Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. «Real» safarda yirik hisobda g'alaba qozondi va «Atletiko» bilan o'rtadagi farqni qisqartirdi (videosharh)

Ispaniya La Ligasining 36-turida «Real» 13 may, payshanba kuni «Granada»ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 36-turida «Real» 13 may, payshanba kuni «Granada»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Luka Modrich madridliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Rodrigo Goes ikkinchi golni urdi.

71-daqiqada Xuan Molina mezbonlarning kam sonli hujumlaridan birini golga aylantirdi. Biroq «Real» bunga tezda ikkita to'p bilan javob qaytardi. 75-daqiqada Eden Azarning uzatmasidan keyin Alvaro Odriosola darvozani ishg'ol qildi. Oradan bir daqiqa o'tib, Karim Benzema darvozabonning qo'pol xatosidan keyin Madrid klubining to'rtinchi golini urdi va o'yinga mantiqiy nuqtani qo'ydi.

Ushbu g'alabadan keyin «Real» ochkolarini 78 taga etkazib oldi va ikkinchi o'ringa qaytdi. Zinedin Zidan jamoasi peshqadam «Atletiko»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

La liga, 36-tur
13 may, payshanba
«Granada» — «Real Madrid» 1:4
Gollar: 0:1 – 17 Modrich, 0:2 – 45 Rodrigo, 1:2 – 71 Molina, 1:3 – 75 Odriosola, 1:4 – 76 Benzema.
«Granada»: Ruy Silva, Fulke, Kini, Xerman Sanches (Peres, 81), Duarte, Puertas (Marin, 67), Viko (Soro, 54), Eteki (Kina, 67), Gonalon, Machis (Suares, 54), Molina.
«Real Madrid»: Kurtua, Nacho, Migel Guterres, Militao, Valverde (Isko, 62), Kazemiro, Marvin (Odriosola, 46), Rodrigo (Asensio, 62), Modrich, Vinisius Junior (Azar, 62), Benzema (Mariano Dias, 77).
Ogohlantirishlar: Militao (38), Molina (41), Modrich (49), Eteki (53), Nacho (63), Kina (72).

BestMaster
14 May 2021, 05:30
liga, «real», safarda, yirik, hisobda, galaba, qozondi, «atletiko», bilan, ortadagi, farqni, qisqartirdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads