Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Suareslashgan "Atletiko". Sirli El Pistolero. Vajohatli Luis!

.
- Yuklab olish

Biroz oldin Madridning "Atletiko" klubi o'z tarixidagi 11-La Liga chempionligini qo'lga kiritdi. Unda bevosita bir kishining xizmatlari beqiyos bo'ldi. 

Quyida e'tiboringizga "matraschilar"ning o'tkazgan ajoyib mavsumiga oid ba'zi ma'lumotlarni taqdim etamiz.

• Suaresning "Atletiko"dagi so'nggi 16 goli jamoaga 21 ochko olib kelgan.

• Diego Simeone "Atletiko"ga kelmaguncha jamoa odatda 7-o'rindan tepaga ko'tarila olmagan. U kelgach madridliklar 10 yil ichida hali biror marta ham kuchli uchlikdan pastga tushib ketmadi. Orada ikki marta La Liga chempionligi ham qo'lga kiritildi.

• "Arsenal" a'zosi Tomas Parti "Atletiko"dagi mavsum boshidagi dastlabki 3 o'yini evaziga La Liga chempionligiga ega chiqdi.

• "Atletiko" mavsumning naq 26 haftasini turnir jadvalining birinchiligida o'tkazdi. Bu klub shaxsiy rekordi.

• Suaresning 16 goli jamoaga 21 ochko taqdim etishi bilan birga La Liga tarixidagi bir futbolchi tomonidan qayd etilgan eng yaxshi ko'rsatkich ham hisoblanadi.

Buning ustiga El-Pistolero jamoasi gollarining naq 33%ida qatnashdi.

• Luis Suares: Men o'zimni qadrlamagan klubda o'ynashni istamayman. "Atletiko" menga joy berdi, past maosh evaziga bo'lsada bu erda chempion bo'la olishimni oldindan his etdim.

Men "Barsa"ga buni ko'rsatib qo'yishim kerak edi. Faoliyatimni Qatar-u MLSlarda tugatishni istamayman. Men oxirigacha top ligada kurashmoqchiman.

• Suares "Atletiko"ning umumiy 26 g'alabasidan 11 tasini birgina o'z gollari evaziga amalga oshirdi. Bu mutlaq rekord!

• 2013 yilda "Barsa" David Villani "Atletiko"ga 5 millionga sotib yuborgandi va keyinchalik u Madrid jamoasida chempion bo'lgan. O'shanda Villa 13 ta gol urgan edi.

2020 yilda esa "Barsa" xuddi shu ishni Suares bilan amalga oshirdi. Luis 21 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

• Kayl Uoker "Tottenxem"ni tark etdi va 3 marta APLni yutdi.

Eriksen "Tottenxem"ni tark etdi va Skudettoni qo'lga kiritdi.

Tripper "Tottenxem"ni tark etdi va La Ligada g'alaba qozondi.

Navbat Keyngami?!...

• Suares vajohati: u "Barsa" safiga 2014 yili kelib qo'shilgani zahoti "Atletiko" chempionlik kurashiga keyinchalik deyarli yaqinlasha olmadi.
U "Atletiko" safiga qo'shiliboq jamoasini chempion qildi - o'xshash taqdirlar va qiziq kontrastlar! 

Albatta bular shunchaki kutilmagan o'xshashlik va oddiy tasodiflar emas. Bularning barchasida Luis Suaresning haqiqiy mahorati va "Atletiko"ning ulkan sabri eng muhim rollarni o'ynab berdi.

Yusufbek Saydaliev tayyorladi

BestMaster
23 May 2021, 00:30
suareslashgan, atletiko, sirli, pistolero, vajohatli, luis!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads