Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Hala» emas «Xayr» Madrid. «Ustasi farang»ni Turinda kutishmoqda

.
- Yuklab olish

Uning «Qirollik klubi»dan ketish haqidagi xabar OAVda paydo bo'lishi hamono, taxmin, taxlil, mulohaza va muhokamalar sel kabi hamma erni bosib ketdi.

Zinedin Zidan «Real»ni ushbu yozda tark etishi mumkin. Bu holatda frantsuzning galdagi manzili Turin bo'lishi kutilmoqda va bu «Yuventus» uchun ideal qaror bo'ladi.

«Real»Zinedin Zidanni saqlab qolish uchun barcha harakatlarni qilishi shubhasiz, axir salmoqli sovrinlarni magnit singari o'ziga tortib oladigan murabbiyni kim ham qo'ldan chiqargisi keladi, ammo frantsuzning o'zi ketish haqida o'ylayotgan bo'lsachi? Modomiki, shunday ekan, ya'ni «Zizu» yangi chorlov qabul qiladimi, u holda «Yuventus» murabbiyning asosiy da'vogariga aylanadi.

Turin klubiga yangi murabbiy kerak. Nega?

Yaqin yillar mobaynida, qatorasiga 9 bora skudettoga ega chiqib, faqat mamlakat doirasidagi titullar bilan maqtana olayotgan «zebralar» o'z muxlislarini haminqadar zeriktirdi. Afsuski, Evropada ham tengsiz ekanlikning rasmiy isboti bo'lmish EChL sovrinini Turinga olib kelish say-harakatlari bu safar ham samarasiz.

«Keksa sinora» ushbu turnir Evropa Chempionlar Ligasi nomini olganidan buyon faqat bir marta, 1995-96 yilgi mavsumda g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan xolos. Shundan so'ng klub, naq 4 marta finalda o'ynagan bo'lsada, evropa chempioni nomiga sazovor bo'la olmadi. Joriy mavsumda esa ushbu yirik «missiya»ni bajarishga jiddiy bel bog'lagan, yaqin yillar davomida trendga chiqib borayotgan, jamoa murabbiylik borasida o'z afsonasiga vakolat berishi «Yuventus» rahbariyati hech ikkilanmay ishonch bildirgan Andrea Pirlo kutilgan marralarga olib bora olmadi:

–So'nggi 9 mavsumdan so'ng, ilk bor mamlakat chempionligi boy berildi va hatto yangi mavsum Evrokuboklar yo'llanmasi ham qo'ldan chiqishi mumkin;

–Jamoa, EChL tarihida birinchi marta musobaqaning ketma-ket ikki mavsum, 1/8 finalda o'z yurishini to'xtatdi;

–Pirlo boshchiligidagi turinliklar 2020/2021 yilgi mavsumning boshlang'ich 5 turida 9 ochko jamg'ardi. Bu ko'rsatgich, jamoaga Andrea Anelli rahbar bo'lgan mavsumdan buyon (2015-16) qayd etilgan eng yomon ikkinchi ko'rsatgich bo'ldi;

–Dastlabki 12 turda «zebralar» 6 marotaba durang o'ynashdi. Bu so'nggi 36 yil ichidagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Bunday natija 1984-85-yilgi mavsumda qayd etilgan edi. O'shanda «Yuve» turnir jadvalida 6-o'rinni egallagan;

–Chempionlik qo'lga kiritilgan yillarga nisbatlagnda Turin klubi joriy mavsumda eng yomon startni amalga oshirgan. Andrea Pirlo shogirdlari milliy chempionatdagi 27 o'yindan keyin 55 ochko to'plashdi. Bu turinliklar uchun 2011/12-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natija bo'ldi. Hatto 9 yil avval ham «Yuventus» mana shu bosqichda 53 ochko jamg'argan edi.

Yakunda esa, na Chempionlar ligasida g'oliblik nasib etdi, na ancha qiyin va katta raqobat taklif etgan mamlakat chempionligi unvonini saqlab qolindi. Qo'lga kiritilgan Italiya kubogi hamda Superkubogini ham inobatga olgan holda shuni aytish mumkinki,‌‌ yakunda nima ro'y berishidan qat'iy nazar Andrea Pirlo uchun mavsum muvaffaqiyatsiz o'tganligi ayon bo'lib qolaveradi. Taxmin qilinganidek, yosh murabbiy bu vazifani uddalay olmadi va klub u bilan ishlashni davom ettirish uchun etarlicha sabab topishi amrimahol.

Zidan Turinda ham afsona

Garchi, shonli onlari ko'proq «Real» bilan bog'liq bo'lsada, Zidan ham Pirlo singari Turin jamoasining sobiq futbolchisi maqomiga ega. Ammo, frantsuz, italiyalikdan farqli o'laroq, allaqachon murabbiylik borasida sezilarli tajribaga ega. «Yuventus» rahbariyati Chempionlar Ligasida g'olib chiqishni orzu qilmoqda. Barcha bilib turganidek, Zidan bu borada haqiqiy «ustasi farang». Ushbu mutaxassis erishgan natijalarda, Evropada eng kuchli tarkibga ega edi deyish noto'g'ri. Shunchaki murabbiy har doim resurslarni to'g'ri taqsimlab kelgan.

Zidan umuman Italiya futboli uchun juda maqbul. A tseriya - ko'p narsa taktikaga bog'liq bo'lgan chempionat. Frantsuz esa bu borada ajoyib mutaxassis sifatida o'zini namoyon qilgan. Uning «Real»dagi faoliyatining dastlabki kezlari jamoa o'zining yorqin imzosiga ega emas edi. Lekin murabbiy raqibni jiddiy o'rganishi va unga moslashishi, kuchli hamda kuchsiz jihatlarni to'g'ri tahlil qila olishi bilan o'z jamoasini qurdi.

Ehtimol, bugun «Yuventus»ga Zidan kabi mos keladigan murabbiyni topish qiyin bo'lishi mumkin. Chunki u daxo. Bundan tashqari, uning ishi natijasi sarflangan mablag'lar miqdoriga bog'liq emas, shunday bo'lsada, Turin jamoasi bu borada hech qanday muammoga duch kelmasligi aniq.

Yangidan-yangi paydo bo'layotgan xabarlarga ko'ra, Andrea Agnelli haqiqatan ham Zidanni turinliklarga jalb qilmoqchi. Chunki Superliga bilan bog'liq mash-mashalardan so'ng, «Yuventus» rahbarining mavqei chayqaldi, hatto uning tez orada klubdan ketishi haqida ham allaqachon mish-mishlar tarqaldi. Bu holatda, Zidanning tashrifi esa Agnellining jamoa rahbarligida qolishi uchun tashlanadigan bir qadam bo'ladi.

O'z o'rnida, Ispan matbuoti Zidan kelasi hafta Peres bilan uchrashib, «Real» da qolish yoki qolmasligini ma'lum qiladi demoqda. Keyingi haftaning boshida, La Ligada chempionlik taqdiri hal bo'ladi va Zidan Peres bilan o'zaro uchrashib, prezidentga o'z niyati to'g'risida xabar beradi va balki, klubni tark etishini e'lon qiladi. Peres esa murabbiyning har qanday qarorini hurmat qilishi aytilmoqda.

Bundan anglashiladiki, vaziyatga klub tomonidan baho berilmaydi, chunki «Real Madrid» direktorlar kengashi murabbiyning niyati nima ekanligini bilmaydi. Zidan Peresga o'z qarori to'g'risida shaxsan xabar berishi ko'p ehtimol.
Ayonki, har qanday holatda ham murabbiy so'nggi so'zni o'zi aytadi. Ammo, ungacha sizu bizda Zidan ilgari futbolchi sifatida o'ynagan ikkinchi klubini ham Chempionlar Ligasi g'olibiga aylantirgani haqidagi ,naqadar chiroyli tasavvur paydo bo'lishi uchun vaqt etarli bo'ladi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

BestMaster
21 May 2021, 19:00
«hala», emas, «xayr», madrid, «ustasi, farang»ni, turinda, kutishmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 wwwwwwwwwwc  
Zidan ketpese kerek
21 May 2021, 19:46
 u7777u  
Зидан қолса керак реалга
22 May 2021, 00:40
auf
 auf  
zuv
22 May 2021, 13:49
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads