Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan "Real"dan zerikdi. Uning o'rnini kim egallaydi?

.
- Yuklab olish

Bugun Zinedin Zidan "Real Madrid"ni tark etganini e'lon qildi. Shunday qilib, frantsiyalik murabbiy ikkinchi bor o'z xohishiga ko'ra "qirollik klubi"ni tark etmoqda. Bunga sabab nimada?Maydaroq sabablar ko'rsatishimiz mumkin, ammo baribir katta sabab bu murabbiyning o'z mavqeini saqlash uchun ayrim narsalarni qurbon qila olishidir.

"Real"ni ketma-ket uch marotaba Chempionlar Ligasida chempion qila olgan Zidan bundan 3 mavsum avval Madrid klubini kichik tortishuv sabab tark etgan edi. Una keraksiz, futbolchini rahbariyat qadrlashi va xatto murabbiydan ham baland darajaga qo'yishi unga yoqmagan edi. Gap kim haqida ketayotganini tushunmagan bo'lsangiz kerak. Hozir u futbolchi "Tottenxem"da o'ynamoqda va yana "qaymoqranglilar" safiga qaytish niyatida. Bu qaysi futbolchiligi o'ta sirli bo'lib ketdi. Xullas, Zidan klubga o'z talablarini qo'ya oladi. Agar, klub uning talablarini ko'tara olmasa u xohlagan payti u o'z lavozimini tark etishga tayyor. Aslida, o'sha payti Zidan Peres bilan kelisha olmadi, ammo baribir u qaytdi yoki qaytarishdi desak ham bo'laveradi.

Bu safar uning ketishiga nima sabab bo'ldi?

Bu mavsum "Real" EChL yarim finalgacha bordi va unda "Chelsi"ga mag'lub bo'ldi. La Ligada ham klub oxirigacha kurashdi, ammo baribir yakunda Madridning boshqa bir klubi "Atletiko" chempionlikni qo'lga kiritdi. Mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi, ammo rahbariyat tomonidan Zidanga hech qanday e'tirozlar bo'lmayotgan edi. U qila oladigan ishni boshqa bir murabbiy bu klubda qilishi qiyin. Uning ketishiga, birgina izoh bersa bo'ladi. U shunchaki zerikdi. Bu klubda ishlashdan va qaysar rahbariyat bilan hamkorlik qilishdan zerikdi. Yangi chaqiruvlar davri kelganini tushunib etdi. O'z vaqtida u "Real"ni tark etib, yana qaytgan payti o'zi tuzgan "gollaktikos"ning kattaroq qismi saqlanib qolgan edi. Ayni paytga kelib o'sha paytdagi futbolchilarning ko'pchiligi o'z faoliyatida pasayishni boshdan kechirmoqda. Katta transferlar ham faqat gapda qolib ketmoqda. Biroz obrazlarda aytadigan bo'lsam, Zidan tayyor mahsulotlardan yaxshi taom tayyorlay oladi, ammo mahsulotni o'zi etishtira olmaydi. Hozir "Real"ni boshidan qurish kerak. Balki, Zidan buni ham uddalay olgan bo'lar edi. Shunchaki, uning bunga sabri etmagandir, balki.

Uning o'rniga kim keladi?

Uning o'rniga "Real"da Allegrini ko'rishimiz mumkin, ammo u ayni dam "Yuventus" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Konte esa eng muqobil variant. U ayni damda ishsiz. Uning darajasi "Real"ga mos tushadi va u klubga natijalar keltira oladi. Faqat bir muammo shuki, u ham jamoa qurish masalasida maqtana olmaydi. U ham tezroq natija ko'rsatishni xohlaydigan murabbiy. Raul varianti esa eng so'nggisi hisoblanadi. Tobora shu variantga yaqinlashib borayotgandaymiz.

Uning o'zi qaysi klubni boshqarishi hozircha noma'lum. "Yuventus" deb aytar edim, ammo Turin klub ayni dam sobiq murabbiyni qaytarish bilan ovora. Frantsiya terma jamoasida esa Zidanning ishlash ehtimoli past. Sababi, klubda tez-tez o'yinlar o'tkazib, katta futboldan ko'proq bahramand bo'lib yurgan murabbiylar, terma jamoalarda ishlashni uncha hushlamaydi. U APLga borishi mumkin, ammo kimga ekanligini aytish qiyin yoki PSJ varianti ham yaxshi. Ayni dam Pochettinoning ham kelajagi so'roq ostida. Hammasi uning o'ziga bog'liq. U ishlashni xohlasa har qanday qatta klublarda ish topiladi. 

                                                                                              Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

BestMaster
27 May 2021, 17:00
zidan, realdan, zerikdi, uning, ornini, egallaydi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads