Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Keraksiz "qirollar". Yoxud ushbu mavsumda "Real"ni tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar

"Real"ni tark etish ehtimoli bo'lgan 10 nafar futbolchi

.
- Yuklab olish

Yangi mavsum uchun transferlar oynasi ochilishiga ham oz fursatlar qolmoqda. Ko'pchilik futbol klublari ushbu kunni intizorlik bilan kutishmoqda. Xususan, Madridning "Real" klubi transfer bozoriga kirishga katta tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa Chempionlar Ligasi yarim finalidan chiqarib yuborilgandan so'ng, Florentino Peres jamoaga o'zgarish kerakligi haqida bir nechta intervyularida aytib o'tdi. Madridliklar bir necha oydan beri bir qancha transferlarni amalga oshirish, asosiy pozitsiyalarni o'zgartirish, shuningdek, futbolchilarni sotish bo'yicha ishlar olib bormoqda. Ularning yordamida ish haqi byudjetini kamaytirish va jiddiy xaridlarga tayyorgarlik ko'rish mumkinligi haqida aytilmoqda. Shuning uchun ham Madrid klubi ushbu mavsumda ko'plab futbolchilarini sotishi mumkin. Quyida biz sizlar bilan kelayotgan transferlar mavsumdida "Real"ni tark etish ehtimoli bo'lgan 10 nafar futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Eden Azar (30 yosh)

Belgiyalikning transferi klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylangandi. Ammo, ikki mavsumdan so'ng bu transfer o'zini oqlamaganligiga ko'pchilik mutaxasislar amin bo'lishdi. Azar Madridda jarahoatlarga o'ralashib qoldi va juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi. Qolaversa, Eden maydonga tushgan uchrashuvlarida ham jamoaga katta yordam bera olmadi. Bundan tashqari, madridliklar Chempionlar Ligasini tark etganidan keyin futbolchi xatti-harakatlari bilan "Real" muxlislarning g'azabiga uchradi. Hozirda Azar 33,1 million evroga baholanmoqda. Agar madridliklar belgiyalik bo'yicha yaxshi taklif olishsa, klub futbolchini boshqa jamoaga qo'yib yuborishi mumkin.

Rafael Varan (28 yosh)

Varan orqali "Real" yaxshigina pul ishlab olishga umid qilmoqda. Hozirda frantsuz futbolchisiga Evropaning ko'plab gigant jamoalari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Rafaelning o'zi ham boshqa chempionatda to'p tepishga qarshi emas. Hozirda futbolchini "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "PSJ" klublari o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. Madrid klubi himoyachining transferida 70 million evro atrofida pul ishlab olishni mo'ljallamoqda. Agarda, ushbu jamoalar Varanni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy kirishsa, "Real" futbolchini sotib yuborishi mumkin.

Garet Beyl (31 yosh)

Madridning "Real" klubi uelslik futbolchiga katta umid bog'lamayapti. Jamoa iloji bo'lsa Beylni sotib yubormoqchi, yoki boshqa biror-bir jamoaga ijaraga berib yuborishni ko'zlamoqda. Avvaliga, hujumchini icharaga berish yagona imkoniyati bo'lib tuyulgandi, ammo Garet so'nggi paytlarda Premer-ligada yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Shu sababli klub Beyl orqali yaxshigina pul ishlashga umid qilmoqda. Uelsliknin transfer summasi taxminan 10,7 million evro atrofida baholanmoqda.

Marko Asensio (25 yosh)

Asensioning transfer ishi alohida mavzu. Sababi klub keyingi mavsumda ham unga umid bog'lashmoqda. Ammo Madrid klubi Markoga Evropaning gigant jamoalari katta qiziqish bildirayotganini ham unutgani yo'q. Agar, jiddiyroq taklif tushsa va bunga futbolchining o'zi rozi bo'lsa, "qaymoqranglilar" Asensioni sotish haqida ham o'ylab ko'rishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga hozirda Turinning "Yuventus" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiyaliklar Asensioning o'yinlarini anchadan buyon kuzatib kelishadi. Ayni paytda futbolchining transfer narxi taxminan 41,9 million evroga baholanmoqda.

Luka Yovich (23 yoshda)

Ushbu serb futbolchisining transferi madridliklar rahbariyatining ishonchlarini oqlamadi. Joriy mavsumda klub uni "Ayntraxt"ga ijaraga berishgan edi, lekin Luka u erda ham o'zini ko'rsata olmadi. "Qirollik klubi" uni yozda sotishni va hech bo'lmasa ikki yil avval sarflagan summasini bir qismini qaytarib olish haqida o'ylamoqda. 2019 yilda "Real" klubi serbiyalikni 60 million evroga sotib olgandi. Hozirda esa Yovchning narxi 25,9 million evroga baholanmoqda.

Isko (29 yosh)

Iskoning Madriddagi safari yakuniga etgan ko'rinadi. Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma 2013 yilda imzolangandi va ushbu bitim mavsum oxirida o'z yakuniga etish ehtimoli juda yuqori. Katta ehtimol bilan futbolchining keyingi manzili "Sevilya" jamoasi bo'lishi mumkin. Chunki, futbolchi sevilyaliklarning ustozi Xulen Lopetegi bilan yaxshi aloqalarga ega. Sababi murabbiy va futbolchi Ispaniya terma jamoasi va "Real"da bir qancha vaqt birga faoliyat olib borishgan. Hozirgi kunda ispaniyalikning narxi 11,6 million evro atrofida.

Marselo (32 yosh)

Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi. Shuning uchun madridliklar kelayotgan yozda Marseloni transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emas. Sababi, agar klub futbolchini ushbu mavsum oxirida sotib yubormasa, keyingi yil erkin agent sifatida qo'yib yuborisshiga to'g'ri keladi. Tabiiyki, "Real" buni sira xohlamaydi va shuning uchun ham Marseloni sotish bo'yicha jiddiy harakat qilib ko'rishadi. Qolaversa, murabbiylar braziliyalikning tarkibda bo'lishi Ferlan Mendi va Migel Guterres kabi chap qanot himoyachilarining rivojlanishiga xalaqit berishi mumkin deb hisoblashmoqda. Hozirda Marselo 5,4 million evro atrofida baholanmoqda.

Dani Sebalos (24 yosh)

Madridliklar jamoasi La Ligaga qaytishni istayotgan Sebalos o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqdalar. Lekin, "Real" rahbariyati futbolchini tarkibga qaytarish, yoki yana boshqa jamoalarga ijaraga berishni emas, balki yaxshiroq summaga sotish haqida o'ylamoqda. Dani hozirda "Arsenal" jamoasida ijara asosida to'p surmoqda. Unga Evropaning ko'pchilik jamoalari, xususan "kanonirlar"ning o'zi ham sotib olish haqida o'ylamoqda. Sebalosning narxi 29,9 million evro atrofida etib belgilangan.

Mariano Diaz (27 yosh)

Madridliklar Marianoni o'tgan mavsumda sotmoqchi edi, ammo futbolchining katta maoshi (4 million evro) muammoga aylandi va bu ish amalga oshmay qoldi. Ushbu vaziyat joriy mavsumda ham takrorlanishi mumkin, lekin rahbariyat hozirda qanday myuammoga duch kelsa ham futbolchini transferini amalga oshirish haqida o'ylamoqda. Diaz katta ehtimol bilan sobiq jamoasi "Lion" safiga qaytishi mumkin. Chunki, dominikanlik futbolchi bir necha yillar oldin frantsuz klubida to'p tepgan va ushbu jamoa safida o'zini ajoyib o'yinlarini namoyish etgandi. Hozirda Marianoning bozor qiymati 6,4 million evroni tashkil etadi.

 

Borxa Mayoral (24 yosh)

Borxa bu ro'yxatdagi Madrid jamoasiga bog'liq bo'lmagan yagona futbolchi. Zidan futbolchiga umid bog'lamoqda, ammo jamoadagi hujumchilarning yuqori kontsentratsiyasi Borxani o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga imkon bermayapti. Futbolchi "Roma"da ikki mavsumdan beri ijarada o'ynamoqda, italiyaliklar bu yozda 15 million evroga va keyingi yozda 20 million evroga sotib olish huquqiga ega. Ammo, "bo'rilar"ning yangi murabbiyi Joze Mourino futbolchini o'zi tuzadigan tarkibga kiritadimi, yoki yo'qmi bu noma'lum. Borxoning transfer bozoridagi qiymati taxminan 25,8 million evro atrofida.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
19 May 2021, 18:00
keraksiz, qirollar, yoxud, ushbu, mavsumda, realni, tark, etishi, mumkin, bolgan, futbolchilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads