas, bir paytlar dunyoning eng yaxshi cham qanot himoyachisi bo'lishi kutilgan va jahonning eng kuchli klubiga transfer qilingan Koentrau 33 yoshga to'ldi. U ayni paytda Portugaliya chempionatining autsayderida ham asosiy futbolchi emas. 

BestMaster
29 May 2021, 14:30
realda, oynagan, koentrau, hozir, qaerda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads