Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Qahramon Aslanov: La ligada bu mavsum chempionlik bir jamoa tomonidan yutilmaydi, ikki jamoa tomonidan yutqaziladi

Baribir Ispaniyada kimdir chempion bo'ladi, lekin, bu yil haqiqiy chempionlarga xos o'yin ko'rsatayotgan jamoa La Ligada yo'q degan bo'lardim.

.
- Yuklab olish

Baribir Ispaniyada kimdir chempion bo'ladi, lekin, bu yil haqiqiy chempionlarga xos o'yin ko'rsatayotgan jamoa La Ligada yo'q degan bo'lardim.

Nimadan bilish mumkin? Masalan, «Atletiko»da oxirgi 45 o'yinda atigi 2 yirik g'alaba bor, «Real»da oxirgi 35 o'yinda bir dona. «Barselona» umuman oxirgi 8 o'yinda atigi bir marotaba ishonchli o'yin ko'rsatdi xolos - ikki mag'lubiyat, ikki durang, ikki kambek.

Ishonchli, boshqacha aytganda, «ishchi g'alabalar» har qanday chempionda ko'p bo'lishi kerak. Bu barqarorlikdan darak - aytaylik, 10 o'yindan 6 tasi mana shunday «ishchi g'alaba», 2 tasida qiynalib yutiladi, 2 tasida mayli, ochko yo'qotilishi mumkin.

Ispaniya grandlari esa, hamma o'yinda qiynalishmoqda, demak, ochko yo'qotish ehtimoli ham oshadi. Bu shuni anglatadiki, hali «Real» ham, «Atletiko» ham, qolgan nechtadir o'yinni yutadi, deyish mushkul. Katta ehtimol, bu mavsum chempionlik bir jamoa tomonidan yutilmaydi, ikki jamoa tomonidan yutqaziladi.

Tolstoy aytganidek, baxtsiz oilalarning har biri o'zgacha baxtsiz, sabablar har xil, lekin umumiylik bor. Pandemiya o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Aynan shu faktordan kelib chiqsak, «Manchester Siti», «Bavariya» va «Inter»ga qoyil qolish kerak.

Qahramon Aslanov.

BestMaster
12 May 2021, 04:30
qahramon, aslanov, ligada, mavsum, chempionlik, jamoa, tomonidan, yutilmaydi, ikki, jamoa, tomonidan, yutqaziladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
auf
 auf  
demak laligada kurash qizgin
12 May 2021, 22:58
auf
 auf  
Aslanov Janoblari siz shuni uylab kurmadinggizmi
12 May 2021, 22:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads